ZAXIRADAGILAR DARDI
Nuqul zaxira o‘rindig‘ini “isitib” o‘tirishni tabiiyki, hech bir
futbolchi xushlamaydi sira. Har bir futbolchi tezroq maydonga tu-
shishni shu qadar istaydiki, buning uchun umumjamoa manfaati-
ni ikkinchi darajaga surib qo‘yishi hech gap emas. Quyi ligalardan
birida ishtirok etuvchi “Sholikor” jamoasi bosh murabbiyi navbat-
dagi tur bahsida maydonga tushadigan futbolchilar ro‘yxatini o‘qib
eshittirdi hamki, kiyinish xonasidagi umumiy kayfiyat 180 daraja
-
ga o‘zgardi-qoldi. Aniqrog‘i, zaxirada navbat kutib o‘tirgan futbol-
chilarning hafsalalari pir bo‘ldi. Ular ichlarida murabbiyni bolo-
xonador so‘kayotganlari shundoq aft-angorlaridan bilinib turardi.
Ayrimlar hattoki, jahllarini yuzaga chiqarib, nimanidir pichirlashga
jazm etishdi. Uchrashuv start oldi. Hakam hushtagini chalgan hamo-
no mehmonlar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi. Raqibning tinimsiz
hujumlaridan esankirab qolgan “Sholikor” futbolchilari maydonga
nima maqsadda tushganlarini ham unutib qo‘yishdi, go‘yo. Jamoa
bosh murabbiyining ishongan shogirdlarini “taniyolmay” xuno-
bi oshganidan-oshdi. Buni ko‘rgan alamzada zaxiradagilarning
“og‘izlari quloqlarida”. Ya’ni ular shu lahzadan “ichimdagi dush-
18
Yusupov FURQAT
manlarim”ga aylanib qolishdi. Tabiiyki, mezbon jamoaning bunday
sustkashligi stadionga yig‘ilgan muxlislarga ham sira yoqmadi. Ular
ham futbolchilar, ham jig‘ibiyron murabbiyning sha’niga bir-ikki
og‘iz nordon “maqtov”larni aytishni paysalga solishmadi. Birinchi
bo‘limning yarmiga kelib-kelmay tabloda 0:2 hisobi porlab turardi.
Albatta, bu himoyachilarning bir-biridan “go‘zal” xatolari mahsuli.
Oh, endi zaxiradagi himoyachilarga berdi-da o‘ziyam. Ulardan biri,
surbetrog‘i, miyig‘ida kulib qo‘yishdan ham uyalmadi. U o‘z-o‘zicha
o‘ylardi: “Battar bo‘linglar, lapashanglar... Siz-chi, ustoz, shularga
ishonch bildirganingizdan rosa afsuslanyapsizmi? Ajab bo‘lsin... Bu
ham kam hali. Qaniydi, raqiblar yana 5-6 ta gol urishsa edi, mazza
qilardim-da o‘ziyam... Hoy darvozabon, sen ham o‘l bu kuningdan.
Senga o‘zi shular bilan o‘ynash yoqarmidi, battar bo‘l. Bir-ikkitang
qizil kartochka olib, diskvalifikatsiyaga uchrasang, yana yaxshi. Qa
-
ni-qani, yana ikkitang jarohatlanib, safdan chiqsang-u, anavi oq xa-
latning boshi tashvishdan chiqmasa. Eh do‘xtir, sen ham battar bo‘l,
shu noshudlarni davolayman, deb. Ha-a, shovvozlar, qani xato qi-
lishdan charchamanglar, sizlarni o‘zim osh bilan mehmon qilaman,
– shu payt alamzadaning ko‘zi jahli burnining uchida turgan klub
xo‘jayiniga tushib qoldi. – Ha xo‘jayin, qalaysiz endi? Agar nodon
bo‘lmasangiz, kelib-kelib shu himoyachilarni sotib olarmidingiz?”
Bir tomonda himoyachi o‘z xayoli bilan band, ikkinchi tomon-
da o‘yin davom etyapti. Tanaffusga chiqish arafasida darvozabon
ham kattagina “qovun tushirdi”. Ana endi ko‘ring, hisobning yirik
ko‘rinish olgani zaxira posboniga qanday yoqib tushganini: “Ofarin,
yashavor barakalla! Shunday o‘ynashda davom etsang, navbatda-
gi bahsda mening o‘rnimga “mixlanasan”. Bu – aniq. Ha-ya, asosiy
darvozabonimizning bunday antiqa iqtidoridan bexabar ekanman-a.
Hoy murabbiy, ana shu oliftani menga ibrat qilib ko‘rsatganmidi-
ngiz? Sochingizni yuling bitta-bittalab. E, uzr, sochingiz yo‘q-ku
19
FUTBOL FALSAFASI
o‘zi... O‘yindan so‘ng ko‘ramiz ne ahvolga tushishingizni hali”. Qis-
qasi, birinchi raqam egasining o‘yindan keyingi ahvolini tasavvur
qilar ekan, o‘rinbosar keyingi turda asosiy tarkibda maydonga tu-
shishiga aslo shubha qilmayotgandi.
Zaxiradagilar tanaffus chog‘ida murabbiyning asosiy futbol
-
chilarni boplab “tuzlashi”ni kutishgan paytda buning aksi bo‘lib
chiqdi. Hasadchilar chuchvarani xom sanagandilar – murabbiy
ulardan loaqal birini ham maydonga tushirmadi. Aksincha, ichla-
rida quvonib, semirib o‘tirgan shogirdlariga aslo parvo qilmadi va
o‘sha-o‘sha tarkibni “jang”ga tashladi. “Ajabo, shunaqa ham bo‘lar
ekanda, hisob 0:3, anavi bilimdon esa hatto bir kishini almashtirma
-
di ham”, – deya xush kayfiyatdan jig‘ibiyronlikka tushishdi zaxi
-
radagilar. Xullas,, ular ustozlarining bu qarorini o‘zlariga nisbatan
haqorat o‘rnida qabul qilishdi va butun ikkinchi bo‘limni xunoblari
oshgan holda kuzatishdi. Vaqt o‘tishi bilan muxlislarning e’tirozlari
kuchaysa-kuchaydiki, aslo pasaymadi. Zaxira futbolchilari ko‘zla-
rini baqlajonday katta-katta ochishar, g‘azabdan vujudlari yonayot
-
gan bo‘lsa-da baribir, umid bilan qarab-qarab qo‘yishardi. Murab-
biy esa hamon jim.
Jamoadoshlarining bir-biridan noaniq harakatlarini kuzatib o‘tir-
gan yarim himoyachining miyasida esa allambalo xayollar charx
urardi: “Murabbiy qoyil sizga, shu “chuchvara”larni bizdan afzal
bilganingiz kam ekan, ularga yana qancha sabr qilasiz, axir? O‘yin
tugasin, ahvolingizga maymunlar yig‘laydi hali. O‘zingiz yalina-
siz maydonga tushishimizni so‘rab... Qaniydi, anavilar qattiq jaro
-
hatlanib, uzoq muddatga safdan chiqsa-yu, siz tang ahvolda qolib,
boshqacha yalinsangiz bizga...”
Yarim himoyachilardan to‘p yetib kelmayotgani holva edi: hu-
jumchilar “ofsayd”da sayr qilayotgandilar. Agarda bosh murab-
biy kal bo‘lmaganida, bunday manzaradan so‘ng tepa sochi tikka
20
Do'stlaringiz bilan baham: |