Yusupov FURQAT
* * *
Akbar ertasi kuni bozordan chiqib uyiga shoshilayotgandi. Sa-
babi – bugun uning tug‘ilgan kuni. Uyida mehmonlar kutishayot-
gandi. Shu bois mashinasi tezligini oshirdi. Kutilmaganda yo‘l-pat-
rul xizmati xodimlari chiqib, mashinasini to‘xtatishdi. “Obbo, shu
kamlik qilayotgandi”, deb asta mashinadan tushar ekan, o‘ziga o‘zi
pichirladi: “Ishqilib bular hakam ekanligimni bilib qolmasin-da”.
Afsuski, ular ham Akbarni tanib qolishdi.
– Adashmasam, siz hakamsiz, shundaymi?
– Yo‘g‘-ey, nimalar deyapsiz, shifokorman, – tap tortmay yolg‘on
gapirishga tushdi Akbar.
– Yo‘q-yo‘q, sizni juda yaxshi taniyman, – e’tiroz bildirdi yo‘l-pat-
rul xodimlaridan biri. – Bizning jamoaga nisbatan adolatsizlik qil-
gandingiz. O‘shanda bu hakam qo‘limga tushsa, sog‘ qo‘ymayman,
deb og‘aynilarimga so‘z bergandim. Nihoyat, so‘zimning ustidan
chiqadigan kun ham yetib keldi.
– Shoshmay turing. Ba’zida xatolarga yo‘l qo‘yib turaman. Ayti-
shadi-ku, beayb parvardigor deb... Biz ham xom sut emgan ban-
damiz axir. Bir safar kechira qoling endi. Bugun tug‘ilgan kunim edi.
– Xo‘p janob hakam. Kechiramiz. Tug‘ilgan kuningiz muborak
bo‘lsin!
– Rahmat aka, – deya mashinaga shoshayotgan ediki, bir milit-
siya xodimlari birdan uni yana huzuriga chaqirdilar.
– To‘xtang. Bilasizmi, sizni ko‘rsa otarga o‘qi yo‘q muxlislar
had dan tashqari ko‘p. Shu sababli bugun, tug‘ilgan kuningiz-
da sog‘lig‘ingiz uchun qadah ko‘tarmasak bo‘lmaydi. Shunga har
birimizga besh mingdan berib ketasiz endi! Har holda, sizning foy-
dangizni o‘ylayapmiz.
– Rahmat aka. Mana, olinglar, doim shunaqa mijozlar uchrab
tursin.
13
FUTBOL FALSAFASI
“Uff... Xudoga shukr, qutuldim”, deb juftakni rostlamoqchi
bo‘lib turganida, haligi militsioner mashina yoniga kelib, yana so‘z
qotdi: “Mabodo itga ehtiyoj sezsangiz, menda bor. Uni sizga sovg‘a
qilishim mumkin. Harqalay, itim bilan bemalol yurardingiz...”
– Iting boshingda qolsin, ho‘v maymun, – jahli chiqqanidan mi-
litsiya xodimini so‘kib yubordi Akbar. Bu esa patrul xodimlarini qu-
yushqondan chiqishlariga sabab bo‘ldi. Ular qoidaga xilof tarzda ish
tutgan hakamning nafaqat haydovchilik, balki mashina hujjatlarini
ham olib qo‘yishdi. Akbar esa afsusda. Lekin endi kech edi. Hay-
dovchilik guvohnomasidan ayrilgan Akbar uyiga taksida qaytdi.
Yo‘l-yo‘lakay haydovchi bilan suhbat qurib bordi. Qarangki, hay-
dovchi ham Akbarni tanib qoldi.
– Mabodo siz hakam emasmisiz?
– Ha, tanidingizmi? – o‘zini mashhur kishiday tutdi Akbar.
– Sizni tanimay bo‘larkanmi? O‘tgan kungi “Vodiy derbisi” esi-
ngizdami?
– Ha, esimda..., – bu ham meni so‘kmoqchi, chog‘i, o‘ylanibroq
javob berdi Akbar.
– O‘shanda sizga sovg‘a bermoqchi edim. Lekin imkon topilma-
di. Mana bugun imkoniyat tug‘ildi. Ushbu ko‘zoynak sizga, janob
hakam. Buni maydonga taqib tushsangiz, biz – muxlislar sizdan
xursand bo‘lardik. Esingizda bo‘lsa, “Vodiy derbisi”da mehmonlar
o‘yin qoidasini buzishgani uchun mezbonlar vakilini maydondan
chetlatgandingiz. Ko‘zoynakni taqib yursangiz, jamoalarni farqlay
olasiz...
– Xo‘p rahmat, o‘sha voqea uchun uzr so‘rayman... Akbar na
yig‘lash, na kulishni bilardi. Shu tobda mashina svetoforda to‘xtadi.
Taksi yoniga axlat tashuvchi yuk mashinasi ham to‘xtadi. Taksichi
mashina oynasini tushirib, uning haydovchisiga so‘z qotdi:
– Salom hamkasb, ishlar yaxshimi?
14
Do'stlaringiz bilan baham: |