Yusupov FURQAT
“Manchester Yunayted” himoyachisi Rio Ferdinand futbolchi
bo‘lmaganida kim bo‘lardi? Reppermi? O‘qituvchimi? Aktyormi
yoki arxitektor? Yo‘q! Hech biri. U o‘zi tug‘ilib o‘sgan Sautvarkda
faqatgina oddiy ishchi bo‘lardi, xolos. “Inter” himoyachisi Xaver
Zanetti ham o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyda ishlardi. U poytaxtning port
qismida ulg‘aygani uchun, balki dengizchi bo‘lgan bo‘lardi.
Futbolchilarning aksari bo‘sh vaqtlarida baliq ovlashni yaxshi
ko‘rishlarini bilib olgan bo‘lsangiz kerak. Ammo yoshligida baliq-
chi bo‘lishni orzu qilgan futbolchilarni bilmasangiz kerak. Agar bil-
masangiz marhamat bilib olishingiz mumkin. Bular ”Milan”dagi
“Sheryurak” himoyachi Jennaro Gattuzo va “Liverpul” hujumchisi
Dirk Kuytlardir. Ularni baliq ovlab, bozorda baliq sotib yurishlarini
ko‘z oldingizga keltira olasizmi? Ha, darrov kulasiz-a!
“Zidan kushandasi” italiyalik “mahluq” Marko Materasi bolaligi-
da basketbolchi bo‘lishni orzu qilgan, afsonaviy Maykl Jordan uning
sportdagi kumiri hisoblanardi. Markoning aynan Jordan o‘ynagan
23-raqamni o‘ziga olgani bejiz emas, albatta. Uning basketbolchi
bo‘lishiga faqatgina futbol qarshi chiqqan. Markoda basketbolchilar-
ga xos barcha omillar mavjud. Bahaybat gavda, uzun bo‘y va uzun
til… bo‘yi kichkina bo‘lishiga qaramay germaniyalik Filip Lam ham
bolaligida basketbolchi bo‘lishni xohlagan.
Sobiq Ittifoq davrida tug‘ilib voyaga yetgan Rossiyalik Konstan
-
tin Ziryanov va Ukrainalik Andrey Shevchenkolar bolaligida xok-
keyga ham ko‘ngil berishgan. Agar, ular futbolni tanlamaganlarida
bugun xokkeychi sifatida ko‘z oldimizda gavdalanishgan bo‘lishar-
midi? Sheva shuningdek tennischi bo‘lishi ham mumkin edi. Agar
u tennischi bo‘lganida Roje Federer-u, Rafael Nadallar bilan bir qa-
torda bo‘larmidi? Lekin futboldagidek muvaffaqiyatlarga erishishi
baribir mushkul bo‘lardi. Yoshligida tennischi bo‘lish orzusida yur-
gan futbolchilardan yana biri bu JCH-2010ning “eng yaxshi futbol-
9
FUTBOL FALSAFASI
chisi” va yangi “neradzuri” a’zosi Diego Forlandir. U ham futbolni
tanlaganiga yaratganga rahmatlar aytsa arziydi.
Mana azizlar, bugungi kunda biz yuqoridagi futbolchilarni aynan
futbol tufayli taniymiz. Ular “millionlar o‘yini” sababli millionlab
muxlislarga egalar. Agar, boshqa sohani tanlaganlarida bu kabi mu-
vaffaqiyatlarga erisha olmasliklari aniq edi. Chunki ular faqatgina
futbol uchun dunyoga kelishgan. To‘g‘ri, yuqorida nomlari keltiril-
gan futbolchilarsiz ham futbol muxlislari kamayib qolmaydi. Ammo
aynan ular tufayli futbol yanayam jozibaliroqdir. Yaxshiyam futbol
bor. Bilmadim, aks holda nima qilar edik?
10
Do'stlaringiz bilan baham: |