Yusupov FURQAT
– Finalda yutqazib ham dunyoning eng yaxshi jamoasi bo‘lib qolish
mumkin. Ammo faqat g‘olib chiqib, abadiylikni bir qismiga aylanish im-
koniyati bor.
– Inesta onasining qornidayoq yaxshi futbolchi bo‘lgan.
– Mourinoni maydonda o‘rgansa arziydi. Maydon tashqarisida uni
ko‘rib qolsam, o‘rganishga bo‘lgan xohishim yo‘qolib qoladi
– Ular finalda yutqazganlarida yig‘lagandim. Keyin g‘alaba qozondi-
lar – o‘zimni tutib tura olmadim. Jamoani bir necha yil o‘ynagan futbolchi
tark etsa, menga juda og‘ir bo‘ladi. Men shunchaki kuzatmayman, men bu
jamoani sevaman.
– Qachonlardir o‘z nabiralarimga Leoga qanday qilib murabbiylik qil-
ganimni aytib, maqtanib o‘tiraman.
Arsen Venger:
“Arsenal” klubining eng omadli murabbiyi Arsen Vengerning
futbol olamida o‘z o‘rni bor. Uning eng sara fikrlari bilan quyida
tanishishingiz mumkin.
– Har kim uyidagi xotinini o‘zicha chiroyli, deb o‘ylaydi (2002-yili Ser
Aleks MYuni Angliyada eng yaxshisi deb aytgani haqida).
– Hakamlar chegaradan chiqib ketishayapti. Xudo haqqi joriy mavsum-
da bizga ko‘rsatilgan 9 ta qizil kartochkadan teng yarmiga munosib edik,
xolos (APL hakamlarini shunday “maqtagandi”).
193
FUTBOL FALSAFASI
– Men aql bovar qilmas darajada omadliman. Dastlab “Monako”da 7
yil ishladim, mana endi “Arsenal”daman - 11 yildan buyon. Xullas, oma-
dim chopgan - ishonish mumkin bo‘lgan yaxshi insonlarni uchratganman
(Uzoq yillik faoliyati haqida, 2007-yil.).
– Jamoa muxlislari uchun yirik haridlar sovrinlardan ham muhimroq
ekanligi meni ajablantirdi. “Real” rahbariyati odatda biror-bir superyul-
duzni sotib olib, muxlislarni tinchlantirishadi. Biroq vaqt o‘tgani sayin shu
tufayli jamoaga nisbatan bosim kuchayadi. Yetakchi klub bo‘lganidan so‘ng
natija berishi karak-da. Lekin “Real” 6 yildan buyon ChLning 1/8 finalidan
chiqib ketmoqda. Jamoa shunchalar kuchsiz (“Real”ning siyosati haqida,
2009-yil).
– Glebning jamoamizda qolishiga ishonaman. Davogar klub uni shun-
chaki sotib ololmaydi. Men Glebni olib qolish uchun har kim bilan sud-
lashishga tayyorman. Mabodo, davogarlar bo‘lsa, marhamat, uzoq davom
etadigan sudga tayyorgarlik ko‘raverishsin (Aleksandr Gleb haqida).
– Ko‘rdingizmi, hakam to‘pni qo‘liga olsa-yu, marhamat, bemalol gol
urishingiz mumkin, deb tursa! Chempionlar Ligasidek nufuzli turnirda
shunday gollarni hisobga olish... Bunaqada musobaqa be’mani latifaga
aylanib qoladi-ku! (ChL-2011da “Portu”dan uchralgan mag‘lubiyatdan
so‘ng, hakamlarga e’tirozi).
– “Stok Siti” tomonidan namoyish etilgan o‘yinni futbol, deb atash-
ga tiling bormaydi. U ko‘proq regbini eslatadi (“Stok Siti” - “Totenxem”
uchrashuvi haqida).
– Biz shunday jamiyatda yashaymizki, bu yerda hamma barchasidan xa-
bardor. “Men bilmayman” qabilidagi iborani ishlatish - uyat. Men esa kim-
194
Do'stlaringiz bilan baham: |