Yusupov FURQAT
– Men kinolarga kirish uchun chiptaning yarim pulini to‘layman, shu-
ningdek avtobuslarda bepul yurishim mumkin (Nafaqaga chiqqach, nafaqa-
xo‘rlarga ajratilgan yengilliklar haqida).
– Braziliyaliklar qachon xokkeydan chempion bo‘lishsa, ruslar o‘shanda
futboldan g‘alaba qozonadilar.
– Maradona texnika bobida yaxshi futbolchi bo‘lgan, biroq u o‘ng
oyog‘ida “fint” ishlatolmasdi. Qolaversa, bosh bilan o‘ynashda qoloq edi.
Maradona
Maradona Pele bilan ko‘plar “aytishuvlar” aytgan. Shuningdek
uning hayratlanarli fikrlari sizni ham ajablantirmay qo‘ymaydi de
-
gan umiddamiz.
– Peleni muzeyga topshirish kerak.
– Platini barcha fransuzlar kabi o‘zini o‘ta dono, deb hisoblaydi.
Chunonchi, undan yaxshi murabbiy chiqmagani ayni haqiqat. Men esa
shogirdla rimning jahon chempioni bo‘lishlariga yordam bera olishimni his
qilyapman.
– Bunday lahzalarda yuragim shu qadar bezovta uradiki, faqat Juliya
Roberts og‘ushida tuyish mumkin (“Boka Xuniors” o‘yinlarini kuzatib,
2006-yil).
– Ular meni pul to‘lashga majbur etishlari mumkin. Lekin hech qachon
uni sevishga majbur qilolmaydilar ( 6 yoshli o‘g‘li uchun nafaqa to‘lashi
to‘g‘risidagi sud qarorini eshitgach, 1991-yil).
199
FUTBOL FALSAFASI
– Bu 2 buyuk argentinalik shaxsning bitta gavdada mujassam bo‘lgan
davrini eslatadi ( O‘z badaniga tushirilgan Che Gevara suratining ta-
tirovkasi haqida, 2005-yil).
– Kimdir qachondir meni maqtanchoq, deb atashini istamayman (mu-
rosaga kelish haqida, 1977-yil).
– O‘shanda meni “ilohiy qo‘l” deb atashdi. Bularning hammasi bekorchi
gap. Bu - Diego qo‘lining ishi edi (1986-yilgi “ilohiy gol” haqida, 2004-yil).
– Men buni aql qo‘li bilan amalga oshirdim (Fotomuxbir avtomashina-
sining oynasiga musht tushirgani haqida).
– Odamlar menga xuddi Xudoga ishongandek ishonishadi. Men esa
ularga halaqit berishni istamayman (E’tiqodi haqida).
– Oramizdan ketganing uchun juda ham hursandman, sababi bizning
mag‘lubiyatimizga aynan sen aybdorsan. Sen tufayli Jahon chempioni
bo‘lolmay qoldik ( Sakkizoyoq Paulning o‘limi haqida).
– Boliviyaliklarning urgan har bir goli - yuragimga qadalgan tikondek
bo‘lib tuyuldi. Bu mag‘lubiyatni hali-veri unuta olmasam kerak ( Bolivi-
yadan uchralgan 1:6 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng).
– 2 ta orzuim bor. Birinchisi, jahon chempionatida o‘ynash. Ikkinchisi
esa, hozirgi bolalar jamoasi bilan chempion bo‘lish (10 yoshlik davrida).
– Kim o‘ziga yordam bersa, Yaratgan unga qo‘l cho‘zadi ( Hayot haqida).
– Men sehrgar emasman. Shunchaki, fioritolik Diegoman. Sehrgarlar esa
o‘sha Fioritoda yashaydigan kishilar. Chunki oyiga 1000 peso bilan yashash
- bu haqiqiy sehrgarlik ( ‘zi o‘sib-ulg‘aygan, kambag‘al rayon haqida).
200
Do'stlaringiz bilan baham: |