Yusupov FURQAT
– Barcha inglizlardan chin yurakdan va ming marta uzr so‘rayman. Le-
kin rostini aytsam, menda ikkinchi marta bu kabi imkoniyat tug‘ilganida,
yana huddi shunday yo‘l tutardim (“Ilohiy qo‘l” voqeasidan 20 yil o‘tib).
– Unvonni bizdan mafiya o‘g‘irladi. U bizni yarim finalda Italiyani
mag‘lub etganimiz uchun jazoladi. Qisqasi, nemislarga hal qiluvchi o‘yin-
da g‘alabani aynan mafiya olib berdi: darvozamizga yo‘q joydan penalti bel-
gilangandi (JCh-90 finali haqida).
– Shunchaki, oyog‘omni kesib tashlashdi (JCh-94 vaqtidagi diskalifikat-
siya haqida).
– Endi u Joao Avelanj bilan birga qing‘ir ishlarini bemalol amalga oshi-
raveradi (1998 yili, Yozef Blatter FIFA prezidenti etib saylangach).
– Men giyohvand edim, hozir ham shunday, keyin ham o‘zgarmayman
(giyohvand moddalarga bog‘lanib qolgani haqida).
– Hayotimdagi eng yomon kunlar ortda qoldi. Men ko‘rinmas tubsiz-
likda edim, u yerdan qizlarim chiqarib olishdi. Endi har tongda men uchun
yangi kun boshlanadi (narkotika ustidan g‘alaba haqida).
– Bu xayrlashuv o‘yini emas, balki faxr uchrashuvi. Chunki men hech
qachon futbol bilan xayrlashmayman (2003-yili xayrlashuv uchrashuvi
haqida).
– Tomas Myuller? Men uning futbolchi ekanligini bilmasdim
(O‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng matbuot anjumanida yonida o‘tirgan Myuller
haqida).
201
FUTBOL FALSAFASI
– Qo‘l ostimdagi 23 nafar futbolchining har biri jangchi - g‘olib daho.
Ularni xohlaganinggizcha atayvering. Zero ular uchun o‘limga ham
tayyorman (Argentina termasi 2010 haqida).
– Agar jonimga tegadigan bo‘lsalar, ketaman. Massajchini bo‘lsada,
haydashga urinib ko‘rsinlar-chi...! (JCh-2010 haqida).
– Artistlarda sahnada o‘qib beradigan, namoyish etadigan narsalarning
ssenariysi bo‘ladi. Men esa hech narsa o‘qimayman, shunchaki, yashayman.
Bu chinakam rolim (JCh_2010 davomidagi o‘z xatti harakatlari haqida).
– JCh-86 oldidan jamoaning ahvoli achinarli holatda edi. Biz uncha-
lik kuchli bo‘lmagan terma jamoalarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida
mag‘lubiyatga uchraganmiz. Bilardoning ko‘rsatmalarini hech kim tu-
shunmasdi. Uning aytganlarini kimdir tarjima qilishi kerak edi. Ishonma-
sangiz Valdanodan so‘rang. Xorxe maydonga tushganidan so‘ng nima qi-
lishini bilmas edi. Bu Gao Burruchchagaga ham tegishli. Argentina jahon
chempioni bo‘lganida Bilardoning hech qanday hizmati yo‘q. Hammasi fut-
bolchilar mehnatining samarasi. Masalan, men maydonda nimani istasam
shuni qilardim (JCh-86 da Argentina termasi bosh murabbiyi bo‘lgan Kar-
los Bilardo haqida).
– Men Chavesga ishonaman. Do‘stim Fidel Kastro (Kuba yetakchisi)
va Ugo Chaveslar olib borayotgan ishlarni to‘la oqlayman. Xullas,, AQSh-
ga bog‘liq biror narsani ko‘rishga ko‘zim yo‘q. Ushbu mamlakatni butun
vujudim bilan yomon ko‘raman (Venesuela prezidenti Ugo Chavesning
ko‘rsatuviga borgach, AQSh haqida).
– Qo‘lingdan keladigan barcha hunaringni ishga sol. Shunda hurmat
ham, shon-shuhrat ham seniki bo‘ladi. Raqibning jarima maydoncha-
si ichida kerak bo‘lsa 100 marta yiqil, senga nafrat bilan qarashsa parvo
202
Do'stlaringiz bilan baham: |