Yusupov FURQAT
qilma. Chunki, shu yo‘l bilan hech bo‘lmaganda 2 ta penalti ishlashing
mumkin.
– Messi ko‘proq Messi uchun o‘ynaydi. Agar u qizg‘anchiklik qilmay,
Aguero va Rikelmelarga tez-tez to‘p uzatib tursa, Argentina har qanday
raqibni mag‘lub etishi mumkin (Messining qizg‘anchiqligi haqida).
– Sening oyoqlaring nihoyatda go‘zal. Ularga hatto mening 1986-yilda-
gi oyoqlarim ham tenglasholmaydi (Raqqosa Gabriela Figeroaga luqma).
– Bunday gol haqida bolaligimdan orzu qilganman. Har safar ushbu
golning videotakrorini qayta ko‘rgach, buni qanday amalga oshirdim deb
o‘zim ham hayron qolaman (JCh-86 da inglizlar darvozasiga urgan 2-goli
haqida).
– Bu gaplarni Blatter aytayaptimi? Xuddi Garvard universitetini qoyil-
latib bitirib qo‘ygandek! Messi o‘ziga hos tarbiyaga ega, men esa ota-onam-
dan tarbiya olganman. Blatter esa bu borada maqtana olmaydi! U hayoti
davomida biror marta ham to‘pga yaqin kelmagan, ammo futbolchilarni
taqqoslashni qoyillatadi (FIFA prezidenti Blatter Maradona va Messini
taqqoslaganiga javobi).
– Agar men biror klub prezidenti bo‘lganimda, albatta, birinchi bo‘lib,
Mourinoni murabbiylikka olib kelgan bo‘lardim. Chunki u sinovdan o‘tgan
murabbiy. Gvardiola ham yaxshi murabbiy, menimcha, unga qandaydir bir
sehrli tayoqcha tegib ketgan bo‘lsa kerak. U juda kam xato qiladi. Bundan
kelib chiqib, aytishim mumkinki, Pep juda qattiq ishlaydi. Agar Mourinoda
ham Gvardiola ega bo‘lganchalik vaqt (Ispaniya futbolida) bo‘lganida edi,
natijalar hozir boshqacharoq bo‘larmidi?! (“Real” murabbiyi Joze Mourino
haqida, 2011).
203
FUTBOL FALSAFASI
– Men to‘laqonli erkakman. Lekin Chavesni sevib qolganim rost (Vene-
suela prezidenti Ugo Chaves bilan uchrashuvdan keyin).
– U yerda o‘zlarini Robinzon Kruzo, deb hisoblaydigan kishilar tashrif
buyurishadi. Men Maradonaman desam, ular baribir ishonishmadi (Ruhiy
xastaliklar shifoxanasida o‘tkazgan kunlari xususida).
– Ular to‘rtburchakli oyoqlarga egalar. Xuddiki, robot nusxasi (Nor-
vegiya va Shotlandiyalik futbolchilar haqida).
– Giyohvand kishini nazorat ostiga olish mumkin emas. Negaki bu
– narkotika va u sening emas, sen uning qulisan. Kimki “Maradona gi-
yohvandlikdan qutulibdi” desa, u yolg‘onchi o‘zini Richard Gir o‘rnida
ko‘radi (Davolanish kurslariga kirishdan oldin).
– Argentina temasi bu – “Rolls Roys”, Messi esa uning haydovchisi.
– Agar u chindan ham shunday degan bo‘lsa, vaqtni boy bermasdan
ruhiy xastaliklar shifokoriga murojaat qilsin. (Pele JCh-86 da o‘ynash ni-
yatida ekanligini bosh murabbiy Santanaga bildirgani haqida).
204
Yusupov FURQAT
FUTBOL ICHIDAGI SHAXSLAR
Quyida siz futbol ichidagi va sirtidagi mashhur insonlarning
ham fikrlarini o‘qishinggiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |