Xosep Gvardiola:
“Barselona” bilan fantastik natijalar qayd etgan Xosep Gvardiola
o‘z falsafasiga ega murabbiylardan biri hisoblanadi.
190
Yusupov FURQAT
– Futbol jamoasi muvaffaqiyati siri - har kim nima qilishni bilishida.
Faqat g‘alabalar tufayli bizni eslashadi. Mabodo, g‘olib chiqmadingmi, de-
mak, latifalar personajiga aylanasan.
– Tavakkaldan qilishdan ko‘ra, xavfli ishning o‘zi yo‘q. Lekin har qa-
damda shunga majburmiz.
– Gohida omadsizlikni kechirish mumkin. Faqat, xafsalasizlik bilan.
– G‘alaba hayotiy zaruriyat - bunga har qanday sharoitda tayyor turish
kerak. Maydonga tushganda, raqibning qo‘lidan hech narsa kelmaydi, deb
o‘ylasang, mag‘lub bo‘lishing aniq.
– Ruhshunoslikka da’vo qilolmayman. Zero, futbol o‘ynagan oddiy yi-
gitman.
– Faqat mag‘lubiyat va xatolar o‘sishga turtki bo‘ladi. Bu futbol qonuni.
– Garri Potter emas, oddiy murabbiyman. Lekin maydonda murabbiy
emas, to‘p boshqaruvchilik qiladi.
– Mening falsafam oddiy: to‘p bo‘lmasa – “pas” yo‘q, “pas” bo‘lma-
sa - nazorat yo‘q, usiz esa futbol yo‘q. Uchayotgan to‘pdan tez yugurish
mumkin emas.
– Yosh avlodga Andres Inestani namuna qilib ko‘rsataman. U ajoyib
tarzda o‘ynaydi va buning uchun tatuirovka qildirishi yoki sochini bo‘yashi-
ga hojat yo‘q.
191
FUTBOL FALSAFASI
– Kimki qo‘ziqorin tersa, u yomon kishi bo‘lishi mumkin emas. Xavida
dam olish imkoniyati tug‘ildi deguncha, qo‘ziqorin terish uchun shahardan
tashqariga chiqadi.
– Hech bir futbolchi o‘zicha har qanday kasalga da’vo bo‘lolmaydi. Xoh,
u Bekxem bo‘lsin, xoh avliyo Pyotr.
– Futbolchilar iqtidori va jonbozliklari - g‘alabalar garovi. Ishonchim
komil, boshqa o‘yinchilar bilan chempionatda g‘olib chiqolmasdik. Lekin
ular boshqa murabbiy bilan baribir bu yutuqqa erishardilar.
– Ehtimol, bir kun kelib “Barselona” boshqacha o‘ynar, ammo mening
davrimda emas. Men futbolni shunday talqinda ko‘raman va hozircha shu
yerda ekanman, biz shu usulda o‘ynashda davom etamiz. Suvni ko‘rmay
turib etik yechmayman.
– Ommani aldab bo‘lmaydi. Agar biz yomon o‘ynaganimizda, hech kim
qarsak chalmasdi.
– Aytishlaricha, futbol jamoasidan ko‘ra ayolni almashtirish oson ekan.
Darhaqiqat, bu bor gap.
– Murabbiy jurnalistlarga o‘z fikrlarini ochiq-sochiq bildirishi kerak.
Tonggi gazetalarning sarlavhalari qanday bo‘lishi shunga bog‘liq.
– Film yoqmasa, kinoteatrni boshga ko‘tarib xushtak chalmayman. Is-
paniya madhiyasi kuylanayotganda hushtak chalish masalasiga kelsak - har
bir kishi fikrini hurmat qilish kerak.
– Futbolni tushinish qiyin. Bir qismi butun hayotimni futbol bilan
bog‘lashga undaydi, boshqasi qochishimni maslahat beradi.
192
Do'stlaringiz bilan baham: |