Yusupov FURQAT
Unai Emeri:
– Men o‘z kasbimni sevaman. Men uchun uni yanada chuqurroq egal-
lash yo‘lida izlanish kelajakda qaysi jamoani boshqarish xususida bosh qo-
tirishdan ko‘ra maroqliroq.
– Mavjud to‘siqlarni bartaraf etish uchun bugungi jamiyatimizga nafaqat
muammoni to‘liq his etish, balki sog‘lom fikrlash ham yetishmaydi. Ya’ni,
g‘oliblarga xos fikrlash. Uni shakllantirish uchun g‘alaba sari eltadigan
yo‘lni topish kerak. Futbolchilardagi g‘oliblik ruhi natijalarda emas, ular-
ning fikrlashi va munoabatlarida aks etadi. Uni shakllantirish - qisqa vaqt
ichidagi yumush emas. U uzoq va mashaqqatli mehnat evaziga yuzaga keladi.
– Kishilarning yaxshi tomonga o‘zgarmasliklari kechirib bo‘lmas holat.
Masalan, men har gal uyg‘onayotgan paytimda uyquga yotayotganimdan
ko‘ra yaxshiroq bo‘lib turishga intilaman. Doimiy ravishda o‘z malaka va
tajribamni oshirib borishga urinaman. “Sevilya”dagi asosiy shiorimiz ham
shu.
– Murabbiylik kasbi juda murakkab. Qoidaga ko‘ra doimo biz aybdormiz.
– Menga hech qachon murabbiylar aziyat chekmaydilar, deb aytmang.
Faqat ishlamaydigan odamgina aziyat chekishdan xoli bo‘lishi mumkin.
– Mashg‘ulotlarim shogirdlarimga yoqishini istayman. Klubning bar-
cha a’zolari, muxlislar mehnatim mevasini ko‘ra olsalar, o‘zimni baxtiyor
his etaman. Mashg‘ulotlar jarayoniga hech kimning befarq emasligi menga
yoqadi.
– Doimo jamoam kuchli bo‘lishini istayman: mustahkam himoya
qo‘rg‘oni va tezkor qarshi hujum. To‘pning harakati qanchalik tez bo‘lsa,
undan shunchalik ko‘p zavq olaman.
187
FUTBOL FALSAFASI
– Ochkolarni qo‘lga kiritish - jarohatlarga qarshi eng samarali dori.
– Muvaffaqiyat doimo bizning boshimiz va qalbimizda bo‘lishi darkor.
– Iqtidor - mehnatsevarlik va tirishqoqlik mahsuli. Bu borada muntazam
izlanmaslik hech narsaga olib kelmaydi.
– Orzuga ayb yo‘q. Bu har bir kishi uchun muhim jihat. Lekin har doim
imkoniyatga xolis baho berish kerak.
– Futbolda ishtiyoq va ehtiros kuch beradi. Hozircha bu borada imkoni-
yat yo‘q. Demak, orzu qilishga haqliman.
– Oliy maqsadlarni ko‘zlash - men uchun emas. Boricha yashashni
ma’qul ko‘raman. Menimcha, yuksak rejalarni ko‘zlagan kishi doimo shu
haqida o‘ylaydi va hayotdan zavq olishni unutib qo‘yadi.
– Doimo o‘zimdan ko‘ra ko‘proq narsalarni biladigan aqlli kishilar
davrasida bo‘lishni istayman.
– Murabbiy yechinish xonasining nozik jihatlarini aniq his etishi shart.
Agar u shogirdlariga ortiqcha erkinlik berib qo‘ysa, ular oldidagi nufuziga
putur yetishi mumkin.
– Murabbiy hech qachon tushkunlik holatiga tushmasligi lozim.
Uchrashuv arafasida mag‘lubiyat haqida o‘ylagan jamoa hali o‘ynamay tu-
rib uni boy bergan bo‘ladi.
– Murabbiylik faoliyatimning avvalida zabt etish mumkin bo‘lgan
cho‘qqilar xususida sira o‘ylagan emasman. Ustozlik qila boshlagach, nima-
ga erishish mumkin yoki mumkin emasligi xususida o‘ylagan emasman.
Shunchaki ishimdan qoniqish hosil qilishga intilganman.
188
Do'stlaringiz bilan baham: |