Yusupov FURQAT
– Futbol – borib turgan mug‘ombirlik!.
– Muxlislarimizga bayroqchalar ulashishning hojati yo‘q. Chinakam
muxlis doimo jamoa bilan birga bo‘ladi, qo‘llab-quvvatlaydi. Biz uchun eng
muhimi - shu. Falaba qozonishimizga ana shu ishtiyoq yordam beradi, bay-
roqlarning hilpirashi emas.
– Shogirdim yomon o‘ynasa, uni hech qachon TV yoki matbuot orqali
oshkora koyimayman. Chunki bu uning izzat-nafsiga tegadi. Men esa sho-
girdlarimning samarali o‘ynashlari uchun ularni asrab-avaylayman. Lekin
ishonchni oqlay olmagan futbolchi bilan suhbatlashishim shart. Xatolarini
ko‘rsatib, ularni qanday bartaraf etishni ko‘rsatish - mening burchim. Mu-
rabbiy uchun bundan muhimroq vazifa yo‘q.
– Ikkinchi bo‘lish so‘nggi o‘rinni egallashdan farq qilmaydi.
– Agar o‘yinchida iqtidor bo‘lsa, u yuqoriga yo‘l topa oladi. Biroq iqti-
dor hammada ham bo‘lavermaydi. Ko‘pchilik futbolchilar aynan murabbiy
yordami bilan yulduzga aylanadilar.
– Ideal futbolchi bo‘lmaganidek, mukammal murabbiy ham yo‘q. Har
kim texnika, jismoniy quvvat yoki taktika bobida ma’lum taraqqiyotga eri-
shishi mumkin.
– Ish uslubimning asosida raqibga nisbatan hurmat yotadi. Birinchi
navbatda, uning murabbiyiga nisbatan. Chunki men o‘zidan kuchliroq
raqiblar bilan kurashadigan zaifroq jamoaga ustozlik qilish qanchalik qiyin
ekanini yaxshi bilaman. Raqibni hurmat qilgan holda g‘alaba qozonish -
men futbolni shunday tushunaman.
185
FUTBOL FALSAFASI
– Albatta, shogirdlarim chiroyli o‘yin ko‘rsatishlarini istayman. Muam-
mo shundaki, chiroyli o‘yinni har kim har xil tushunadi.
– Jamoamning chiroyli o‘yinga intilayotgani meni quvontiradi. Lekin
raqibdan ko‘ra bitta gol ko‘proq urish yaxshiroq.
– Bolaligimda basketbol, shaxmat, dzyudo bilan shug‘ullanganman.
Ularning ayrim jihatlari futbolda qo‘l keladi. Masalan, o‘yinlarni tahlil qi-
lish. Murabbiyda doimo “V”, hatto “S” rejasi ham bo‘lishi kerak.
– Jamoang o‘rtamiyonalar safida yursa, sen bilan hech kimning ishi
yo‘q. Lekin u yetakchilar safiga chiqishi bilan dushmanlaring ko‘payishib
qoladilar.
– Biz jamoamiz sardori Stiven Jerardning yelkalarini og‘ir yuk ko‘ta-
rishga mo‘ljallangan mashqlar bilan chiniqtirmoqdamiz. Chunki yaqin yil-
larda juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritishni mo‘ljallab turibmiz va Jerardga
bu sovrinlarning barchasini qabul qilib olish majburiyati yuklatiladi (“Li-
verpul” bilan 2005-yili ChLni yutgach g‘alabadan ruhlanib).
– Beylga qarshi ko‘p o‘ynaganmiz. Lekin uni qanday to‘xtatib qolish
muammoligicha qolmoqda. To‘pni yo‘qotishimiz bilan Garet ancha ilga-
rilab ketadi. U xuddiki “Ferrari” va “Volvo”ga o‘xshaydi. “Volvo” yaxshi
mashina. Ammo “Ferrari” undan ancha tez (“Inter” murabbiyi ChL-2010
da “Tottenxem” (4:3) bilan o‘yindan so‘ng, Beyl haqida).
– Qaysidir futbolchini ayblashdan oldin, uning butsasini kiy, uning
yo‘lini bosib o‘t, ko‘z yoshlarini oqiz, og‘riqlarni his qil. U qoqilgan har bir
toshni sen ham bosib o‘t, muxlislarning noroziliklarini boshingdan o‘tkaz.
Ana o‘shandan keyin – men futbol o‘ynashni bilaman, deyishing mumkin.
186
Do'stlaringiz bilan baham: |