Yusupov FURQAT
– Menga bog‘liq bo‘lmagan yumushlarni qachon bajarish kerakligini
belgilashdan o‘zimni olib qochaman.
– Shogirdlarimning noshud o‘yini uchun faqat men javobgarman.
– O‘yin uslubi har qanday taktika va tarkib tanlashdan ko‘ra
muhimroq dir.
– To‘pni ko‘proq nazoratingga olsang, kamroq himoyalanasan. Hujum
lar qancha ko‘p bo‘lsa, himoyadagi muammolar shuncha kam bo‘ladi.
– Tirishqoq va o‘ziga ishongan futbolchi har qanday raqibdan ustun
kela oladi.
– G‘alaba - ulkan shod-u xurramlik. Ammo uni qay tariqa qo‘lga kiritil-
gani ham muhim ahamiyatga ega. Biz o‘z muxlislarimizga chinakam spek-
taklni taqdim etishimiz lozim. Chunki sermazmun o‘yin har qanday kishini
o‘ziga rom etadi. Bu esa muhitga ijobiy ta’sir etadi.
– Men jamoaviy o‘yin tarafdoriman. O‘z shogirdlarimni asosiy va zaxira
o‘yinchilariga ajratmayman. Jamoa bilan ishlashni xush ko‘raman, alohida
futbolchilar bilan emas.
– Men uchun eng quvonarli hol - kamolotga erishayotgan futbolchilar va
rivojlanib borayotgan jamoani ko‘rish.
– Har bir lahza, har bir qadam, har bir golning qadriga yetaman. Muvaf-
faqiyatning garovi aynan shunda. Shu paytgacha menga bergan va hamon
berishda davom etayotgan baxtli daqiqalar uchun futboldan bir umrga min-
natdorman.
– Jurnalistlar bilan do‘stlashish darkor. Ularda kerakli ma’lumotlar juda
ko‘p. Ular bilan yaqin aloqada bo‘lsangiz, hayotdan orqada qolmaysiz.
189
FUTBOL FALSAFASI
– Futboldan tashqarida yana uch narsani yoqtiraman: plyaj yoki tog‘lar-
da sayr qilish, do‘stlar davrasida hamda oila a’zolarim yonida bo‘lish.
– Men shunga intildimki, ish men uchun ehtiyojga aylansin. Tungi soat
2da uyquga ketaman. Dam olish nima ekanligini bilmayman.
– Miriqib uxlash uchun menga 6 soat yetarli. To‘g‘ri, futbolchilik
davrimda 10 soatga yaqin uxlardim. Agar jamoam g‘alaba qozongudek
bo‘lsa, tabassum bilan uyg‘onaman, aksincha bo‘lsa “Eh, yana yutqazdik”,
degan so‘zlar bilan ko‘z ochaman.
– YeL yoki Qirollik kubogi turnirining finalida YeChLdagi kabi yirik
mablag‘ yo‘q. Lekin muxlislarning qiziqishi va yuqori bosim talab dara-
jasida. Bunday pallada moliyaviy manfaat beixtiyor unut bo‘ladi. G‘alaba
uchun boringni berishga intilasan.
– Faoliyatimdagi eng og‘ir damlar sifatida “Spartak” yechinish xonasi
ustidan nazoratni yo‘qotganligimni aytgan bo‘lardim. O‘shanda jamoa rus
va xorijliklarga bo‘linib qolgandi. Men ko‘proq ruslar bilan muloqot qil-
ishim kerak ekan.
– “Barselona”ga qarshi “Kamp Nou”da omadim kelmadi. Qaysi jamoa
bilan kelishimdan qat’i nazar, doimo g‘alaba qozonish haqida o‘ylayman.
Zero, doimo aksi bo‘ladi.
– Futbol sustkashlikni yoqtirmaydi. Chunki natija doimo muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |