Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
311
Agradan peshvoz chiqib, Jaloli ko‘li yaqinida kutib olmaganmidi? Charchagan otidan 
tushib, boshqa ot keltirgunlaricha sabri chidamagan Bobur Mohim begimning oldiga 
piyoda kelgan emasmidi? So‘ng suyukli xotinini e’zozlab, uni otdan tushishga 
qo‘ymagan, o‘zi esa Mohim begimning oti yonida uch chaqirimcha joyga piyoda borgan 
edi-ku. Buni ko‘rgan odamlar: «Podshohning o‘z xotinini bu darajada yuksak izzat-ikrom 
bilan kutib olganini umrimizda ko‘rgan emasmiz!» deganlarini Gulbadan o‘z qulog‘i bilan 
eshitgan edi-ku. Hozir bularga nima bo‘ldi? 
Bobur qizchasining hang-mang bo‘lib turganini sezib, tez o‘rnidan turdi, barkashdagi 
uzumdan bir boshini qo‘liga berdi: 
— Ma, qizim, ye!— deb unga muloyim gapirib, eshikdan tashqariga yetaklab chiqdi. — 
Bor, endi bog‘da o‘yna. 
U ko‘z yoshlarini hamon to‘xtatolmayotgan Mohimning qarshisiga qaytib kelib o‘ltirdi va 
hazin tovush bilan dedi: 
— Mohim, siz mendan har qancha ranjisangiz haqqingiz bor. Shariat ruxsat bergani bilan 
har bir musulmon uch xotin olishi shart emas edi... Mendek sayyohtabiat odam... 
umrining yarmidan ko‘pini safarlarda, janglarda o‘tkazishini bila turib, uch xotin olishi... 
kechirilmaydigan bir xatolik bo‘ldi. Bu xotinlarning hech biri men orzu qilgandek baxtiyor 
bo‘lolmaganini... bugun sizga qarab ko‘rib turibmen... Kundoshlik alamlari... Bir-biriga 
o‘gay bolalarning raqobati... Ota-bobolarimizni o‘rtagan bu jahannamlar bizga daxl 
qilmas deb o‘ylagan edim... Yo‘q, mana, hatto sizdek suyukli yorim ham... shu 
jahannam azobidan ko‘zyosh to‘kmoqdasiz. Majruh dilim sizni ko‘rib, battar xastalandi. 
Mohim begim Boburning sarg‘ayib qolgan kasalmand yuziga qaradi-yu, ko‘z yoshini apil-
tapil arta boshladi. 
— Hazratim, mendan ozorlanmang. Men bir munglik ayolmen. Siz podshohsiz. Arzimni 
sizga aytmasam, kimga aytamen? 
— Ha, men podshohmen — butun balo shunda. Neki xatolik, neki gunoh qilgan bo‘lsam, 
hammasining birlamchi sababi mening podshohligimdir. Yoshligimda podshohlik 
zanjiridan qutulib ketmoqchi bo‘ldim. Lekin meni bu zanjirdan xalos qiladigan najotkor 
topilmadi. Endi umidim borki, mening najotkorim Humoyun bo‘lg‘usidir. 
Mohim begim Boburning bu so‘zlariga ishonib-ishonmaganday unga termilib qaradi. 
— Mohim, maktubingizni davom ettiring. Mening nomimdan ham yozing, Humoyun 
Agraga tezroq qaytsin. Ko‘zim tirikligida toju taxtni egallasin. Yozing, men imzo 
chekurmen! 
— Hazratim, Siz Humoyunni toju taxtga bunchalik intiq deb o‘ylamang! Hech unday 
emas! Men faqat o‘g‘limiz yonimizda bo‘lsin demoqchi edim, xolos! 
— Yozing, kelsin!.. Faqat podshoh bo‘lish sharti bilan kelsin. Bu maxfiy gapni hozircha 
boshqa hech kim bilmasin. 
Boburning niyati jiddiyligiga endi ishongan Mohim begim: 
— Siz... Kobulga qaytmoqchimisiz? — deb so‘radi. 
— Mabodo, olamdan ko‘z yumsam, Kobulda dafn etinglar. 
— Nechun bunday deysiz? 
— Sizdan yashiradigan sirim yo‘q, Mohim. Siz Kobulda «fotihlikning qasosi qaytsa yomon 
bo‘lur» degan edingiz. Shu gapingiz rost chiqdi. Podshohligu fotihlik balolari malika 
Bayda bergan zahar shakliga kirib, mening umrimni kemirdi. Agar men ham bor ku-
chimni faqat ilmu ijodga bersam, balki Beruniydek yetmishdan osharmidim? Yoki Alisher 
Navoiydek oltmishga kirarmidim? Biroq mana qirq yetti yoshimda umrimning oxiri 
ko‘rinib qoldi. 
— Niyatni yaxshi qiling, hazratim! Xudo xohlasa, hali umringiz uzoq bo‘lg‘usidir! 
— Ne bo‘lganda ham endi podshohlik bas. Qolgan umrimni ijodga sarflamoqchimen! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish