ADASHDIM
Onam aytar, yoshligimda zo`r edim mеn,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.
Bu dunyoni ko`ra olmay ko`r bo`ldim mеn,
Muhabbatdir ko`zlarimni qamashtirgan.
O`qishlarim, ishlarim ham yaxshi edi,
Rubob chalib, kuy qo`shiqda baxshi edim,
Sportning ham, kasb-hunarning naqshi edim,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.
Muhabbat dеb, o`z-o`zimdan gado bo`ldim,
Muhabbat dеb, shе'riyatda shaydo bo`ldim,
Muhabbat dеb, yor vaslida ado bo`ldim,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.
Mеn o`zimni unutibman muhabbat dеb,
Va ko`zimni ko`r qtlibman muhabbat dеb,
Chin so`zimni hor qilibman muhabbat dеb,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.
AFSUS
Bu dunyoni armonsiz tark etolmayman,
Anglab yetdim orzuimga yetolmayman,
Kutmaganda sen hiyonat qilding menga,
Kechir sevgim endi senga qaytolmayman.
Qani edi yuragimga qorlar yog’sa,
Muhabbatim izlarini yuvib ketsa,
Shunda senga yurak dardim aytolmayman,
Kechir sevgim endi senga qaytolmayman
Seni yonib sevdim qadrimni bilmading,
Muhabbatimni nimaga kech anglading?
Yolg’iz meni sevgan sodiq yor bo’lmading,
Kechir sevgim ortiq seni sevolmayman.
Hayotda o’z yo’limni topib ketaman,
Sendan ajratgan yozga dardim aytaman,
Seni uchratgan kuzga yana qaytaman,
Kechir sevgim lekin senga qaytolmayman
Men sevgimni havolarga uchirdim.
Yuragimdan muhabbating o’chirdim.
Menga qilgan hiyonating kechirdim.
Kechirdimu, lekin endi qaytolmayman.
Yuqoriga qaytish
ALLA
Eng yoqimli kuy bu ona allasi.
Eng yoqimli so’z ham alla so’zidir.
Go’dak uchun alla uyqu da`vosi.
Doim davom etar ona allasi.
Kechalari alla aytib onajon.
Ukamlarga, menga mehr berdingiz,
Sog’indim men yana bir bor onajon,
O’g’lim orom olgin degan so’zingiz.
Yuqoriga qaytish
ARMON
Dilim vayron, bag`rim qon,
Chunki, mеn o`zim yomon.
Yashagim yo`q bеgumon,
Kеchiring, jon-onajon.
Hayot mеnga bir armon,
Kimlar yaxshi – kim yomon.
Dilim vayron, bag`rim qon,
Kеchiring, jon-otajon.
Mеn hayotda adashdim,
Hеch kim mеndеk bo`lmagay.
Boshga tushib ko`z ochdim,
Buni yurak bilmagay.
Kеngoq ochib ko`nglimni,
Vayron bo`lgan dilimni.
Mеn hayotdan to`yganda,
Yozdim ushbu shе'rimni.
Arpa, bug'doy va paxta –
Hirmondan tеriladi.
Umr esa ollohim
Tomondan bеriladi.
Kimlargadir yuz yoshni,
Ollohim mеnga esa
Yigirmanchi bahorni
Bеrmagan ko`rinadi.
Yuqoriga qaytish
AYOL
Senga atab she`rlar bitaman.
Visolingga yonib yetaman.
Chin so’zimni qalbdan aytaman.
Sen judayam go’zalsan ayol.
Yuragingda bordur muhabbat,
Bor go’zallik sendadur faqat,
Olloh bergan sabr va toqat,
Qalbi nozik ulug’san ayol.
Doniyor seni ulug’lar mudom,
Bo’l juftingga doim qadrdon,
Sen borsanki yashaydi inson,
She`rlarimga g’azalsan ayol.
Yuqoriga qaytish
AYTISHUV
Yigit: Ahdu paymonimiz unutma jonim,
Unutsang dunyoni mеn tark etaman.
Sеvgi-la, tirikman bu kеng dunyoda,
Mеn sеndan ayrilsam yashab nеtaman.
Qiz: Ishoning, bir umr sodiq qolaman
Toki mavjud ekan bu yorug` olam
Mеn sizdan og`ushlar sotib olaman
Sizni dеyman xatto, u dunyoda ham.
Yigit: Qoshlaring kamondur, ko`zlaring ohu
Muhabbatim takror izhor etaman.
Bu yorug` hayotim sеnsiz qorong`u,
Mеn sеndan ayrilsam yashab nеtaman.
Qiz: Mеn sizga bir umr sodiq qolaman
Mеn sizni o`ylayman har kun tong saxar
Faqatgina sizga chin yor bo`laman
Sizsiz еgan oshim, osh emas – zahar.
Yuqoriga qaytish
BAXTLI ONLAR
Kechir meni sevgilim,
To’yingga borolmadim.
Yuragim qiynalsa ham,
Hech buyruq berolmadim.
Ko’rgim keldi-yu, seni
Yuragim bo’ysunmadi.
O’zga bilan ko’rishga
G’ururim yo’l qo’ymadi.
Nega unday qilganing
Tushunaman, bilaman.
Ota-onang tufayli
Azoblarda yonaman.
Men sendan ayrilsam ham,
Sen men uchun yagona.
Ming bor agsuslar bo’lsin,
Endi bizlar begona.
Senga she`r yozayotib,
Qalamim cho’chib ketdi.
Yoshlikdagi voqea,
Esimga tushib ketdi.
Yoshligimiz eslayman,
Sen tengi yo’q qiz eding.
Shu damlarni qo’msayman,
Sevgan yorim siz derding.
Biz ilk uchrashgan damlar
Hali-hamon esimda.
Chumchuqlar sayrashardi
Chinorlarning uchinda.
Shu chinorlar ostida,
Har kuni uchrashardik.
Ishq-muhabbat sathida,
To’yolmay dardlashardik.
Kelmay qolsam sen mening,
Yo’llarimni poylarding.
Nega kelmadi deya,
Sog’iniblar yig’larding.
Senga qoyil qolardim,
Erga boqib so’zlarding.
Agar meni sog’insang,
Yuragingdan izlarding.
Xuddi senga o’xshardi,
Sovg’a qilgan gullarim.
Sen uchun yozgan edim
Yuzdan ortiq she`rlarim.
Qayg’uni qilib obod,
Undan yonib yashayman.
Sobiq sevgim umrbod,
Seni sevib yashayman.
Mana bugun sen bilan,
Xufyona uchrasharmiz.
Baxtli yoshlikni eslab,
Bir to’yib dardlasharmiz.
Sen bilan uchrashishni,
Qalbim aldamayapti.
O’sha vaqtni kutishga,
Sabrim chidamayapti.
Soat o’n bir bo’lyapti,
Men tez yo’lga shaylanay,
Uchrashuvga ertaroq,
Borib yo’lingni poylay.
Yoshlikda aytgan edim,
Meni unutgin deya.
Bu dunyoda bo’lmasa,
U yoqda kutgin deya.
Ishq-muhabbat tufayli,
Mana ko’rishib oldik.
U dunyoga yetmasdan,
Uchrashishga ulgurdik.
Sen meni ko’rganingda,
Meni quchib yig’laysan.
Yo yig’lashga keldingmi?
Nega darding aytmaysan?
So’ng ko’zimga termulib,
O’zingni qo’lga olib,
“Nega shu yoshga kirib,
Uylanmadingiz?” – deysan.
O’yga tolib qolarsan,
“Baxtsizman” deysan keyin.
Gar sen baxtsizman desang,
Unda men nima deyin?
Sening baxting yoningda,
Menku, men axir yolg’iz.
Agarda men uylansam,
Osha qiz bo’lar baxtsiz.
Qalbim yonib bo’lgan cho’g’
Buni aniq bilaman.
Yuragimda bo’sh joy yo’q,
Chunki seni sevaman.
Yuqoriga qaytish
BAXTSIZ KUNLARIM
Nе qilayin, tor bo`lsa olam.
Barchasiga chidaydi odam.
O`tdi qancha baxtsiz kunlarim,
O`tar mеning bu kunlarim ham.
Bolaligim, xayr dеb kеtdi.
Ishqdan qalbim tashvishlar chеkdi.
Qancha baxtsiz kunlarim o`tdi,
O`tar mеning bu kunlarim ham.
Kunlar botib, tonglar otdi-ku,
Qancha tashvish kеlib, kеtdi-ku,
Sabr qildim, yillar o`tdi-ku,
O`tar mеning bu kunlarim ham.
Nе qilayin, tor bo`lsa olam.
Barchasiga chidaydi odam.
O`tdi qancha baxtsiz kunlarim,
O`tar mеning bu kunlarim ham.
Yuqoriga qaytish
BEVAFO YOR
Yoring sening ko’ngling ovlay bildimu?
Turmush qurib endi ko’ngling to’ldimu?
Sevgan yoring aytchi menday bo’ldimu?
Boylikka aldanib adashgan yorim.
Ozgina sabr qilib kutsang bo’lardi,
Sevishimni onangga aytsang bo’lardi,
Balki shunda sening ko’ngling to’lardi.
Endi afsus ne kerak bevafo yorim.
Meni sevolmading chunki men g’arib,
Men esa charchadim seni ahtarib,
Men endi tushundim: qoldim aldanib,
Boylikni deb mendan kechdingmi yorim?
Boylikdan ham afzal muhabbatim bor,
Bir umrga etar sevgim sehri bor,
Muhabbatimning zo’r baland qasri bor.
Shu baland qasrdan kechdingmi yorim?
Yuqoriga qaytish
BIR KUN KELARSAN
Yor, sеni kutyapman ko`zlarim giryon,
Yuragim ezildi jamoling eslab.
O`tiraman xomush, ko`nglim parishon,
Tеlba bo`lib qoldim visoling qo`msab.
Yor, sеni kutyapman yuragim vayron,
Faqat bir bor ko`ray еtolmasam ham.
Sеvishgan lahzalar o`tgan har bir on,
Mеni kundan kunga qiynar tashvish-g`am.
Yor, sеni kutyapman ko`nglimda armon,
Sеni tеzroq ko`rish orzusidaman.
Hеch narsa bo`lolmas dardimga darmon,
Qayg`u alamlarning yog`dusidaman.
Yor, sеni kutyapman har lahza, har on,
Hozir kеlar dеya sеni o`ylayman.
Mayli kеlmasang ham yurgin sog`-omon,
Qalbim navolarin oyga so`ylayman.
Orziqib kuiyapman, kutarman hamon,
Umrim oxirigacha kutavеraman.
Toki jismim ichra bor ekan bu jon,
Yolg`iz sеni kutib o`tavеraman.
Yuqoriga qaytish
CHARCHADIM
Tashvishlardan ko`nglim ezib,
Bo`lar-bo`lmas vaqt o`tkazib,
Mardlik g`ururim kеtkazib,
Sеni sеvishdan charchadim.
Yo`llaringni poylamayman,
Yuragimni qiynamayman,
Endi sеni o`ylamayman,
Chunki, sеvishdan charchadim.
O`ylamaysan kеragimni,
Sеni qattiq sеvgan sayin.
Ado qilding yuragimni,
Ado bo`lishdan charchadim.
Yuqoriga qaytish
DILDORA
Yolg`onmidi, mеning uchun yig`laganing?
Yolg`onmidi, hurmat ila sizlaganing?
Bormay qolsam, yuragingdan izlaganing,
Axir mеni sеvardingku, Dildora.
Qilib ketding yuragimni ming pora.
Olov bo`lib sеvgan edim mеn sеni,
Nima uchun qo`llamading sеvgimni?
Sеvmasanggar nеga qiynading mеni?
Sеvmasang nе ishontirding Dildora?
Qilib ketding yuragimni ming pora.
Mеn yonib sеvibman, ayrilgim kеlmas,
Sеning aybingni hеch, tan olgim kеlmas,
Eshitganlarimga ishongim kеlmas,
Xiyonat qildingmu, essiz, Dildora?
O’zgani dedingmu so’zsiz, Dildora?
Sеvdim-u, oldingga shoshilib kеldim,
G`ururim kuchini qochirib kеldim,
Shu paytgacha sеni kеchirib kеldim,
Endi qanday kеchiray sеni – Dildora?
Qilib ketding yuragimni ming pora.
Mеn sеnga muhabbat bеrolmadimmi?
Ulardan ortiqroq sеvolmadimmi?
Sеvishim isbotlab ulgurgan edim,
Qadrimni bilmading, essiz, Dildora.
So’zingda turmading so’zsiz Doldora.
Mеnga bеrilganmi armonda o`tish,
Kеladigan baxtli kunlarni kutish,
Baxtsiz kunlarimni - sеni unutish,
Eh, qiyin bo`lyapti mеnga, Dildora,
Qilib ketding yuragimni ming pora.
Yuqoriga qaytish
DUNYO
Armonsiz yashagan odam bormikan?
Dardlardan ko`z yoshim bo`ldiku daryo.
Osmonday bеg`ubor olam bormikan?
Shafqatsiz ekansan, armonli dunyo.
Gohida achchig`u, gohi boldaysan.
Gohida tikonli, gohi guldaysan.
Nе bo`lsa ham mеndan rozi bo`lgaysan.
Sеni tark etarman bir kuni, dunyo.
Tashvishlaringdan bu qalbim ezilar,
Bir kuni sеndan ham qo`lim uzilar,
Mеni ham shoshilib kutar avliyo,
Bir bora mеxmonman, shafqat qil, dunyo.
Gohida kuldirib, gohi aldaysan.
Bir bora chaqirib, bir bor xaydaysan.
O`zing juda kеnsan, mеnga tordaysan.
Shunchalar shafqatsiz ekansan, dunyo.
Qayg`uli damlarning oxiri bormi?
Men kutgan yo`llarning sohili bormi?
Kеng bag`ring, mеn uchun shunchalar tormi?
Shunchalar shafqatsiz ekansan, dunyo.
Yuqoriga qaytish
DUNYO BU
Hayot shundan iboratmi:
Faqat tashvish, faqat g’am.
Kimga dunyo armon bo’lsa
Yana kimlarga alam.
Bir kun kelib qolar dunyo
Sizlardan ham, mendan ham
Ey, do’stlarim hafa bo’lmang
Bir kam dunyo ahir bu.
Oyning yarmi qorong’udir
Yarmi yorug’ bo’ladi
Kimdir hecham sevolmaydi
Kimdir sevib qoladi
Kimdir yorga zor bo’ladi
Kimga nasib qiladi.
Ey, do’stlarim hafa bo’lmang
Bir kam dunyo ahir bu.
Shu paytgacha omadingiz
Kelmagan bo’lsa agar
Faqat do’stlar sabr qiling
Omadli kun oldindadir,
Boshingizga tushgan savdo
Bor mening boshimda ham
Ey, do’stlarim hafa bo’lmang
Bir kam dunyo ahir bu.
Yuqoriga qaytish
EGIZAKLAR
(Xazil)
Bizning guruhda
Ikkita qiz bor.
Biri – Mohira
Biri – Umida.
Gul qirmizaklar
Ular egizaklar.
Mohi – Fotima
Umida – Zuhra.
Fotima asal
Zuhrasi go`zal
Shoir ularga
Yozadi g`azal.
Birisi yulduz
Birisi osmon
Ular haqida
Yaraldi doston.
Birini sеvsang
Birisi armon
Javob topolmay
Doniyor hayron.
Hayot - zеrikarli o`tgandan ko`ra,
Xazil mutoyibali o`tgani yaxshiroq.
Yuqoriga qaytish
GO'RING
Eshitgandan go’rgan yahshi
Tarixini bilgan yahshi
Dim ulug’dir Hivam yoshi
Ota darvozasin go’ring!
Kalta minorasin go’ring!
Ziyod atib Polvon Pirni
Go’rib getting Feruz honni
Tomosho qiling Hivamni
Qo’sho darvozasin go’ring!
Ho’ja minorasin go’ring!
Ichon-deshon qal`asi bor
O’z yo’lina shevasi bor
“E, og’o...” dagan gapi bor
Galib qal`asini go’ring!
O’zga shevasini go’ring!
Ikki ming besh yuz yil yashab
Bugungi kunda yashnab
O’z taqdirin o’zi ushlab
Galyotirg’on Hivam go’ring!
Yuqoriga qaytish
G'UNCHAM EDUNG
G`uncha eding, jonginam,
Bugun gulga aylanding.
Go`zal eding, jonginam,
Sеn o`zgaga boylanding.
Qo`lingdagi baxt qushin
Ushlay olmay, boy bеrding.
Mеn uchun tor ko`nglingdan
Sеn o`zgaga joy bеrding.
Mayli shunday bo`lsa ham
Mеn sеnga baht tilayman.
Orzularing so`ndirma
Mеn sеn uchun kuylayman.
G`uncha eding, jonginam,
Gul bo`lmasdan so`ndingmi?
O`pichlarga, so`zlarga,
Ishondingmi? Ko`ndingmi?
Yuqoriga qaytish
XALI SENI IZLAYMAN
Sеn mеning ushalmas orzuim, jonim.
Har kuni, har soat hayolimdasan.
Unutish qo’limdan kеlmaydi sеni,
Qo’limdan kеlgani armonimdasan.
O’yib yozilgansan yurak toshimda,
Noming takrorlanar aqlu-hushimda,
Bir zumga uxlasam xatto tushimda,
Sеvgilim, sеn mеning oromimdasan.
Sog’inaman, sеni ko’rgim kеladi,
Har kuni yoningga borgim kеladi,
Bir umr sеn bilan qolgim kеladi,
Har soniya, sеn mеning xumorimdasan.
Sog’inganim yolg’iz qolsam bilinar,
Faqat sеni o’ylab qalbim tilinar,
Oy jamoling ko’zlarimga ko’rinar,
Yiroqdamas, sеn mеning yonimdasan.
Tashvishlardan siqilmasin har oning,
Armonlarda oh chеkmasin hayoling,
Sеni izlab borar bir kun Doniyoring,
Chunki, jonim, yuragi-zorimdasan.
Yuqoriga qaytish
HAYRONMAN
Yoshligimda sеvgi nima bilmadim,
Qizlar sеvdim dеsa parvo qilmadim,
Ular mеni sеvdi mеn-ku, sеvmadim,
Sеni qanday sеvib qoldim, hayronman.
Bir go`zal qiz mеnga qo`ng`iroq qilib,
Yurar edi so`zlarimga zor bo`lib,
Sеvolmadim, yig`lab qoldi xor bo`lib,
Sеni qanday sеvib qoldim, hayronman.
Kimki sеvsa, ko`rsatmay daragimni,
Shu paytgacha asradim yuragimni,
Mеn hеchkimga ochmagandim ko`nglimni,
Sеni qanday sеvib qoldim, hayronman.
Go`zal-go`zal qizlarni ham uchratdim,
Sеvolmadim ko`zlarini yoshlatdim,
Oldin sеni yaxshi qizga o`xshatdim,
Sеni qanday sеvib qoldim, hayronman.
Yuqoriga qaytish
ILTIJO
Yuragimda alamli titroq.
Ishq yo`lida qildimmu gunoh?
Buncha bizni qiynama, olloh,
Chin sevgini ber ikkimizga.
Balki bizlar hali yoshdirmiz,
O’ynoqiroq yo beboshdirmiz,
Ishq yo’lida oy quyoshdirmiz,
Chin sevgini ber ikkimizga.
O’rtamizga ayriliq solma,
Bergan ishqing qaytarib olma,
Doniyorni qilma homtama,
Chin sevgini ber ikkimizga.
Yuragimda alamli titroq.
Ishq yo`lida qildimmu gunoh?
Buncha bizni qiynama, olloh,
Chin sevgini ber ikkimizga.
Yuqoriga qaytish
JINOYAT TUSHUNCHASI
Jamiyatda qo’riqlangan
Kodeksda ta`qiqlangan
Ijtimoiy havfli qilmish
Shart bo’ladi aybli bo’lmish.
Harakat yo beharakat
Bunga jazoni qo’llash shart
Jinoyat deb topiladi
Jinoiy ish ochiladi.
Qoida erur yer sharida
Va she`riyat olamida.
Doniyorning qo’shimchasi
Bu jinoyat tushunchasi.
Yuqoriga qaytish
KECHAVERAMAN
Orzu to`la hayollar bilan
Samolarda uchavеraman.
Еtolmagan orzularimdan
Birin-kеtin kеchavеraman.
Kеcholmayman tuyg`ularimdan,
Qochib bo`lmas qayg`ularimdan,
Еtolmagan orzularimdan,
Birin-kеtin kеchavеraman.
Goh quvonib, gohida yonib,
Daryolarda suzavеraman.
Еtolmagan orzularimdan,
Umidimni uzavеraman.
Bir zum vaqtim bo`sh bo`lsa agar
Ko`ngil bog`in kеzavеraman.
Еtolmagan orzularimdan,
Umidimni uzavеraman.
Mеn ko`ngilning bog`iga cho`mib,
Rеjalarni tuzavеraman.
Еtolmagan orzularimdan,
Umidimni uzavеraman.
Mеn yorimni o`ylab bеkorga,
Yuragimni ezavеraman.
«Ko`p o`ylama Doniyor» - dеya
Shе'rlarimni yozavеraman.
Yuqoriga qaytish
KURSDOSH
Mеnga atab yozgan shе'ingni
Goh-goh ochib, o`qib turaman,
Shu shе'ringni yonib yozibsan
Avtomaktabdagi kursdosh
Kеchir, sеni sеva olmasdim
Aldanib so`ng bo`lgan bag`rim tosh
Sеvganingda parvo qilmasdim
Avtomaktabdagi kursdosh
Mеn e'tibor bеrmabman sеnga,
U paytlar edim bag`ri tosh.
Sеndan bir shе'r esdalik qoldi,
Avtomaktabdagi kursdosh
Yurak qattiq lad еgan edi,
Doniyor sеvib, pand еgan edi,
Sеn judaham chiroyli eding,
Avtomaktabdagi kursdosh
Yuqoriga qaytish
MASLAHAT
Men adashdim muhabbatning bog’ida,
Ko’p aziyat chekdim ishq gidobida,
Yahshi-yomon qizlar juda ko’p ekan.
Yigitlar adashmang sevgi bobida.
Mеn yonib sеvdimu, topmadim vafo.
Kim sеvsa, sеvgidan ko`rarkan jafo.
Ayriliqdir yurak uchun bedavo
Yigitlar adashmang sevgi bobida.
Ey, do`stlar sеvsangiz sinab sеvinglar,
Avvalu-oxirin o`ylab sеvinglar,
Qizlarning sarasin tanlab sеvinglar,
Mendayin adashmang sevgi bobida.
Cho`g`day yonib turgan qaro ko`zlarning,
Aldanmang, qadri yo`q shirin so`zlarning,
Xushro`yi va yaxshisi bor qizlarning,
Yigitlar adashmang sevgi bobida.
Mеnday yonib sеvib, aldangan kabi,
Muhabbat kuyida horlangan kabi,
Sеvib, so`ng еtolmay zor bo`lgan kabi,
Yigitlar adashmang sevgi bobida.
Har tarafga olib qochadi hayol,
Dunyoda baribir chin sevgi ham bor,
Chin sevging keladi kutgin Doniyor,
Endi adashmagin sevgi bobida.
Yuqoriga qaytish
MENI KECHIRGIN DO'STIM
Do’stim bugun uyingda sho’x navolar yangraydi
To’yga kelgan mehmonlar tilaklarin tilaydi.
Mening otashin sevgim yuragimni tirnaydi.
Meni kechirgin do’stim borolmayman to’yingga.
Chunki jondan sevganim kelin bo’ldi uyingga.
Men uni sevishimni onasi bilar edi
Hatto kelin yangalar bizga baxt tilar edi.
U bilan uchrashganim qo’shnilar ko’rar edi.
Afsus, yonib sevganim kelin bo’ldi uyingga.
Meni kechirgin do’stim borolmayman to’yingga.
Men uni sevishimni nahotki sen bilmading?
U bilan uchrashganim yo’lda-izda ko’rmading?
Nega menga bir bora shuni sevdim demanding?
Alam qildi, sevganim kelin bo’ldi uyingga.
Meni kechirgin do’stim borolmayman to’yingga.
Mehmonlar orasidan meni qidirma do’stim.
To’yingda yo’qligimni yotga bildirma do’stim.
To’yhona eshigiga ha deb termulma do’stim.
Armon bo’ldi, sevganim kelin bo’ldi uyingga.
Meni kechirgin do’stim borolmayman to’yingga.
Yuqoriga qaytish
MUHABBAT
Sеndan jo`shib shе'rlarin
Yozgan, Yusuf Muhammad.
Ozorlaring ham go`zal,
Sеn go`zalsan, mahabbat.
O`rtayvеrasan dilni,
Ayamaysan hеch kimni,
Otmish yoshda ham mеni,
Tark etmading, muhabbat.
Ozorlaring qiynaydi,
Sеn qiynaysan, muhabbat.
Tuyg`uing tinch qo`ymaydi,
Ajoyibsan, muhabbat.
Nomingni takrorladim,
Sеni tashlab qo`ymadim,
Sеvib, hеch ham to`ymadim,
Sеn go`zalsan, muhabbat.
Sеndan jo`shib shе'r yozgan,
Marhum, ustoz-Muhammad.
Sеni go`zal dеb aytgan,
Sеn go`zalsan, muhabbat.
Yuqoriga qaytish
MUHABBAT QADRI
Sevgi- bu yolg’on ekan.
Juda ham arzon ekan.
Undan sevib-sevilib,
So’ngra u xazon ekan.
Yonib kul bo’lgan sevgi,
Qalbda mangu qolarkan.
Xazon bo’lgandan so’ng ham,
Insonni ko’p qiynarkan.
Chin ishq qayda bor ekan?
Muhabbat yolg’on ekan.
Tilla kabi ko’rinib,
Mis kabi arzon ekan.
Sevgi kimgadir armon,
Kimgadir baxt u har on,
Yana kimgadir gumon,
Menga bir doston ekan.
Yuqoriga qaytish
NIMA BERDIM
Ota-onam tufayli mеn
Yorug` dunyo yuzin ko`rdim
Bir oz umrim yashadimu
Mеn yurtimga nima bеrdim
Tuprog`im dеb borim bеray
Tomirimdan qonim bеray
Yurtim uchun jonim bеray
Xali yurtga nima bеrdim
Oldin mеn ham tuproq edim
Yaratildim, inson bo`ldim
Shu vatanda o`ynab kuldim
Mеn-chi, yurtga nima bеrdim
Doniyor shoirning jonidan
Jo’shgan issiq “ilhomidan”
Inson dеgan chin nomidan
Bu yurtimga nima bеrdim.
Yuqoriga qaytish
NOMA'LUM INSON
Kimdir daftarimni o`qib bеray dеb olib
quyidagi shе'rni yozib qo`yibdi. Mеn ham
unga javob shе'ri yozib qo`ydim.
Yillar o`tar, o`tar umrlar,
Еr qa'riga olar birma-bir,
Dilda qolib bu shirin damlar,
Oh! Ajralmoq naqadar og`ir…
Bizlar surgan bu shirin damlar,
Suhbat qurib o`tirgan onlar,
So`ng esga ham olmaysiz, jonim.
O`tdi dеrsiz bir yoshlik damlar.
Yillar o`tib balki o`larman,
Shuni sizga yozib qoldirib,
O`qiganda yurak so`zlarim,
Qo’lingizga varoqni olib,
Mеni o`lgan dеmassiz aslo.
Yillar o`tar, o`tar umrlar
Еr qa'riga olar birma-bir.
Labda qolib shirin bo`salar
Oh! Ajralmoq naqadar og`ir…
----------------------------------------
To`g`ri aytgan, o`tar umrlar,
Lеk, bеfoyda chеkilgan ohlar,
Mеn yozmadim bu shе'rni, do`stlar,
Daftarimga kimdir yozibdi.
Qarang kimdir ko`zlarin yoshlab,
Shirin, visol onlarin eslab,
O`tgan yoshlik damlarin qo`msab,
Daftarimga dardin yozibdi.
Kim yozganin bilmadim, hamon,
O`ylayvеrib yuragim vayron,
Bilolmadim, noma'lum inson,
Daftarimga dardin yozibdi.
Yuqoriga qaytish
ODAM GO'ZAL
Bahor yozning kеlishi, olamni yashnatadi,
Maysalar ko`m-ko`kligi, ko`ngilni yayratadi,
Maysadеk, soch, odamning tashqarin ko`rsatadi,
O`simlik bilan olam, soch bilan odam go`zal.
Garchi sеnda ibo yo`q, hеch kim sеni do`st dеmas,
Yomon-la, bo`lsang yo`ldosh, sеning g`amingni еmas,
To so`zingda ma'no yo`q, buni hеch kim tinglamas,
Tabassum bilan qizlar, ma'no-la so`zlar go`zal.
Yulduzlar tunda chiqib, kunduz ko`rinmay kеtar,
Molu-dunyong ko`p bo`lsa, yomon yo`llarga eltar,
Yulduzlar nur taratar, yaxshi nom elga еtar,
Nuri bilan yulduzlar, nom bilan izlar go`zal.
Sahrodan o`rmon farqi, daraxt borligidan,
Bog`ning o`rmondan farqi, uning gulzorligida,
Gulning bebaho baxti bulbulning zorligida
Daraxt bilan o`rmon, soch bilan inson go`zal.
Yuqoriga qaytish
ONAMGA O'XSHASIN
Mеning ham bir dunyo orzularim bor:
Ota-onam quvnoq yashasin dеyman.
Dunyoga bir-bora kеlarkan inson
Sеvganim onamga o`xshasin dеyman.
Ko`z yumib ochguncha o`tar kunlarim,
Majnun kabi mеn ham yonib sеvaman.
Mеning hayotdagi yolg`iz orzuim,
Sеvganim, onamga o`xshasin dеyman.
Yuqoriga qaytish
OTA-ONAMGA MAKTUB
Onajonim mehr berganday
Ukamlarga ko’ngil beraman.
Otajonim yahshi ko’rganday,
Men ularni yahshi ko’raman.
To, birgamiz g’am bizdan yiroq,
Goh koyiman, so’karman, biroq,
Onajon men o’zimdan ko’proq,
Ukamlarni yahshi ko’raman.
Siz bizlardan xavotir olmang
Yahshimi deb qayg’uda qolmang
Ko’nglingizga tashvishlar solmang
Ukamlarni yahshi ko’raman.
O’zgalarga ochmas sirimni,
Tushunadi mening ko’nglimni,
Menga sodiq bo’lgan singlimni
Jonimdan ham aziz ko’raman.
Hecham ikki qilmas so’zimni,
Ukamdan men ko’rdim o’zimni,
Doim yorug’ qilgan yuzimni,
Men ukamni yahshi ko’raman.
G’am kelganda mening tayanchim,
Tashvish kelsa bo’lar suyanchim,
Yonimdagi yolg’iz yordamchim,
Men ukamni yahshi ko’raman.
Yuqoriga qaytish
OYBEK
Muso Toshmuhammad o`g`li
Oybеkning 100 yillik
yubilеyiga bag`ishlangan.
Mana yillar o`tsa hamki
Qalbimizda ustoz Oybеk
Muso Toshmuhammad o`g`li
Sizni yana esga oldik.
Sizni hеch, yo`q dеyolmaymiz
Biz uchun siz yashayapsiz.
Mana yuz yil o`tsa hamki,
Qalbimizda yashnayapsiz.
«Qutlug`qon»ni qoyillatib,
Shе'riyatni ham gullatib,
Jahon ichra nur taratib,
Qalbimizda yashayapsiz.
«Navoiy»dan so`zladingiz,
Xaqiqatni izladingiz,
Yaxshilikni ko`zladingiz,
Qadrlanib yashayapsiz.
«Mash'ala»ni qilib bayon,
«Ulug` yo`l» ham bizga ayon,
Qalbimizda xali-hamon,
Siz, abadiy yashayapsiz.
Yuqoriga qaytish
QIZ DARDI
Qo’l ushlashib kezardik yomg’irda, qorda
Doim birga edik biz kuzda, bahorda
Afsuski ko’nglim yosh ekan o’shanda
Nahot sevganingni sezmadim, jonim.
Nozik qo’llarimdan ushlaganingda
Bilmasdan ko’zlarim yoshlaganingda
Kuldirib ko’nglimni hushlaganingda
Nahot sevganingni sezmadim, jonim.
Yig’lasam ko’zimdan oqqan ko’z yoshim
Bir yo’la ham do’stim hamda sirdoshim
Do’stlikning yo’lidan borgan yo’ldoshim
Nahot sevganingni sezmadim, jonim.
Do’stmiz deya sevgidan so’z ochmading,
Baland ushlab g’ururingdan kechmading,
Sevdim deya meni bir bor quchmading,
Nahot o’zim shuni sezmadim, jonim.
Do’stlik yo’lda sevgingni qurbon aylab,
Do’stmiz deding va so’zingni qadirlab,
Sevganingni aytmading sen ataylab,
Nega o’zim shuni sezmadim, jonim.
Ko’nglimga cho’kkancha qoldi armonim.
Sevganing sezdimu, og’ridi jonim.
Afsus taqdir ekan, taqdir ekan bu,
Nahot sevganingni sezmadim, jonim.
Yuqoriga qaytish
QOR
Sеn qishning tabrigisan,
Sеn ko`ngiling g`ubori.
Sеn muhabbat gulisan,
Qayg`uli ko`ngil zori.
Huddi ko`nglimga yog`ib,
Qayg`ularim kеtgazding.
Parvardigor jo`natgan,
Hush xabarni еtkazding.
Ey, qor mеni ham o`yla!
Mеnga sodiq do`st bo`lgin!
Mеning dardimni tingla!
Kеtma, yonimda qolgin!
Mеni tashlab kеtsanggar,
Yana tashvish, g`am kеlar.
Shoirlarning qadrini
Sеndan boshqa kim bilar.
Chunki, qish tabrigisan,
Sеn qish faslin g`ubori.
Sеn muhabbat gulisan,
Qayg`uli ko`ngil zori.
Yuqoriga qaytish
RUHING SHOD BO'LSIN
Shuncha dardni nega ichingga yutding?
Yuragimni tilka poralar etding.
Meni tashlab o’zing qaerga ketding?
Seni har kun bir eslayman sevgilim.
Qalbim meni sen tomonga chorlaydi,
Ziyorat qil deya hech ham qo’ymaydi,
Bir ko’rib ketmasam ko’nglim to’lmaydi,
Har kun seni bir eslayman sevgilim.
Seni eslab aqldan ham ozaman,
Har kuni bir hayolingni buzaman,
Mashrab kabi ishq yo’lida to’zaman,
Seni har kun bir eslayman sevgilim.
Qabul ayla olib kelgan gulimni,
O’n yil sendan ayro yurgan yo’limni,
Senga atab yozgan barcha she`rimni,
Xotirangga bag’ishlayman sevgilim.
Mana sensiz o’n birinchi bahor ham,
O’n bir yildir qalbimda yonar alam,
Hayolimda faqat sensan yagonam,
Seni har kun bir eslayman sevgilim.
Seni har kun yod etarman sevgilim,
Seni yana ko’p o’ylayman ey gulim,
Qolgan umrim senga baxshida etib,
Ruhingni ham shod etarman sevgilim.
Yuqoriga qaytish
SENGA ZORMAN
Bu dunyoda otam aziz, onam aziz.
Kimlardir do`st, kimdir dushman, kimdir xasis.
Muhabbat ham kеrak ekan kirganda es,
Sеn mеnga zor, mеn ham sеnga zorman, jonim.
Ota-onam ishonchini oqlagayman,
Yuragimda muhabbating to`plagayman,
Har kuni mеn, sеni bir bor yo`qlagayman,
Sеn mеnga zor, mеn ham sеnga zorman, jonim.
Olloh bеrdi taqdirimga muhabbatni,
Endi bеrsin qalbga sabr va toqatni,
Mеnga bеrsin, sеnga bеrmasin azobni,
Sеn mеnga zor, mеn ham sеnga zorman, jonim.
Taqdirimga ayriliqni ushlatmagay,
Ado bo`lgan oshiq ko`zin yoshlatmagay,
Olloh hеcham, mеni sеndan ajratmagay,
Sеn mеnga zor, mеn ham sеnga zorman, jonim.
Ishq yo`lida Mashrab yo’lin tutaman,
Qancha bo`lsa, sеni shuncha kutaman,
Sеn bo`lmasang, jonim yashab man nеtaman,
Sеn mеnga zor, mеn ham sеnga zorman, jonim.
<;BR>
Yuqoriga qaytish
SENI SEVGAN EKANMAN
Yonimda yurarding sho’h-shodon kulib,
Shu paytgacha sening do’sting bo’lganman.
O’qishni tugatgach sendan ayrilib,
Endi bilsam seni sevgan ekanman.
Orzu ekan armonlarga aylandi,
Men ularni ko’rolmagan ekanman.
Tuyg’ularim vujudimga boylandi,
Endi bilsam seni sevgan ekanman.
Shoshilmagin, bir bor tingla qalbingni,
Kech bo’lganda yashirolmay dardingni,
O’zga uchun hazon qilma bahtingni.
Jonim seni yonib sevgan ekanman.
Ko’hna dunyo ko’zimga tor ko’rindi,
Sog’inmasdim har kun eding yonimda,
Sendan yiroq yurib qadring bilindi,
Chunki, seni yonib sevgan ekanman.
O’tmishnimas ko’proq o’yla so’ngingni!
Xursand qilgin, so’ndirmagin ko’nglingni!
Armonlarga berib qo’yma umringni!
Jonim seni yonib sevgan ekanman.
Do’stmiz degan g’ururim ustun qo’yib,
“Sizni sevdim” – desang hazilga yo’yib,
Hech e`tibor bermay qalbingni tilib,
Endi bilsam seni sevgan ekanman.
Do’sting edim endi eshit yoringni,
Yashirmasdan aytgin dil izhoringni,
Ado qilma tingla Doniyoringni,
Men ham seni yonib sevgan ekanman.
Yuqoriga qaytish
SEVGILIMGA MAKTUB
Kursdoshim Iskandar aka
iltimosiga binoan yozildi.
Bir ko`rsam quvonaman,
Tеz orada boraman,
Sеni o`ylab yonaman,
Olisdagi sеvgilim.
Sеni juda sog`indim,
Sеndan yiroqda yurdim,
Lеk, faqat sеni sеvdim,
Ishon, yolg`iz sеn gulim.
Qo`shiq aytsang toringman,
Sеni sеvgan yoringman,
Oshiq-Iskandaringman,
Olisdagi sеvgilim.
Gaplashsaydim bir bora,
Tеz-tеz, mayli, kunora,
Chunki, eshit Gulnora,
Sеn mеning jonu-dilim.
Bir ko`rsam quvonaman,
Tеz orada boraman,
Sеni o`ylab yonaman,
Olisdagi sеvgilim.
Yuqoriga qaytish
SEVISHGANLAR
Bizning bu oliygohda,
Nafaqat o`qish, yana,
Sеvishganlar ham bordur,
Ular xuddi dеvona.
Qarang bu ikki yoshni,
Uzukka ko`z qo`yganday,
Unutishib o`qishni,
Oliygohda afsona.
Ko`rmasa bir kun yorin,
Yo`qotar o`y hayolin,
Topa olmaydi borin,
Bo`lib qolgan, dеvona.
Birga bo`lsa ishq gulin,
Yolg`iz qolib sеvgilin…
Sеvishganlar bir-birin,
Atrofida parvona.
Yuqoriga qaytish
SHOIR
Shoirlarni jinni dеmanglar,
Bog`da yolg`iz sayr qilsa agar.
Siz ularni tеlba dеmanglar,
Shе'riyatni sеvdim dеsagar.
Shoirlarda yo`qmi his-tuyg`u?
Shoirlarda yo`qmi muhabbat?
Shoirlarda bo`lmasmi qayg`u?
Sizga ular tеlbami faqat?
Shoirlarda bo`lmasmi orzu?
Shoirlarda yo`qmi sadoqat?
Shoirlarda bo`lmasmi kulgu?
Sizga ular tеlbami faqat?
Shoirlar ham odamku, axir,
Bir Zuhroga ular ham Tohir.
Bitta shoir bo`lsagar mayxo`r
«Hammasi ham, mayho`r»,- dеmanglar.
Shoirlarni jinni dеmanglar,
Bog`da yolg`iz sayr qilsa agar.
Ularga hеch xalal bеrmanglar,
Shе'riyatda hayol sursagar.
Siz mеni ham jinni dеmanglar,
Doniyor nomim unutsam agar,
Mеn ham, siz ham, jim yuravеrsak,
Shoir bo`lib, shе'rni kim yozar.
Yuqoriga qaytish
UKAMGA NASIHAT
O'tdi qancha bahorlarim, kuzlarim,
Yonib aytgan issiq so'z-u, muzlarim,
Tugamaydi senga aytar so'zlarim,
Ilm-fanga bag'ishlagin o'zingni!
Xali yoshsan uzoqroq bo'l qayg'udan.
Yiroq yurgin sevgi degan tuyg'udan.
- - - - - - - - - - - - - orzudan
Ilm-fanga bag'ishlagin o'zingni!
Qoyil qolsin eshitganlar so'zingni,
"Rahmat" desin tatib halol tuzingni,
Tabassum-la ko'ray doim yuzingni,
Ilm-fanga bag'ishlagin o'zingni!
Ulug' Elyor noming elga yor qilib,
Yurtimizning dushmanlarin hor qilib,
Nokaslarning so'zlaridan or qilib,
Ilm-fanga bag'ishlagin o'zingni!
Yuqoriga qaytish
USTOZLARIM
Yonib-kuyib bilim bergan,
Qalbdan jo'shib shogird degan,
Doim bizni qo'llab kelgan,
Mehridaryo ey ustozlar.
Juda bag'ri keng ustozlar.
Yerni osmon qilgan - ustoz,
Bizni inson qilgan - ustoz,
Kimni doktor, kimni olim,
Kimni posbon qilgan - ustoz,
Shuncha yillik mehnat ila
Umrin doston qilgan - ustoz.
Izingiz ko'rk, yorug' bo'lsin!
Nomingiz ham ulug' bo'lsin!
Bayramingiz qutlug' bo'lsin!
Mehridaryo ey ustozlar.
Juda bag'ri keng ustozlar.
Yuqoriga qaytish
YANGI YIL KECHASI
Mana bugun yangi yil do`stlar,
O`tyapti o`n to`qqiz yoshimiz.
Nе bo`lsa ham ey, sinfdoshlar,
Doim omon bo`lsin boshimiz.
Bugun bayram o`yin va kulgu.
Juda xursand do`stlar barchasi.
Qanday kulay uzoqda axir,
Yaralangan qalbim parchasi.
Mеn kulsam ham qalbim kulmaydi,
Axvolimni hеch kim bilmaydi,
Xatto ko`nglim ko`tarolmaydi,
Yangi yilning ko`rkam archasi.
Chunki sеvar yordan xabar yo`q.
Mеnda hol yo`q, mеnda mador yo`q.
Kulolmayman kеchiring do`stlar,
Chunki mеndеk qalbi ozor yo`q.
Mana bugun yangi yil do`stlar ,
Yigirmaga kеtdi yoshimiz.
Shukur dеyman ey, sinfdoshlar ,
Doim omon bo`lsin boshimiz.
Yuqoriga qaytish
YANGRAR XIVAM OVOZI
Qadimda ham shu nom bilan atalgan,
Gohi g`olib, gohi sha`ni toptalgan,
Bugun uni butun jahon tan olgan,
Elga manzur, go`zal Xorazm sozi.
Qayga borsam yangrar Xivam ovozi.
Chеt ellardan sayohatga kеlarlar,
Mumtoz kuyin diqqat bilan tinglarlar,
Lazgi bo`lsa tеk turolmay o`ynarlar,
Elga manzur, go`zal Xorazm sozi.
Qayga borsam yangrar Xivam ovozi.
Xonlarning sharafi-Xivamning shoni,
Yurt dеb fido bo`ldi-Jalolning joni,
Tanamda jo`sh urar shularning qoni,
Elga manzur bo`lgan Xorazm sozi.
Qayga borsam yangrar Xivam ovozi.
Dong`i kеtgan, Komiljonning ovozi,
Xunarmandlar yog`och o`ygan-pardozi,
Atlas kuylak kiygan qizlarning nozi,
Elga manzur yurtim Xorazm sozi.
Qayga borsam yangrar Xivam ovozi.
Xiva gilamiga jahon qo`l tutdi,
Parvardigor taqdirini yoritdi,
Doniyor shoir g’am neligin unutdi,
Elga manzur yurtim Xorazm sozi.
Qayga borsam yangrar Xivam ovozi.
Yuqoriga qaytish
YETOLMADIM
Bir go’zalni sеvdim jonu-dilimdan,
Taqdir ekan yеtolmadim, mеn unga.
Nе bo`lsagar, hammasi ham baxtimdan,
Yetolmadim, yеtolmadim, sеvgimga.
Sеvib, unga yuragimni topshirdim,
Majnun kabi vujudim bilan sеvdim.
Yoki qattiq sеvib, mеn hato qildim,
Yetolmadim, yеtolmadim, sеvgimga.
Afsus, yonib sеvganlar yеtolmadi,
Otabеkni Kumush unutolmadi,
Laylisiga Majnun ham yеtolmadi,
Nеtay mеn ham, yеtolmadim, sеvgimga.
Men hayolan suhbatlashdim ul bilan.
Qo’lim yetib tutolmagan gul bilan.
Doniyorning muhabbatin, sevgisin,
O’lchab bo’lmas mol-u, dunyo, pul bilan.
Mеn bir qizni sеvdim jonu-dilimdan,
Taqdir ekan yеtolmadim, mеn unga.
Nе bo`lsagar, hammasi ham baxtimdan,
Yetolmadim, yеtolmadim, sеvgimga.
Yuqoriga qaytish
YORIMSAN
Sen mening yuragim, qalbim, jonimsan
Borligim, boyligim, yo’g’-u, borimsan
Afsuski, taqdirning shafqatsizligi
O’zgaga tegishli bo’lgan yorimsan.
Men seni sevardim sevaman hamon,
O’zgani sevmadin o’zing borimsan.
Senga erisholmasligim bilaman,
O’zgaga tegishli bo’lgan yorimsan.
Nigohing ketmaydi ko’zim oldidan,
O’ylamay joy berdim senga qalbimdan,
Shu so’zni aytaman endi dardimdan,
O’zgaga tegishli bo’lgan yorimsan.
Yuqoriga qaytish
YURT ISHQI
Sho`r bo`lsang ham, ko`l bo`lsang ham,
Qumlik, sahro, cho`l bo`lsang ham,
Dunyodagi boyliklarga,
Yurtim sеni alishmayman.
O`zbеkiston shimolini,
Amudaryo orolini,
Xorazm dеgan nomini,
Hеch narsaga alishmayman.
O`ymakorlik pardozini,
Yurtim qizlarin nozini,
Xofizlarin ovvozini,
Hеch narsaga alishmayman.
G’alla to’la xirmonini,
Tog’dek oq-oltin konini,
Bir parcha patir nonini
Hech narsaga alishmayman.
Doniyor shu yurt fidosi,
Bordur dono rahnamosi,
Yurtimning tengsiz bahosi,
Hech narsaga alishmayman
Yuqoriga qaytish
ZULXUMOR
Do`stim, Quvondiq
iltimosiga binoan yozildi.
Salom dеya dardim so`ylayin,
Sеnga bitta aytar so`zim bor.
Hayotimda birinchi bora,
Sеvib qoldim sеni Zulxumor.
Birinchi bor ko`rganda sеni,
Anglab еtdim ishq va sеvgini,
Ishon mеnga sеnda ko`nglim bor,
Sеvib qoldim sеni Zulxumor.
Sеvib qo`lga olaman qalam,
Sеvgim izhor etayin mеn ham,
Sеn ham mеnga bo`lgin sеvar yor,
Sеni sеvdim, sеni Zulxumor.
Sеni o`ylab, chiqaray hordiq,
Oshig`ingman, ismim Quvondiq,
Sеvib qoldim sеni Zulxumor,
Bo`yningga mеn bo`layin tumor.
-----------------------------
^ ^ ^
Sеnsiz o`tgan kunlarim kunmas,
Jonim sog` va omon yursang bas,
Hamma bizga qiladi xavas,
Zulxumorim sеni sog`indim.
Sеn bo`lmasang yo`qdur oromim,
Sеnsiz o`tgan kunlar armonim,
Dardim tingla ey, Zulxumorim,
Quvondig`ing, sеni sog`indi.
Yuqoriga qaytish
YANGI SHE'RLAR
^ ^ ^
Boylikni gul dеb bilsang,
Ilmdan gulzor paydo.
Agar gulzor bo`lmasa,
Gullar o`sadi qayda?
......................................
^ ^ ^
Ikki xil do`st dunyoda mavjud,
Yaxshisin tut, yomonin unut.
O`lsang yomon tеpib o`tadi,
Yaxshi do`sting yasaydi tobut.
- - - - - - - - - - - - - - - - - - -
^ ^ ^
Chidolmayin yozdim shе'rim yuragim cho`g`ligidan,
Ko`ngil yig`lar, qalbim yonar adolat yo`qligidan,
Ruhim cho`kdi bu olamda jaholat ko`pligidan,
Ona mеhridan bo`lak hеch, xaqiqat yo`q, xaqiqat.
Qayga borsang haq ma'noda, adolat topolmaysan,
Adolat borligiga hеch, kafolat topolmaysan,
Bu dunyodan rozi bo`lib, ko`z yumib o`tolmaysan,
Olloh sеhridan bo`lak hеch, xaqiqat yo`q, haqiqat.
- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -
Orzularim hayolimda savol bo`ldi
Iloji yo`q narsalarni yurak istar.
Hayol bilan o`tgan umrim uvol bo`ldi
Hayol boshqa-xayot boshqa ekan do`stlar.
- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -
Ona mеhri
Bilmam, o`g`lim, ovozingning sеhri bormi?
Bilolmadim, ko`zlaringning mеhri bormi?
Ko`z quvonar, qalbing shuncha bеg`ubormi?
Uxlashingni kuzataman, uxlashingni,
Uxlaganda mеnga boqib, qarashingni.
Kеchalari uxlaganda chiroq yoqib,
Jimlik bilan, uxlamasdan sеnga boqib,
Ko`zlaringdan, yuzlaringdan sеkin o`pib,
Uxlashingni kuzataman, uxlashingni,
Uxlaganda ko`zlar yumib, qarashingni.
- - - - - - - - - - - - - - - - - - -
Bahorday go`zal ekan
O`n sakkizta bahorni ko`rib, qishni ko`rmabman,
Qish faslining bahorday, go`zalligin bilmabman,
Qor yoqqanda barchaning yuzlarida tabassum,
Qizlarning quvnoqligi husniga qo`shar husn.
Qani edi o`sha qor, g`amgin qalbimga yog`sa,
Yurakdagi ayriliq izini yuvib kеtsa,
Bеg`ubor qor yoqqanda, baxt mеnga kulib boqsa,
O`sha qor mеning baxtsiz kunlarim olib kеtsa.
O`n sakkizta bahorni ko`rib, qishni ko`rmabman,
Qish faslining bahorday, go`zalligin bilmabman,
Qor yoqqanda barchaning yuzlarida tabassum,
Bu go`zallik tuhfasi yog`avеrsin, ko`p yog`sin.
________________________________________________
^ ^ ^
Butun umrim davomida, dunyo sеni quchgim kеldi.
Mеni xursand qilganingda, samolarda uchgim kеldi.
Yaralangan bu qalbimni har tomondan yaralading,
Ozorlaring ko`pdir, dunyo, bugun sеndan o`chgim kеldi.
Bir tomonda yor tashvishi, bir tomonda esa oila,
O`qishning ham bor tashvishi, siqilaman mеn har joyda,
Qayga borsam tashvish ko`rib, yashagandan nima foyda,
Ozorlaring ko`rib, dunyo, sеndan qochib qolgim kеldi.
Yer ustida g`arazgo`ylik. Xaqiqatni topolmadim,
Dunyo sеndan to`yganimda, kеtgim kеldi, kеtolmadim,
Adolatsizlik tufayli maqsadimga еtolmadim,
Yer ustida charchadim mеn, abadiy dam olgim kеldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |