MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI
34
3.11-rasm. Kombinatsiyalashgan usulda suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish
uchun qurilma sxemasi:
1,2 – sovutgichlar; 3 – quvurli kompressor dvigateli; 4 – reduktor; 5 – nitroza gazlari
quvurli kompressori; 6 – chiqindi gazlarini kengaytirish uchun quvur; 7 – oksidlash
minorasi; 8 – issiqlik almashtirgich; 9 – sovutgich-kondensator; 10 – absorbsiya
minorasi; 11,12 – nitrat kislota yig‘gichi.
Turli xil usullarda nitrat kislota ishlab chiqarish bo‘yicha solishtirma
ma’lumotlar 3.3-jadvalda keltirilgan.
3.3-jadval
Nitrat kislota ishlab chiqarishning turli xil usullarini solishtirish
Ko‘rsatkichlar
Qurilma uchun 1 t HNO
3
hisobiga sarf
koeffitsentlari
atmosfera
bosimida
yuqori
bosimda
kombinatsiya-
lashgan
Ammiak, t .........................................
0,29-0,30
0,29-0,295
0,29
Elektr energiyasi, kvt∙soat ................
70-90
340-500
230
Bug‘ (12 atm), kkal ..........................
13∙10
6
13∙10
6
-
Platina, g ...........................................
0,048-0,05
0,15-0,2
0,049
Shunday qilib, yuqori bosim ostida ishlaydigan nitrat kislota ishlab chiqarish
tizimi kam kapital xarajatlar hisobiga yuqori ekspluatatsiya (elektr energiyasi, platina)
sarfiga ega bo‘ladi. Kombinatsiyalashgan sxemada yuqori bosim (kam kapital
xarajatlar) va atmosfera bosimidagi (platina va elektr energiyasi sarfini kamaytirish)
yutuqlar uyg‘unlashtiriladi.
MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI
35
10. Konsentrlangan nitrat kislota olish.
Ayrim ishlab chiqarishlarda suyultirilgan nitrat kislota emas, balki tarkibida
96%dan yuqori HNO
3
bo‘lgan konsentrlangan kislota talab etiladi. Bunday
konsentratsiyali nitrat kislota suyultirilgan nitrat kislotani konsentrlash yoki
to‘g‘ridan-to‘g‘ri sintez yo‘li bilan olinadi.
Suyultirilgan nitrat kislotani konsentrlash. Konsentrlangan nitrat kislota olish
uchun suyultirilgan HNO
3
sulfat kislota ishtirokida bug‘latiladi.
Maksimal qaynash harorati HNO
3
ning 68,4% miqdoriga to‘g‘ri keladi (3.12-
rasmga qarang). Bu nuqtada bug‘ning tarkibi suyuq faza tarkibi bilan bir xil bo‘ladi
(azeotrop aralashma) va shundan keyingi haydash orqali nitrat kislota
konsentratsiyasini oshirish mumkin emas. Konsentrlangan (68% dan yuqori) nitrat
kislota olish uchun suyultirilgan nitrat kislotani haydash odatda suv tortuvchi muhit –
konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida o‘tkaziladi. Konsentrlangan sulfat kislota
suyultirilgan nitrat kislota tarkibidagi suvni bog‘lab, 100% li HNO
3
qaynash
haroratidan yuqori haroratda qaynaydigan sulfat kislota gidratlarini hosil qiladi.
Bunday aralashmani bug‘latishda bug‘da deyarli nitrat kislota bo‘lmaydigan sharoitni
tanlash mumkin.
3.12-rasmda H
2
O-HNO
3
-H
2
SO
4
uchlamchi aralashma diagrammasi keltirilgan
bo‘lib, unda doimiy tarkibdagi bug‘ni ifodalaydigan egri chiziqlar keltirilgan.
Suyuqlikda nitrat kislota konsentratsiyasi saqlangan holda uchlamchi aralashmada
sulfat kislota miqdori ortishi bilan bug‘dagi HNO
3
konsentratsiyasi ortadi, suv esa
kamayadi.
3.12-rasm. Uchlamchi aralashma bug‘lari tarkibi.
Suyultirilgan nitrat kislotani konsentrlangan sulfat kislota (92-94% li H
2
SO
4
)
bilan haydash tarelkali barbotaj minoralarida yoki halqali to‘ldirgichli minoralarda
amalga oshiriladi. Minoralarni tayyorlash uchun materiallar sifatida tarkibida 14-18%
Do'stlaringiz bilan baham: |