MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI
29
bu yerda:
k
1
– (NO)
2
oksidlanish reaksiyaning tezlik konstantasi;
– azot(II)-
oksid dimerining parsial bosimi;
– kislorodning parsial bosimi. Shunday qilib,
azot(II)-oksidning azot(IV)-oksidga oksidlanish tezligining kamayishini harorat
oshirilganda dimer konsentratsiyasining keskin kamayishi bilan izohlanadi.
Atmosfera bosimi ostida ishlaydigan qurilmalarda azot(II)-oksid taxminan 92%
gacha oksidlanadi, chunki to‘la oksidlash uchun ko‘p vaqt va katta hajmdagi jihozlar
kerak bo‘ladi.
Bosimning oshirilishi gazning ikkinchi va ayniqsa uchinchi tartibli
reaksiyalarini anchagina darajada tezlashtiradi. Bosim 10 marta oshirilganda reaksiya
tezligi NO parsial bosimi hisobiga 100 marta va yana O
2
parsial bosimi hisobiga 10
marta oshadi. Shunday qilib, 10 atm bosim qo‘llash orqali atmosfera bosimiga
nisbatan oksidlanish vaqti va jihoz hajmini 1000 marta kamaytirish mumkin. Shuning
uchun bosim 10 atm gacha oshirilgan qurilmalarda azot(II)-oksidni amalda to‘la
azot(IV)-oksidgacha oksidlanadi va uning 98-99% miqdori to‘g‘ridan-to‘g‘ri nitrat
kislotaga qayta ishlanadi.
Ko‘pgina moddalar, masalan, yog‘och ko‘miri, silikagel va boshqalar NO ning
NO
2
ga oksidlanish jarayonini tezlashtiradi, ya’ni mazkur reaksiya uchun
katalizatorlar hisoblanadi, ammo suv bug‘ining zaharlovchilik ta’sirida bu
katalizatorlardan amalda foydalanish qiyinchiliklar tug‘diradi.
Azot(IV)-oksidi dimer (NO
2
)
2
hosil qilib assotsilanishi mumkin:
2NO
2
⇄
N
2
O
4
+ 57 kj
Bu reaksiya tezligi juda katta va muvozanat sharoiti orqali NO
2
:N
2
O
4
nisbatni
amalda belgilanadi. 0
O
C haroratda NO
2
ning assotsilanish darajasi 71% ni tashkil
etadi. Bosim oshirilganda muvozanat dimer hosil bo‘lishi tomonga siljiydi.
Azot(IV)-oksid nitrit angidrid hosil qilish orqali azot(II)-oksid bilan
ta’sirlashishi mumkin:
NO + NO
2
⇄
N
2
O
3
+ 40,2 kj
Bu reaksiya muvozanati amalda bir zumda o‘rnatiladi. Bosim oshirilishi va
haroratning pasaytirilishi muvozanatni o‘ngga siljitadi. Amaliy sharoitda ammiak
oksidlanishidan olinadigan nitroza gazlari tarkibida N
2
O
3
miqdori ko‘p bo‘lmaydi.
Oksidlanish reaksiyasi va oksidlarning assotsilanishi natijasida nitroza gazlari
aralashmasi hosil bo‘ladi, uning tarkibida havo bilan kiradigan azot va kisloroddan
tashqari NO
2
, N
2
O
4
, N
2
O
3
, NO, N
2
O va H
2
O bo‘ladi. Turli xil azot oksidlarining
nisbati sharoitga bog‘liq holda tez o‘zgarib turadi, lekin atmosfera bosimidagi suvli
absorbsiya jarayonida asosiy komponent NO
2
hisoblanadi.
Azot(IV)-oksidni suv bilan absorbsiyalash
. Azot(IV)-oksidni suv bilan
absorbsiyalash nitrat kislota ishlab chiqarishning oxirgi bosqichi hisoblanadi.
Azot(IV)-oksid va uning dimeri suv bilan quyidagi reaksiya bo‘yicha ta’sirlashadi:
2NO
2
+ H
2
O → HNO
3
+ HNO
2
+ 116 kj
N
2
O
4
+ H
2
O → HNO
3
+ HNO
2
+ 59 kj
Do'stlaringiz bilan baham: |