MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI 30
Hosil bo‘lgan nitrit kislota beqaror bo‘lib, tez parchalanadi:
3HNO
2
→ HNO
3
+ 2NO + H
2
O – 75,8 kj
Jarayonning umumiy tenglamasi:
3NO
2
+ H
2
O → 2HNO
3
+ NO + 136,1 kj bo‘ladi.
Nitrit angidrid suv bilan ta’sirlashib nitrit kislota hosil qiladi. Azot(II)-oksid va
azot(I)-oksid suvda amalda erimaydi.
NO
2
absorbsiyasi sodir bo‘lish davomida hosil bo‘ladigan nitrat kislotasi
konsentratsiyasi ortib boradi. Bunda nitrat kislota ustidagi azot oksidlari bug‘ bosimi
ortadi, bu esa jarayon harakatlantiruvchi kuchini kamaytiradi va shunday qilib,
azot(IV)-oksidning nitrat kislotaga aylanishi sekinlashadi. Harorat pasaytirilganda
azot(IV)-oksidning yutilish tezligi ortadi, bunda azot(II)-oksidning oksidlanish tezligi
ham ortadi. Lekin harorat pasaytirilganda NO
2
ning kislotada eruvchanligi ortsada, u
suv bilan ta’sirlashmaydi. Shuning uchun nitroza gazlarini nitrat kislotaga qayta
ishlash, odatda, 20-30
O
C haroratda o‘tkaziladi.
Ammiak-havo aralashmasi (10-12% NH
3
) ishlatilishi bilan bosim ostida
ishlaydigan tizimlarda nitroza gazlarini qayta ishlash orqali 48-50% li nitrat
kislotaning suyultirilgan eritmasi olinadi. Bosimning 10 atm ga oshirilishi tarkibida
60-62% HNO
3
bo‘lgan nitrat kislota olish imkoniyatini yaratadi.
Nitrat kislota ishlab chiqarishda kislorod bilan boyitilgan havo ishlatish ko‘p
miqdorda azot(II)-oksid tutgan nitroza gazlari olishni ta’minlaydi va NO ning NO
2
ga
oksidlanish reaksiyasi tezligini oshiradi.
Suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish sxemasi . Suyultirilgan nitrat kislota
ishlab chiqarish qurilmalari bosim ishlatilishiga bog‘liq holda klassifikatsiyalanadi: 1)
atmosfera bosimi ostida ishlaydigan qurilmalar; 2) yuqori bosim ostida ishlaydigan
qurilmalar; 3) kombinatsiyalashgan qurilmalar, bunda ammiakni oksidlash atmosfera
bosimida, NO ni oksidlash va NO
2
suv bilan absorbsiyasi esa yuqori bosimda amalga
oshiriladi.
Atmosfera bosimi ostida ishlaydigan suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish
sxemasi 3.9-rasmda ko‘rsatilgan.
Qurilmaga havo korxona maydoni tashqarisidan keladigan tashqi quvur 1 orqali
kiradi. Havoni mexanik va kimyoviy qo‘shimchalardan tozalash uchun elakli ko‘pikli
yuvgich 2 va karton filtr 3 o‘rnatiladi. Ammiak mexanik qo‘shimchalar va moydan
koksli filtr 5 va karton filtr 6 da tozalanadi. Havo, ammiak va qo‘shimcha kislorodni
uzatish ammiak-havo ventilyatori 4 yordamida shunday hisobda amalga oshiriladiki,
bunda gaz aralashmasi tarkibida 10-12% NH
3
bo‘lishi kerak. So‘ngra gazlar
aralashmasi porolit filtr 7 orqali o‘tadi, unda g‘ovak sopol bilan filtrlab tozalanadi
hamda kontakt jihozi 8 ning (3.9-rasm) yuqori qismiga beriladi. Kontakt jihozidan
chiqishda nitroza gazlarining harorati odatda 800
O
C atrofida ushlab turiladi.
Yuttirgich-qozon 9 da gazlar issiqligidan suv bug‘i ishlab chiqarishda foydalaniladi va
gazlar harorati 250
O
C gacha pasaytiriladi. So‘ngra gazlar suv bilan sovutgich 10 va 11