MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI 33
kelib tushadi. Nitroza gazlari kondensator 13 dan absorbsiya minorasi 15 ning quyi
qismiga yuboriladi va unda pastdan yuqoriga qarab o‘tadi. Absorbsiya minorasining
yuqorisidan kondensat beriladi, hosil bo‘ladigan 60-62% HNO
3
konsentratsiyali nitrat
kislota esa minoraning pastki qismidan chiqariladi. Nitrat kislota hosil bo‘lishida
kolonnada ajraladigan issiqlikni chiqarib olish uchun minora tarelkalariga sovuq suv
aylanadigan aylana quvurli sovutgichlar joylashtirilgan bo‘ladi.
Absorbsiya minoralaridan chiqadigan gazlar (chiqindi gazlar) tarkibida 0,15%
gacha azot oksidlari (NO va NO
2
) bo‘ladi. Bu gazlar qizdirgich 7 ga, u yerda
yuttirgich qozondan olinadigan bug‘ bilan qizdiriladi, so‘ngra ular bosimidan
foydalanish uchun kengayish trubinalari 3 ga yuboriladi. Bu esa havoni siqish uchun
sarflanadigan 40% gacha energiyani tejash imkonini beradi. Minora 15 dan
chiqadigan gazlarni qizdirish uchun yuttirgich qozondan keyingi nitroza gazlarini
bug‘ bilan birgalikda ishlatish mumkin.
Tizimning asosiy jihozlari (kondensator, absorbsiya minoralari va boshqalar)
xrom-nikelli po‘latdan tayyorlanadi. Absorbsiya minorasi konstruksiyasi qalpoqli
yoki teshikli (elakli) barbotaj tarelkali tayyorlanadi.
Yuqori bosim ostida ishlaydigan qurilmalar atmosfera bosimi ostida
ishlaydigan qurilmalar bilan taqqoslanganda bir qator afzalliklarga ega bo‘ladi: 1)
azot oksidlarini nitrat kislotaga qayta ishlash 98-99% gacha, kislota konsentratsiyasi
esa 60-62% gacha ortadi. Ishqoriy absorbsiyaning zarurati bo‘lmaydi; 2) absorbsiya
minoralarining hajmi atmosfera bosimi ostida ishlaydigan to‘ldirgichli tizim
minoralariga nisbatan o‘n martalab kichik bo‘ladi; 3) jihozlarni maxsus po‘latdan
tayyorlash sarfi va qurilmani barpo etish kapital xarajatlari kamayadi.
Qimmatbaho platina katalizatori yo‘qotilishining ko‘payishi va bosimni
oshirilishi hisobiga energiya sarfining ortishi bu usulning asosiy kamchiligi
hisoblanadi.
Nitrat kislota ishlab chiqarishning kombinatsiyalashgan usulida ammiakni
oksidlash atmosfera bosimi ostida, azot(II)-oksidni oksidlash va azot oksidlarini
suvga yuttirish jarayonlari esa bosim ostida ishlaydigan qurilmalarda amalga
oshiriladi (3.11-rasm).
Nitroza gazlari birin-ketin ikkita sovutgichda sovutiladi va quvurli kompressor
bilan 3,5 atm bosimgacha siqiladi, bunda ular 120-130
O
C haroratgacha qiziydi. NO
oksidlanish reaksiyasi issiqligi hisobiga oksidlagichda gazlar harorati 200-220
O
C
gacha ortadi. Nitroza gazlari oksidlagichdan so‘ng dastlab issiqlik almashtirgichda
chiqindi gazlari bilan, so‘ngra sovutgich-kondensatorda suv bilan sovutiladi.
3,5 atm bosim ostida nitroza gazlarini nitrat kislotaga qayta ishlash tarelkali
absorbsiya minoralarida o‘tkaziladi. Chiqindi gazlari energiya rekuperatsiyasi uchun
quvurli kompressor elektromotori bilan bir valga biriktirilgan kengaytirish quvuriga
yuboriladi.