137
XIII BOB. TUPROQNING KIMYOVIY ANALIZIDA BO‘LISHI
MUMKIN BO‘LGAN XATOLAR
Tayanch iboralar
Nisbiy xatolik, tasodifiy xatolar, qo‘pol xatolar, tizimli xatolar
Moddalarning tozaligi va ularning agrokimyoviy tahlil natijalariga
ta’siri
Tahlilning aniqligi ko‘p jihatdan analitikning mahorati va o‘lchov
asboblarining sifatiga bog‘liqdir. Odatda, bir paytning o‘zida
tarkib
jihatidan farqlanuvchi namunalar tahlil qilinishi bois, bir tomondan,
olinadigan
natijalarning yaqinligiga, ikkinchi tomondan, ularning
selektivligi, ya’ni muayyan elementni boshqa
elementlar fonida aniqlash
imkoniyatiga alohida e’ tibor beriladi. Sezgirligi va qo‘llaniladigan
material miqdoriga ko‘ra tahlillar makro (101 g dan ko‘p), mikro (10~3 -
10~2 g), ultramikro (10~7 - 10~3 g) va submikro (10
9
- 10
7
g) usullarga
bo‘linadi. Tahlilda uchraydigan nuqsonlar ham turlicha bo‘lishi mumkin..
Tahlilning aniqligi unda uchraydigan nuqsonlar bilan bevosita bog‘liqdir.
Kelib chiqish manbaiga ko’ra: qo‘pol, tizimli va tasodifiy xatolar mavjud.
Tizimli xatolar
- bunday xatoni oldindan bilish va uni kamaytirish
mumkin.
Ular uslubiy xatolar, asbob va reaktivlarga, rang o‘zgarishini
sezish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lgan xatolar.
Masalan, eng keng tarqalgan qo‘pol xatolar jumlasiga namuna
alikvotasini olishda pipetkadagi chiziqlar sonini adashtirish (1 ml o‘rniga 2
ml olish yoki boshlang‘ich o‘lchov chizig‘i va pipetka tumshug‘igacha
bo‘lgan hajmni hisobga olmaslik) kiradi.
Tizimli xatolar o‘lchov asbobining qisman noto‘g‘ri ko‘rsatishi,
kimyoviy reaktivlarning toza bo‘lmasligi
uslubning nomukammalligi
oqibatida yuzaga keladi. Agar tizimli xato kattaligi ma’lum bo‘lsa, uni
bartaraf etish mumkin.
Qo‘pol xatolar
– analiz natijalarini keskin o‘zgartirib yuboradi.
Bunday xatolarga ehtiyotsizlik natijasida modda to‘kilib ketishi yoki
byuretka va tarozi toshini noto‘g‘ri hisoblash kiradi.
Tasodifiy xatolar
– tahlildagi bir qancha omillarning o‘zaro ta’siri
asosida yuzaga keladi va ularning yig‘indisi matematik statistikadagi
K.Gauss nazariyasiga bo‘ysunadi, ya’ni
ular bir-birini tekislab, silliqlab
turadi. Masalan: harorat va havo namligining o‘zgarishi, bosim va
boshqalar.
Absolyut xato
- aniqlanayotgan moddaning
haqiqiy qiymati bilan
analizda olingan natijaning farqi.
Nisbiy xato
– absolyut xatoning qiymatini aniqlanayotgan moddaning
haqiqiy qiymatiga bo‘lgan nisbati.
138
Xatolar, odatda, (foiz) larda hisoblanadi. Tahlil natijalarini baholashda
uning to‘g‘riligi va haqiqatga yaqinligi hisobga olinadi. Haqiqatga
yaqinlik-alohida natijalarning o‘rtacha qiymatdan og‘ishi bilan belgilanadi.
Aniqlik esa miqdorning o‘rtacha qiymatini haqiqiy qiymatga nisbatan
og‘ishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: