Тупроқни ким таҳлил. Ас ўзг


Tahlil natijalarini jadval va grafik ko‘rinishda tasvirlash



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/105
Sana11.04.2022
Hajmi13,45 Mb.
#542378
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   105
Bog'liq
Tuproqni kimyoviy tahlil qilish usullari Sh.M. Ishoqova 2017

Tahlil natijalarini jadval va grafik ko‘rinishda tasvirlash 
Tahlil natijalarini grafik ishlash.
Laboratoriya usullarida tahlil 
natijalarini grafik tasvirlash va tahlil qilishdan keng foydalaniladi. Grafik 
usul o‘rganilayotgan kattaliklar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rgazmali 
tarzda ifodalash yo‘lidir. 
Ikki o‘zgaruvchili tajriba natijalarini grafik usulda ifodalashga misol 
keltiramiz: 
y=f(x); 
Eksperiment natijalarini grafik usulda tasvirlashda to‘g‘ri burchakli 
koordinatalar tizimidan foydalanamiz. Abssissalar o‘qiga x ga tegishli, 
ordinatalar o‘qiga esa u ga xos raqamlar joylashtiriladi. Topilgan nuqtalar 
orqali silliq egri chiziq o‘tkaziladi (lekalo yordamida). 
Tadqiqotlar asosida olinadigan barcha nuqtalar bir tekis yotavermaydi. 
Shuning uchun egri chiziq odatda bir-biriga yaqin nuqtalar orqali 
o‘tkaziladi. Asosiy yo‘nalishdan kuchli darajada og‘ib ketgan nuqtalar 
tushirib qoldiriladi. 
1-rasm. Eksperiment 
nuqtalari orqali egri 
chiziq o‘tkazish: a va b 
- to‘g‘ri; v va g- 
noto‘g‘ri 


139 
Ishni osonlashtirish va nuqtalarni aniq joylashtirish uchun millimetrli 
chizma qog‘ozdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Egri chiziq chizmaning barcha maydonini qamrab olishi kerak. 
Buning uchun x va u ni shkalani shu kattaliklarga xos eng kichik sondan 
boshlash lozim. Masalan, x 0,53 dan boshlanib, 0,97 da tugasa, 
abssissadagi raqamlar 0,5-1,0 oralig‘ida olinadi. 
O‘qlardagi bo‘linish x va u ning boshlang‘ich va oxirgi natijalari 
asosida tanlab olinadi va masshtabga alohida e’ tibor beriladi. Bunda 1 sm 
- 1,2,5 va 10 birlikka (yoki 10/7; - m butun son) teng deb olinadi. 
Misol: tuproq yoki o‘simlik tarkibidagi fosfor miqdorini aniqlashda 
egri chiziq turli miqdorda fosfor tutgan bir nechta fosfat eritmalari 
ranggining intensivligi asosida chiziladi. 
Abssissalar o‘qiga fosforning konsentratsiyasiga oid, ordinata o‘qiga 
esa FEK ning ko‘rsatgichlari qo‘yiladi. Perpendikulyar chiziqlar asosida 
tegishli nuqtalar topiladi va ularni birlashtirish asosida egri chiziq hosil 
qilinadi. Ayni egri chiziq asosida tahlil qilinayotgan tuproq, o‘g‘it va 
o‘simlik tarkibidagi fosfor miqdori hisoblab topiladi. Buning uchun 
ordinata o‘qidan o‘rganilayotgan namunaga tegishli ko‘rsatkichi 
belgilanadi va egri chiziq bilan tutashguncha perpendikulyar o‘tkaziladi. 
Tutashgan nuqtadan abssissa o‘qiga perpendikulyar tushiriladi va 
kesishgan joydagi raqamni tegishli formulaga qo‘yib, eritmadagi fosfor 
miqdori topiladi. Hisoblashlarda optik zichlik (sinonimlari: yorug‘likning 
yutilishi, yorug‘lik absorbsiyasi, ekstinksiya) shkalasidan foydalanganda, 
kalibr egri chizig‘i to‘g‘ri chiziq holida bo‘ladi, chunki eritmaning optik 
zichligi uning konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsional o‘zgaradi. Yorug‘lik 
o‘tkazuvchanlik shkalasidan foydalanganda esa kalibr chizig‘ining egilgan 
holatda bo‘lishi eritma konsentratsiyasi va yorug‘likning yutilishi o‘rtasida 
logarifmik bog‘liqlik mavjudligidadir. 

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish