2-rasm.
Ionselektiv
elektrodlar:
qattiq(a),
suyuq(b),
membran
pardali(v), gazga sezgir(g) va oqma (d)
1-elektrodning
qobig‘i;
2-kristall
membrana;
3-elektr
o‘tkazgich;
4-
g‘ovak
membrana;
5-suyuq
ion
almashtirgich; b- elektrod oldi eritmasi;
7-yordamchi
elektrod;
8-yordamchi
elektrod
qobig‘i;
9-10-pardali
ionselektiv
membrana;
11-oqma
elektrod qobig‘i; 12-gazni yutuvchi
membrana;
13-shisha
elektrod
membranasi; 14-elektrolit; 15-shisha
elektrod; 16-silikonli izolyatsiya; 17-
xlor-kumushli elektrod.
73
va gamma nurlar sohalari joylashgan bo‘lib, ular havoga yutilmaydi.
Spektrning infraqizil, ko‘rinadigan va ultrabinafsha sohalarini tekshirish
usullari optik spektroskopiya deb ataladi. Spektroskopik tekshirishlar
1666-yilda Nyuton tomonidan quyosh nurlarini prizma bilan tekshirishdan
boshlangan. Dastlab, 1802-yilda V.Vollaston va undan bexabar 1814-yilda
Fraungofer tor oraliqdagi spektral chiziqlarni kuzatishgan. Birinchi
spektroskop 1859-yilda G.Kirxgoff va R.Bunzen tomonidan yasalgan.
Kirxgoff va Bunzen o‘zlari yasagan asbobni sifat analizida qo‘llash
mumkinligini ko‘rsatishgan.
Spektrning ultrabinafsha va ko‘rinadigan sohalarida chiziqli spektrlar
o‘rnida kengligi har xil bo‘lgan yo‘laklardan iborat spektr hosil bo‘ladi. Bu
spektr molekulaning elektron spektridir. Molekulalarning tebranma
harakatlari natijasida paydo bo‘ladigan alohida yo‘laklardan iborat bo‘lgan
tebranish spektrlari optik spektrning yaqin infraqizil sohasida joylashgan.
Molekulaning aylanma harakatlari natijasida hosil bo‘ladigan va shuning
uchun aylanish spektrlari deb ataladigan alohida chiziqlardan tashkil
topgan spektrlar uzoq infraqizil va mikrotoiqin sohalarida joylashgan.
Yuqoridagilarga asoslanib, molekulaning statsionar holatdagi issiqlik
energiyasi (E) elektron, tebranish va aylanish harakatlari energiyalarining
yigindisi sifatida ifodalanishi mumkin:
E=Ee+Em+Ea
Shuni ta’kidlash joizki, masalaga yanada batafsil qaraladigan bo‘lsa,
bu harakatlarning o‘zaro ta’siri ham hisobga olinishi kerak. Bu holda
keyingi tenglama quyidagicha yoziladi:
E=Ee+Em+Ea+ Ee-m+Ee-a+ Em-a
bu yerda, Ee-m - elektron va tebranish harakatlarining o‘zaro ta’sir
energiyasi, Ee-a - elektron va aylanish harakatlarining o‘zaro ta’sir
energiyasi, Em-a - tebranish va aylanish harakatlarining o‘zaro ta’sir
energiyasi.
Ba’zi hollarda oxirgi tenglamadagi oxirgi uch hadning ulushi ancha
katta bo‘lishiga qaramay, birinchi yaqinlashish yetarli darajada
qanoatlanarli hisoblanadi va buni tajriba natijalari tasdiqlaydi.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |