75
mat qilib», «agar malol kelmasa» va shu kabi so‘zlarni qo‘llagan
holda telefonga sizga zarur kishini iltimos qiling. (Adashib tushil-
gan holda kechirim so‘rang va «marhamat» degan javobdan so‘ng
go‘shakni qo‘yib qo‘ying.)
Telefon orqali o‘zingizni tanishtirayotib,
nafaqat familiyangiz,
balki ismingiz va otangizning ismini aniq ayting.
Agar gaplashuv batafsil bo‘ladigan bo‘lsa, suhbatdoshingizning
sizni eshitishga vaqti bormi-yo‘qmi, qiziqib qo‘ying.
Qo‘ng‘iroqdan so‘ng go‘shakni olib (ko‘tarib) tashkilot nomi
yoki o‘z familiyangizni ayting. Band bo‘lib qolish holatida o‘zingiz
uchun va suhbatdosh uchun qulay vaqtda qayta qo‘ng‘iroq qili
-
shingizni ayting («marhamat qilib», «marhamat» so‘zlarini
qo‘llagan holda).
Hech qachon biron kishining oldida
shaxsiy suhbatlarni olib
bormang.
Agar telefon aloqasi uzilib qolsa, kim qo‘ng‘iroq qilgan bo‘lsa, o‘sha
insonga qayta qo‘ng‘iroq qilish lozimligini yodda tuting. Gaplashuv-
ni uning tashabbuskori (boshlagan kishi) yakunlashi lozim.
Dam olish kunlarida ish yuzasidan qo‘ng‘iroq qilmaslik kerak.
Eri bor, uylangan erkakning xonadoniga qo‘ng‘iroq qilayotib dar-
rov o‘zingizni tanishtiring va bezovta qilganingiz uchun kechirim
so‘rang.
Vizit kartochkasi (tashrif qog‘ozi).
Ish munosabatlarida, odamlarga nisbatan murojaatlarda ko‘plab
tushunmovchiliklardan xalos etishga imkon beruvchi tashrif
qog‘ozidan foydalaning. Siz bilgan kishiga tashrif qog‘ozini berar
ekansiz, shu bilan siz kelgusida ham ish va shaxsiy aloqalarni saqlab
turishga intilishingizni ko‘rsatgan bo‘lasiz.
Tashrif qog‘ozi
hajmi va harflari, shuningdek,
matnning joy-
lashtirilishi qat’iy belgilab qo‘yilmagan, biroq ularning quyidagi
shakli keng tarqalgan: oq qalin qog‘ozga (9X5 sm) ismi, familiyasi
va otasining ismi, uning ostida egallagan lavozimi, chap quyi bur-
chakda – tashrif qog‘ozi egasi ishlaydigan
muassasa manzilgohi,
o‘ng quyi burchakda – xizmat telefoni raqami bosmaxona yo‘li
bilan tushirilgan bo‘ladi. Zarurat bo‘lgan holda uy telefon raqami
qo‘lda yozib olinadi.
Ayollarning tashrif qog‘ozlari hajmi erkaklarnikidan birmuncha
kichikroq bo‘ladi.
76
Pochta orqali yoki xat tashuvchi (kuryer) yordamida jo‘natiladigan
tashrif qog‘ozi xat, tabrik xati o‘rnini bosishi mumkin. Sovg‘alar
yoki gullarni jamlab, ularning ustiga qo‘lda «eng
yaxshi istaklar
bilan», «tabrigingiz uchun minnatdorchilik bilan» singari yoqim-
li so‘zlarni yozib yuborish paytida tashrif qog‘ozidan foydalanish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: