UO‘K: 621:17(075)
KBK: 74.560ya722
31.2ya722
Taqrizchilar:
A.E. Parmonov
– Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, p.f.n.
B. Ziyamuxamedov
– Toshkent radiotexnika va avtomatika kasb-hu-
nar kolleji direktori.
ISBN: 978-9943-4133-1-3 © «Faylasuflar» nashriyoti, 2013.
3
KIRISH
Ta’lim va tarbiya sohasidagi chuqur islohotlarni amalga oshirish,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» vazifalarini ro‘yobga chiqarish,
yuqori malakali kadr, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetka-
zishda barcha ta’lim muassasalari oldiga murakkab, ko‘p qirrali va
mas’uliyatli vazifalar yuklangan.
Bugungi kunda ozod Vatanimiz hayotida yuz berayotgan barcha
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy-madaniy o‘zgarishlar
insonni o‘zgartirish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni vu-
judga keltiradi. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlatni bar-
po etish jarayonini, mehr-oqibatli, o‘z kasbini sevuvchi, yuksak
madaniyat sohibi bo‘lgan insonlarsiz tasavvur etish qiyin. Bu bo-
rada muhtaram Prezidentimiz I.A. Karimov: «Axloq – madaniyat-
ning o‘zagi. Inson axloqi shunchalik salom-alik, xushmuomala-
dangina iborat emas. Axloq bu, avvalo insof va adolat tuyg‘usi,
iymon, halollik degani», – deb ta’kidlab o‘tganlar.
Axloq – insoniyat kamoloti sarchashmalaridan biri. Har bir
odam u orqali o‘zining jamiyatdagi o‘rnini anglaydi, hayotining
mazmunini belgilab oladi. Axloqiy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga
qo‘ymasdan turib, kasb axloqi madaniyatini shakllantirmasdan tu-
rib hech bir davlat ko‘zlagan maqsadlariga erisha olmaydi. Shu bois
ham bu hozirgi kunda davlatimiz oldida turgan dolzarb masala-
lardan biri hisoblanadi.
Kishilik jamiyatining rivojlanishi kelajak avlodning kim bo‘lib
yetishishi, eng avvalo, ularning bilim saviyasi, madaniyati va salo-
matligiga bog‘liqdir. Har bir jamiyatning, millatning, xalqning o‘z
urf-odatlari, axloq va odob me’yorlari mavjud. Jamiyat a’zolarining,
ota-onalarning, pedagoglarning xalq oldidagi eng muhim burch-
laridan biri milliy urf-odatlarni, axloq va odob qoidalarini yosh av-
lodga singdirish va shu yo‘l bilan kelajak avlodga yetkazib berishdir.
Shu jumladan har bir sohada faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar
ham milliy an’analarimizni unutmasligi, shu bilan birga umumja-
hon axloq-odob qoidalarini ham bilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni
hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilganidek,
o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida talabalarga o‘zlari tanla-
gan kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilimlar beriladi va
4
kasb-hunarga o‘rgatiladi. Hozirgi kunda bir yarim mingga yaqin
kasb-hunar kollejlarida turli xil yo‘nalishdagi kichik mutaxassis-
lar tayyorlanmoqda. Malakali kichik mutaxassis tayyorlaydigan
kasb-hunar kollejlari qatoriga «Toshkent radiotexnika va avtoma-
tika» yo‘nalishidagi kollejlarni kiritish mumkin. Maktab va kasb-
hunar kolleji o‘quvchilarini kasbga yo‘llash, tanlagan kasbi bo‘yicha
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ijodiy faoliyatlarini ken-
gaytirish hamda kasbiy faoliyati jarayonida muomala va xizmat
madaniyati kabi masalalar darslarda fanlarni o‘rganish jarayonida
ham hisobga olinadi. Kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya jarayo-
nida mehnatga tayyorlash, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar
hosil qilish bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish madaniyatini shakl-
lantirish imkoniyatlari kengayadi.
Elektron texnikasi buyumlari montajchisi xodimlari inson man-
faatlarini oliy qadriyat sifatida himoya qilishga safarbar qilingan
bo‘lishlari, kasb etikasi va etiket qoidalarini yaxshi bilishlari – mu-
vaffaqiyatlari kaliti hisoblanishini bilishi kerak.
Elektron texnikasi buyumlari montajchisi xodimlarining «Kasb
odobi va xizmat ko‘rsatish madaniyati» o‘quv qo‘llanmasi o‘zbek
tilida ilk bor chop etilayotganligi sababli barcha bilimlar qamrab
olinmagan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham biz ushbu o‘quv
qo‘llanmani takomillashtirish haqida bildirilgan barcha fikr va mu-
lohazalarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz va minnatdorchilik
bildiramiz.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |