Kasb odobi indd


-BO‘LIM. KURSNING QISQACHA MAZMUNI



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/47
Sana08.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#536294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
kasb odobi va xizmat korsatish madaniyati

1-BO‘LIM. KURSNING QISQACHA MAZMUNI 
1.1. «Kasb odobi va xizmat ko‘rsatish madaniyati» o‘quv kursining 
maqsad va vazifalari
Kasb odobi (etikasi) bu insonlarning kasbiy faoliyatidan kelib 
chiqadigan o‘zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’min-
laydigan qonuniyatlardan biridir. Kasb odobi – jamiyat tomoni-
dan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nis-
batan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus, 
qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning 
kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir.
Jamiyatda mutlaq, abadiy va o‘zgarmas odob-axloq yo‘q. Odob-
axloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijti-
moiy hodisadir.
Yillar o‘tishi bilan ishlabchiqarish, fan va texnika rivojlanib, 
ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashadi. Bu jarayonning 
uzluksiz davom etishi esa o‘z navbatida, har biri muayyan ijti-
moiy funksiyani bajaradigan yangidan yangi faoliyat sohalari pay-
do bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra 
muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch 
va majburiyatlar muayyan odob-axloq qoidalari va xulq-atvor nor-
malarida o‘z aksini topadi. Shunday qilib, kasb odobining paydo 
bo‘lishi uzluksiz mehnat taqsimotining mahsuli, uning axloqiy 
dasturi, axloqiy bahosi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.
Jamiyatning har bir kasb-hunarga, ixtisosga beradigan odob-ax-
loq bahosi ikki asosiy omil bilan: birinchidan, mazkur kasb-hunar 
vakillarining jamiyat rivojlanishi uchun nimalar berishi bilan; ik-
kinchidan, jamiyatning ma’naviy ta’sir ko‘rsatish ma’nosida ularga 
nimalar berishi bilan belgilanadi. Ana shu odob-axloq baho omil-
lariga ko‘ra, kasb odobini har bir kasb-hunarning ijtimoiy hayotda 
tutgan o‘rni va vazifalariga qarab bir necha turga ajratish mum-
kin:

o‘qituvchilik ixtisosiga qarab – pedagog axloqi;

tibbiyot ixtisosiga qarab – shifokor axloqi;

huquqni muhofaza qilish ixtisosiga qarab – yurist axloqi;

xizmat ko‘rsatish ixtisosligiga qarab – xizmat ko‘rsatish odobi 
va hokazo.


6
Kasb odobi talablari umumiy bo‘lishiga qaramay ba’zi bir kas-
biy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor me’yorlarini 
ham e’tiborga olish kerak. Masalan, tibbiyot xodimi o‘z amaliyo-
tidagi qiyinchiliklarga qaramay, insonning jismoniy va ma’naviy 
sog‘lig‘i uchun kurashishi va kerak bo‘lsa bunda o‘zini ham aya-
masligi lozim, ya’ni shifokorning qasamyod burchi unga har qan-
day vaziyatda ham qiyinchiliklarga qaramasdan, ba’zi hollarda o‘z 
hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa ham bemorga yordam berishga 
undaydi.
Huquq vakillaridan kasb odobida sodiqlik, hammaning qonun 
oldida teng ekanligi tamoyiliga rioya qilishlari talab etiladi.
Xizmat ko‘rsatish sohasi vakillaridagi odob-axloq me’yorlari, av-
valambor, muomala madaniyati va mijozlarning ehtiyojini qondirish-
ga, diqqat-e’tiborning kuchli bo‘lishiga qaratilgan bo‘ladi.
«Kasb odobi va xizmat ko‘rsatish madaniyati» o‘quv kursi-
ning maqsad va vazifalari avvalambor xizmat ko‘rsatish xodim-
larining kasb odobi umuminsoniy axloq qonunlarini, tamoyillari 
va me’yorlarini, estetik qadriyatlarini aholiga xizmat ko‘rsatish, 
muomala qilish hamda ularga axloqiy tarbiya berish, estetik 
madaniyatini shakllantirish yo‘llarini o‘z ichiga oladi.
Odob-axloq me’yorlari axloqiy munosabatlarning tarkibiy qismi 
va axloqiy ong shakllarida mavjud bo‘ladi.
Odob-axloq tamoyillari – umumlashgan axloqiy tushuncha-
lar bo‘lsa, odob-axloq me’yorlari axloqiy tamoyillarga rioya qilish 
uchun qanday axloqiy xislatlar zarurligini ko‘rsatadi.
Xizmat ko‘rsatish xodimlarining kasb axloqi me’yorlariga quyi-
dagilar kiradi: xushmuomalalilik va odoblilik, oddiylik va kamtar-
lik, halollik va rostgo‘ylik, sobitqadamlik, ochiq ko‘ngilillik, saxiy-
lik va muruvvatlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat, samimiy, 
sipolik, kattalarni hurmat qilish va boshqalar.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish