15 balldan past
Afsus, siz qat’iyatsiz, yengil xarakterli va ehtimol g‘am-tash-
vishdan xoli odamsiz. Siz bilan ko‘ngilsiz voqea ro‘y berganda,
o‘zingizdan boshqa kishini bo‘lsa-da, aybdor qilishga tayyorsiz.
Do‘stlikda ham, ishda ham sizga ishonish juda qiyin. Bular haqida
o‘ylab ko‘ring.
15 dan 25 ballgacha.
Sizning xarakteringiz yetarli darajada kuchli. Siz hayotga real
qarashlarga egasiz, ammo sizning qilmishlaringizni ham teng ba-
holab bo‘lmaydi. Sizda yanglish holat ham bo‘lib turadi. Siz halol,
vijdonli va jamoada chiqishib ketadigan, sabr-toqatlisiz. Lekin siz-
da hali ayrim nuqsonlardan qutulish uchun o‘ylantiradigan ishlar-
ingiz bor (shubha qilmasa ham bo‘ladi, bu qo‘lingizdan keladi).
26 dan 38 ballgacha.
Siz matonatli va javobgarlik hissini sezadigan odamlar qato-
riga kirasiz. O‘zingizning mulohazalaringizni qadrlaysiz, ammo
boshqalarning fikrlari bilan ham hisoblashasiz. Turli xil vaziyat-
larda to‘g‘ri yo‘l topa olasiz va ko‘p hollarda to‘g‘ri qaror tanlay
olasiz. Umuman olganda kuchli xarakterga egaligingiz namoyon
bo‘ladi. Faqat izzattalablikdan qoching va har doim esda tuting:
kuchli – bu shafqatsiz, zolim degani emas.
38 balldan yuqori.
Kechirasiz-u biz sizga hech narsa ayta olmaymiz. Nimaga?
Chunki bunday ideal xarakterga ega bo‘lgan inson borligiga isho-
nish qiyin. Balki bunday yig‘ilgan ballar – bu natijalar o‘zini xulq-
atvori va qilmishlari unchalik obyektiv emasdir.
98
2. «Boshqalarga ta’sir ko‘rsata olish qo‘lingizdan keladimi?»
Quyidagi savollarga «ha» yoki «yo‘q» deb javob bering.
1. O‘zingizni aktyor rolida yoki siyosiy arbob sifatida ko‘rsata
olish qobiliyatingiz bor deb o‘ylaysizmi?
2. G‘alati kiyingan yoki o‘zini g‘alati tutadigan odamlar sizning
g‘ashingizga tegadimi?
3. Yurakdagi hasratlaringizni boshqa inson bilan dardlashib
gaplasha olasizmi?
4. Agar sizga zarracha bo‘lsa ham hurmatsizlarcha munosabatda
bo‘lish alomatlari sezilsa, siz darhol o‘z munosabatingizni bildira
olasizmi?
5. Agar o‘zingiz uchun juda muhim deb hisoblaydigan ishin-
gizda kimdir muvaffaqiyat qozonsa, kayfiyatingiz buziladimi?
6. O‘zingizga juda qiyin bo‘lgan narsani odatdan tashqari imkoni-
yatlaringizni yon-atrofdagilarga namoyish qilishni yoqtirasizmi?
7. Ishingizda yaxshi natijalarga erishish uchun o‘zingizni qurbon
qila olasizmi?
8. Do‘stlaringiz sizga sodiq bo‘lib qolishlariga intilasizmi?
9. Hamma ishlaringizni va hattoki o‘yin-kulgini ham qat’iy
tartib bilan turmush tarzingizga bog‘lab olib borishni yoqtirasiz-
mi?
10. Uyingizdagi jihozlarni o‘zgartirish yoki ularni bir joydan ik-
kinchi joyga ko‘chirib qo‘yishni yaxshi ko‘rasizmi?
11. Siz eski masalalar yechimini yangi usullar bilan yechib
ko‘rishni yoqtirasizmi?
12. Haddan tashqari manman va takabbur insonlarni masxara
qilasizmi?
13. Sizning rahbaringiz yoki juda obro‘li bir inson biror narsada
nohaq bo‘lsa, shuni isbotlab berishni yoqtirasizmi?
JAVOBLAR BAHOSI
Jadvaldan foydalanib yig‘ilgan ballaringizni hisoblab chiqing.
Javoblar
Savollar
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
«ha»
5
0
5
5
5
5
5
0
0
5
5
5
5
«yo‘q»
0
5
0
0
0
0
0
5
5
0
0
0
0
99
NATIJALAR:
Do'stlaringiz bilan baham: |