ILOVALAR
Psixologik testlar
1. «Sizning xarakteringiz kuchlimi?»
1. Sizning xulq-atvoringiz atrofdagilarga qanday ta’sir qilayot-
gani sizni tez-tez o‘ylantiradimi?
a) juda kam
b) kamdan kam
d) yetarlicha
e) juda tez-tez
2. Sizda o‘jarligingiz tufayli boshqalarga qarshi chiqib, o‘zingiz
ishonmaydigan birorta fikrni aytish holatlari bo‘lib turadimi?
a) ha
b) yo‘q
3. Odamlardagi qaysi fazilatlarni qadrlaysiz?
a) matonatli
b) keng fikr yurituvchi
d) taassurot qoldiradigan, o‘zini ko‘rsata oladigan.
4. Siz ortiqcha mayda-chuydalarigacha aniqlab ish tutadiganlar
toifasidanmisiz?
a) ha
b) yo‘q
5. Siz bilan bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz voqealarni tez unuta olasiz-
mi?
a) ha
b) yo‘q
6. Siz qilayotgan xatti-harakatlaringizni analiz qilishni yaxshi
ko‘rasizmi?
a) ha
b) yo‘q
7. Sizga yaxshi tanish bo‘lgan shaxslar davrasida bo‘lga nin-
gizda...
a) ovoz ohangini saqlashga, yoqimli bo‘lishga harakat qilasiz
b) qanday bo‘lsangiz, shunday bo‘lib qolasiz
8. Siz qiyin vazifalarni bajarishga kirishishdan oldin, siz kuti-
layotgan qiyinchiliklarni o‘ylamaslikka harakat qilasizmi?
a) ha
b) yo‘q
95
9. Sizning fikrlashingiz bo‘yicha quyidagi ta’riflarning qaysi biri
sizga to‘g‘ri keladi?
a) xayolparast
b) kamtar
d) mehnatga tirishqoq
e) ishni puxta va o‘z vaqtida bajaradigan
f) keng ma’nodagi «faylasuf»
g) bekorchi odam
10. U yoki burorta savol muhokama qilingan paytda. . .
a) siz o‘zingizning fikringizni, garchi u ko‘pchilikning fikrlaridan
ajralib turgan bo‘lsa ham bayon qilasiz
b) garchi o‘zingizning fikringizga ega bo‘lsangiz ham, bunday hol-
larda indamay turishni lozim topasiz
d) o‘zingizning fikringizda qolgan holda, ko‘pchilikning fikrlarini
qo‘llab-quvvatlaysiz
e) o‘zingizning o‘y-xayollarga urintirmasdan, qaysi biri ustun kelsa,
o‘sha fikrlarni qabul qilasiz
11. Sizda kutilmagan rahbar chaqirig‘idan unga nisbatan qanday
hissiyotlarni his etasiz?
a) jahlim chiqadi
b) hayajon bosadi
d) xavotirlik uyg‘otadi
e) hech qanday hissiyot his etmayman
12. Agar qizg‘in munozara avjiga chiqqan paytda sizning fikrin-
gizga qo‘shilmasdan, sizga qarshi shaxsiy fikr bildirilsa, siz qanday
yo‘l tutasiz?
a) unga ham shu ohangda javob beraman
b) dalillarga asoslanib ish tutaman
d) ochiqdan ochiq haqorat qilaman
e) tanaffus qilishni taklif etaman
13. Agar sizning ishingiz yaroqsiz deb topilsa, bu sizga qanday
ta’sir ko‘rsatadi?
a) achinish
b) izza bo‘lish
d) achchig‘lanish
14. Agar siz noqulay ahvolga tushsangiz, birinchi bo‘lib kimni
aybdor qilasiz?
a) o‘z-o‘zimni
96
b) «taqdiriy omadsizlik» deb tushunaman
d) boshqa «obyektiv hollar»ni
15. Sizningcha, yon atrofdagilar xoh u rahbarlar, hamkasblar
yoki sizga tobe bo‘lgan odamlar bo‘lsin, sizdagi qobiliyat va bilim-
laringizni to‘g‘ri baholay olishyaptimikin?
a) ha
b) yo‘q
16. Agar do‘stlaringiz yoki hamkasblaringiz sizga tegajog‘lik
qili shsa, siz nima qilasiz?
a) ulardan jahlingiz chiqadi
b) juftakni rostlashga harakat qilasiz
d) asabiylashmasdan, ularning fikri bilan ish tutasiz
e) «nazar-pisand qilmasdan» javob berasiz
f) beparvolik bilan qaraysiz va hattoki kulib qo‘yasiz, ammo ich-
ichingizdan achchiqlanasiz
17. Agar siz shoshilayotgan bo‘lsangiz va har doim turgan joyida
sumkangiz (zontik, qo‘lqop va h.k.) yo‘q bo‘lsa, qanday yo‘l tuta-
siz?
a) qidiruvni davom ettirasiz
b) qidirib, shu bilan birga uydagilarni tartibsizlikda ayblaysiz
d) sizga kerakli bo‘lgan buyumsiz chiqib ketasiz
18. Sizning jahlingiz nimadan chiqadi?
a) qabulxonadagi uzun navbatdan
b) jamoat transportdagi tiqilinch holatdan
d) bir xil savol bilan zarur bo‘lgan tayinli joyga bir necha marotaba
kelishdan
19. Bahslashuvni tugatib, uni fikran o‘z nuqtayi nazaringizda
yangi dalillarni keltirib himoya qilgan holda davom ettira olasiz
mi?
a) ha
b) yo‘q
20. Agar shoshilinch bilan bajarmoqchi bo‘lgan ishingizga o‘zin-
gizga yordamchi tanlashga imkoniyatingiz bo‘lsa, nomzodlardan
qaysi birini tanlagan bo‘lar edingiz?
a) bajaruvchi, ammo tashabbussiz xodimni
b) bilimdon, ammo qaysar va tortishuvchi xodimni
d) qobiliyatli, ammo dangasaroq xodimni.
97
JAVOBLAR BAHOSI:
Javob-
lar
Savollar
1
2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20
a
0
0 1 2 0 2 2 0 0 2 0 0 2 2 0 0 2 1 0 0
b
1
1 1 2 2 0 0 2 1 0 1 2 1 0 2 1 0 0 2 1
d
2
- 0 - - - - - 3 0 2 1 0 0 - 2 1 2 - 2
e
3
- - - - - - - 2 0 0 3 -
-
- 0 -
-
-
-
f
-
- - - - - - - 2 -
-
-
-
-
- 0 -
-
-
-
g
-
- - - - - - - 0 -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
NATIJALAR:
Do'stlaringiz bilan baham: |