O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi


 Torf botqoqliklarining paydo bo’lishi va ahamiyati



Download 4,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/230
Sana07.04.2022
Hajmi4,51 Mb.
#534719
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   230
Bog'liq
gidrobiontlar ekologiyasi

4. Torf botqoqliklarining paydo bo’lishi va ahamiyati. 
 
M A ‘ R U Z A – 7.
Mavzu: 
Botqoqliklarning gidroekologik xususiyatlari. 
 
R E J A. 
1. Botqoqliklarning paydo bo’lishi, joylashishi, turlari. 
2. Botqoqliklarning morfologiyasi. 
3. Botqoqliklarning suv rejimi. 
4. Torf botqoqliklarining rivojlanishi. 
TAYANCh IBORALAR.
 
Torfli botqoqliklar. Torfsiz botqoqliklar. Quruqlikning botqoqlanishi, bentos, plankton, 
geomorfologik, geobotanik. Botiq botqoqliklar, qavariq botqoqliklar. Olxa, trostnik, beryoza, 
rogoz. Faol qavat, inert qavat. Darsi formulasi. Toplar.
1. Botqoqliklarning paydo bo’lishi, joylashishi, turlari.
 
Botqoqlik iborasi keng ma’noda va tor ma’noda qo’llanilishi mumkin. Keng ma’noda 
botqoqlik deganda erning ma’lum qismida to’planib qolgan suv va undagi o’simliklar hamda 
organik moddalar qoldiqlari tushuniladi. Tor ma’noda esa botqoqlik deganda 30 sm. gacha 
torflangan, yuqori nam rejimiga ega bo’lgan va maxsus o’simliklar bilan qoplangan er 
tushuniladi. 
Bunday 
erlar 
botqoqlanayotgan 
erlar 
deb ham ataladi. Biz botqoqliklar 
gidroekologiyasini o’rganar ekanmiz nafaqat torf botqoqliklarini, balki botqoqlanayotgan 
o’rmonlar, tekisliklar va tundra uchastkalarini ham ko’rib chiqamiz. Buning uchun ikkita asos 
bor, birinchidan, ko’pgina botqoqlanayotgan erlarda, torf hosil bo’lishining boshlang’ich fazasi 
kuzatiladi, sovuq iqlim sharoitida bu organik moddalar o’sish intensivligining pastligi bilan 
ifodalansa, issiq iqlim sharoitida yuqori intensivlikda parchalanishi bilan ifodalanadi. Shuning 
uchun botqoqlanayotgan erlarni, botqoqliklarga kiritmaslik bu obektlarning genetik birligini 
hisobga olmaslik bo’ladi. Ikkinchidan, juda katta hududni egallagan botqoqlangan tropik 
o’rmonlarni va dengiz oldi sho’rsuvli torfsiz botqoqliklarni ham botqoqliklarga kiritish 
maqsadga muvofiq bo’lur edi. Chunki bunday tabiiy obektlar ham suv obektlari hisoblanadi.
Botqoqliklar quruqlikning botqoqlanishi va suv havzalarining har xil o’simliklar bilan 
qoplanib qolishi hamda haddan tashkari ifloslanishi natijasida hosil bo’ladi.
Botqoqlanish 
Er 
sharining ko’pgina tabiiy zonalari uchun xosdir. Quruqlikni 
botqoqlanishining ikki asosiy turini farq qilish mumkin, suv bosishi va er tagidan suvning 
ko’tarilishi. Suv bosishi ikki xil sabab bilan sodir bo’lishi mumkin. Birinchidan, yog’in miqdori 
suvning er yuzidan bulg’anish miqdoridan yuqori bo’lsa. Bunday yo’l bilan tundradagi tropik 
o’rmonlarda, botqoqliklar hosil bo’ladi. Ikkinchidan, daryo, ko’l va dengizlarning suvi bilan suv 
bosishi. Bu yo’l bilan daryo va ko’llar qirg’oqlarida botqoqliklar hosil bo’ladi. Er osti 
suvlarining ko’tarilishi esa suv omborlarining qurilishi, ko’p miqdorda sug’orilish, sizot 
suvlarining oqimiga ta’sir qiladigan inshootlarning qurilishi kabi sun’iy tadbirlarning o’tkazilishi 
natijasida sodir bo’ladi.
Suv havzalarining o’simliklar bilan qoplanib qolishi va botqoqlanishimo’tadil va issiq 
iqlim sharoiti uchun hosdir. U odatda qirg’oqlardan boshlanadi. Suv havzasining tubida asta-
sekin loyqa zarrachalar, bentos va plankton organizmlarning qoldiqlari yig’ila boshlaydi va ular 
asta-sekin organik qoldiqqa aylanadi, bunga sapropel deyiladi. Suv havzasi qisila boshlaydi, 
trostnik, qamish, rogoz kabi o’simliklar o’sa boshlaydi. O’simliklar qoldiqlarining to’liq 
parchalanmasligi natijasida torf hosil bo’ladi va asta-sekin bu suv havzasi botqoqlikka aylanadi.
Er yuzida botqoqliklar ko’pgina mintaqalarda, har xil iqlim zonalarida tarqalgan. Torf 
botqoqliklari Er sharidagi umumiy maydoni 52,7 mln.km
2
yoki umumiy quruqlik maydonining 


156 
2%ini tashkil qiladi. Botqoqliklarda 11,5 ming km
3
suv to’plangan bo’lib bu umumiy 
gidrosferadagi chuchuk suvlarning 0,03%ni tashkil qiladi.
Botqoqliklar 2 ta katta guruhga bo’linadi. 1-si botqoqlanayotgan erlar 2-si torf 
botqoqliklari. 
Botqoqlanayotgan erlarga arktik tundraning o’tloqli botqoqliklari, o’rmon dashtlarining 
trostnikli va osokoli botqoqliklari, chala-cho’l va cho’llardagi sho’rlangan botqoqliklar, 
botqoqlangan tropik o’rmonlar, chuchuk suvli mavsumiy namlanadigan tropik o’tloqli 
botqoqliklar, chuchuk suvli va sho’r suvli dengiz oldi botqoqliklari yoki marshlar kiritiladi.
O’zining 
geomorfologik, 
gidroekologik 
va 
geobotanik 
belgilari 
bo’yicha torf 
botqoqliklari yaxshi o’rganilgan va asosan tundrada, o’rmon zonasida va o’rmon-dasht zonasida 
jamlangan. Ular o’z navbatida yana 3 turga bo’linadi. Bular botiq, oraliq va balandlik 
botqoqliklari.
Botiq botqoqliklarining yuzasi odatda pastga egilgan bo’ladi. Ular pastkam joylarda 
daryo va ko’llarning qirg’oqlarida hosil bo’ladi. Bunday botqoqliklarda olxa, beryoza, osoka, 
trostnik, rogoz kabi mineral moddalarga talabchan bo’lgan o’simliklar o’sadi.
Qavariq botqoqliklar qalin torf qatlamiga ega bo’lib, yuzasi shishgan bo’ladi. Qavariq 
botqoqliklarning o’ziga xos hususiyati shundaki, ular atmosfera yog’inlari orqali suv bilan 
to’yinadi.
Oraliq botqoqliklar oraliq vaziyatni egallaydi. Ularning yuzasi tekis yoki kamgina 
shishgan bo’ladi. Mezotrof o’simliklar bilan qoplangan bo’ladi ya’ni beryoza, osoka, sfagnut 
moxlari. 

Download 4,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish