R E J A.
1.
Er yuzasida daryolarning tarqalishi va eng yirik daryolar.
2.
Daryolarning turlari va oqimi.
3.
Daryo morfologiyasi va morfometriyasi.
TAYANCh IBORALAR.
Suv rejimi, suv bilan to’yinishi, muzlik rejimi. Irmoqlarning doimiyligi. Daryo sistemasi.
Daryo basseyni. Gidrografik tuzilish. Frud kattaligi. Jo’shqin daryolar. Sokin daryolar. Erkin
tushish tezligi.
1.ER YUZIDA DARYOLARNING TARQALIShI VA ENG YIRIK DARYOLAR.
Daryo – bu o’zining aniq shakllangan oqimiga ega bo’lgan katta o’lchamdagi suv
oqimidir. Daryolarga odatda basseynning maydoni 50 km
2
dan kam bo’lmagan yirik suv
oqimlari kiritiladi. Kichik o’lchamdagi katta bo’lmagan suv oqimlari agar ular vaqtinchalik yoki
sun’iy suv oqimlari bo’lsa daryo hisoblanmaydi. Daryoning eng asosiy hususiyati bu uning
oqimidir. Oqim bu keng ma’noda suvning undagi moddalar va issiqlik bilan irmoqlardan
yig’ilishidir.
Er yuzining hamma daryolarida bir vaqtning o’zida 2115 km
3
suv oqadi, bu Er yuzidagi
umumiy suv miqdorining 0,0002%ni tashkil qiladi. Shunga qaramasdan daryo oqimi moddalar
va suv almashinishining eng muhim elementi, quruqlik va gidrosferaning turli obektlari
o’rtasidagi o’zaro aloqani belgilaydigan asosiy omil bo’lib hisoblanadi.
Er yuzida eng katta daryo bu Amazonka daryosi bo’lib, uning havzasi 6915 km
2
ni, eng
uzun daryo Nil daryosi bo’lib, uzunligi 6670 km.ni tashkil qiladi. Eng suvi ko’p daryo ham
Amazonka bo’lib, unda 6930 km
3
suv bor va bu Er yuzidagi barcha daryolar suvining 16,6%ni
tashkil qiladi.
2. Daryolarning turlari.
Daryolar turli belgilargina qarab turlarga bo’linadi, masalan, kattaligi, oqim sharoiti,
to’yinish manbasi, suv rejimi, muz rejimi, irmoqlarining doimiylik darajasi va boshqalar.
Kattaligiga qarab daryolar o’rtacha va kichik daryolarga bo’linadi. Basseynining maydoni 50000
km
2
dan katta bo’lgan daryolar, katta daryolar, 2000 dan 50000 km
2
gacha bo’lganlari o’rtacha,
2000 km
2
dan kichik bo’lgan kichik daryolar deyiladi. Katta daryolarning basseyni bir nechta
geografik zonalarda joylashgan. Bunday daryolarning gidroekologik rejimi shu geografik
zonalardagi daryolarga to’g’ri kelmaydi, shuning uchun ular yarim zonaldir.
O’rtacha daryolar basseyni bitta geografik zonada joylashgan va shu zonaning
gidroekologik rejimiga to’g’ri keladi va zonal daryolar hisoblanadi. Kichik daryolar bitta
geografik mintaqa hududida joylashadi. Lekin shu mintaqadagi katta daryolarning gidroekologik
rejimidan farq qiladi va shuning uchun azonal hisoblanadi.
Oqim sharoitiga qarab daryolar tekislik yarim tog’ va tog’ daryolariga bo’linadi. Tekislik
daryolariga shartli ravishda Frud kattaligi kiritilgan. Frud kattaligi 0,1 dan kichik bo’lsa tekislik
daryolari, 0,1-1,0 bo’lgan daryolarga yarim tog’ daryolari, 1,0 dan yuqori bo’lgan daryolarga
tog’ daryolari kiradi. Tekislik va yarim tog’ daryolarida suv sokin oqadi, tog’ daryolarida esa
suvning oqimi jo’shqin harakterga ega.
Suv bilan to’yinish bo’yicha daryolar qor, yomg’ir, muzlik va er osti suvlariga bo’linadi.
Suv rejimi bo’yicha yoki yil davomida oqimning tarqalish xarakteri bo’yicha daryolar bahorda
suv bilan to’ladigan, yilning issiq qismida to’ladigan va toshqinli daryolarga bo’linadi.
Daryolar suvining oqimiga qarab sokin va jo’shqin daryolarga bo’linadi. Buni aniqlash
uchun Frud G
2
kattaligi kiritilgan. Bunda – oqim chuqurligi – suv erkin tushishining tezlanishi –
oqim tezligining kritik belgisi qilib 1 olingan. Agar 1 bo’lsa oqim kritik holatda, 1 bo’lsa oqim
jo’shqin, 1 bo’lsa oqim sokin bo’ladi. Jo’shqin oqim tog’ daryolariga, sokin oqim esa tekislik
daryolariga xosdir.
145
Do'stlaringiz bilan baham: |