101
Suv havzasidagi suvning oqar va oqmasligiga qarab 1-mintaqaga suv satxining ma’lum
qimsi ham kiritiladi. Oqadigan suv havzalari uchun suv sathi chegarasi suv oqimiga qarshi 200
mitrdan kam bo’lmasligi kerak, suv oqimi tomon esa bu chegara 100 mitrga mo’ljallanadi,
suvning bir qirg’og’idan ikkinchi qirg’ogigacha suv satxi 100 mitrli masofagacha olinadi. Daryo
yoki kanalning kengligi 100 mitrdan kam bo’lsa, suvning butun satxi himoya mintaqasiga
kiritiladi.
Er ostidan olinadigan suv manbalari uchun eng kichik suv maydonini himoya qilish
mintaqasi depressiv chuqurlik maydoni hisobiga olinadi. Chunki sho’r depressiv chuqurlik
atrofida er osti suvlarining ifloslanish xavfi tug’iladi. Bosimsiz er osti suvlari ximoya mintaqasi
maydonining radiusi 50 m, bosimli er osti suvlari uchun -30 m bo’ladi. 1- mintaqa hududlariga
qo’yidagi talablari qo’yiladi:
1). 1- mintaqaga qarashli maydonlar atroflama devorlar bilan berkitilishi kerak.
2). Uning xududi ichki ishlar vazirligi hodimlari tomonidan ko’riqlanishi,
unga beruxsat,
maxsus hujjatsiz hechkim qo’yilmasligi kerak.
3). Mintaqa xududiga vodoprovad inshootlari uchun kerak bo’lmagan qo’rilishlarni olib
borish man etiladi.
4). Axlotxonalar qo’rilishi ko’zda tutilsa, ular temir-betondan er osti suvlarini
ifloslantirmaydigan qilib quriladi.
5). Muhofazalnagan maydonni toza tutish, obodanlashtirish yo’llariga asfalt yotqizish,
chiqindilarni o’z vaqtida olib chiqib ketish va boshqa tadbirlar o’tqazish ko’zda tutiladi.
6). 1-mintaqaning suvlarida baliq tutish, unga tutash maydonlarda mol boqish, einlarni
zaharli himikatlar bilan ishlash man etiladi.
2-va3- mintaqalar cheklash
va kuzatish maydonlarini, er osti suv manbalarini hamda
ochiq suv havzalari uchun aloxida hududlarni o’z ichiga oladi. Bu mintaqalarni vazifasi suv olish
joyigacha suv havzalari mikrobli ifloslanishining oldini olish va suv sifatini davlat standarti
darajasida saqlashdir. 27-61-84 raqamli Davlat standarti – “Markazlashgan xo’jalik ichimlik suv
bilan ta’minlash qoidasi” suv havzalarini cheklash va kuzatish mintaqalarining chegaralarini
aniqlashdagi asosiy prinsiplari suvga tushgan mikroblarning daryo yoki kanal suvida nobud
bo’lishidir. Bu ko’rsatkich
katta ahamiyat kasb etib, qo’yidagi formula bilan ifodalanadi:
N
1
=No·10K
1
N
1
- ifloslangan suvdagi bakteriyalar konsentrasiyasi.
No- ma’lum vaqt o’tgandan keyin qolgan bakteriyalar konsentrasiyasi.
K
1
– bokteriyaning o’sish tezligi konstantasi.
Bunday suv vodoprovod inshootlarida ishlanib o’tgach, 28-74-82 raqamli Davlad
standarti - “Ichimlik suv” talabiga javob berishi kerak.
Oqmaydigan suv havzalari uchun sanitariya himoya 2- mintaqasi suv olish joyidan suv
stahi bo’ylab 3-5 km masofani o’z ichiga oladi. Bunda joyning gidrologik holatlari hisobga
olinadi.
2- mintaqaning yon bag’ri sarhadlari qirg’oq bo’ylab tekislikda 500 dan 1000 metrgacha tog’li
joy bo’lsa birinchi ko’tarilgan tepalikgacha o’z ichiga oladi. 3- mintaqa yon bag’ri chegaralari
suv chegarasidan 3-5 km maydonni tashkil qiladi.
Axolini markazlashgan vodoprovod suvi bilan ta’minlash uchun ko’pincha ochiq suv
havzalaridan foydalaniladi. Vodoprovod inshootlari daryolar, ko’llar,
suv omborlari, kanallar
suvidan foydalanish maqsadalrida, suv manbalari qirg’oqlarida yoki ma’lum masaofa qoldirilib,
aholi turar joylariga yaqinroq qilib quriladi. Vodoprovod inshootlari ikki qismdan iborat bo’ladi.
1) Bosh inshoot – suv olish joyi, tozalash inshootlari va nasos stansiyalari.
2) Suv taqsimlayligan, aholiga etkazadigan vodoprovod quvurlari, ya’ni
vodoprovod
tarmoqlari, rezervuarlar, suv olish kalonkalari va tarmoqdagi boshqa uskunalar.
Har qanday holatda ham suv olinadigan joy qo’yidagi talablarga javob berishi kerak:
1) Sanitariyaviy nuqtai nazardan ifloslanish xavfini yo’qligi.
2) Har qanday holatda vodoprovod tarmoqlariga suvning etarli miqdorda kelib turishi.
3) Suv olish inshootlari va suv olish joyi himoyalangan bo’lmog’i.
102
4) Ochiq suv havzalaridan tanlangan suv olish joyi aholi turar joyidan, oqova suvlar
tushadigan xududdan yuqoriroqda bo’lishi.
5) Vodoprovod inshooti qurilayotganda shahar yoki shaharchalarning faqat hozirgi
chegarasi nazarda tutilmasdan balki Bosh loyihadagi chegara nazarda tutilmog’i.
Suv olish joyi daryo qirg’og’i yuvilib ketmaydigan, chuqurligi 2,5 m dan kam bo’lmagan
joydan tanlanishi kerak. Shunday chuqurlik bo’lganda quvir orqali loyqa va qumlar so’rilmaydi.
Suv manbalaridan suv olish yoki qabul qilish inshootlari qo’yidagi turlarga bo’linadi:
1) Qirg’oqli. 2) O’zi oqadigan o’zanli yoki quvurlar yordamida so’riladigan.
3) Buxta, ya’ni kavishli suv oqimini sekinlashtradigan.
Xullas, suv qabul qilish inshootlarining vazifasi suv oqimi kichik suv rezervuari tashkil
qilish, suvni nasoslar orqali quvirlar bilan tozalash inshootlariga chiqarib berishdir. Havuzlarda
suv oz bo’lsada tinadi, suv qabul qilish inshootlari yaxshi jihozlangan bo’lsa,
suvning tozalanish
o’sha joydan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: