O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi


O’tilgan mavzu bo’yicha og’zaki so’rov, tezkor savol-javob qarab 1-2 ballgacha baholanadi



Download 4,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/230
Sana07.04.2022
Hajmi4,51 Mb.
#534719
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   230
Bog'liq
gidrobiontlar ekologiyasi

O’tilgan mavzu bo’yicha og’zaki so’rov, tezkor savol-javob qarab 1-2 ballgacha baholanadi 
 
Ilova 1.5 
 
Talabalar bilimini baholash uchun tezkor savollar 
1. Suvning tabiatda va inson hayotida tutgan o’rni. 
2. Vodoprovod inshootlariga qo’yiladigan talablar. 
3. Aholini va ho’jalik tarmoqlarini chuchuk suv bilan ta’minlash. 
4. Vodoprovod suvlarining sanitariya gigienik meyorlari. 
Ilova 1.6 
 
Mustaqil ish topshiriqlari
.
 
1.
Ochiq yuza suv havzalarining sanitariya muhofaza mintaqalari.
2.
Ochiq yuza suv havzalarida markazlashgan vodoprovod. 
3 Birinchi sanitariya muhofaza mintaqasining vazifalari. 
4.Ochiq yuza suv havzalariga qo’yiladigan sanitariya gigienik talablar. 
9 - MAShG’ULOT 
Mavzu. 
Ochiq yuza suv havzalarida vodoprovod inshootlarini
tashkil etish – 2 soat.
 
Ko’rgazmali qurollar va jihozlar:
Vodoprovod inshootlarining sxematik maketi, suv havzalarini 
muhofaza qilish to’g’risidagi qonun va nizomlar, shahar suv tozalash inshootlarining sxemalari, 
vodoprovod suvlarini tahlil qilish uchun laboratoriya jihozlari.
O’rganish tartibi 
Sanitariya himoya mintaqasi-bu xo’jalik ichimlik suv havzalarini, suv qabul qilish 
inshoatlarini maxsus ajratilgan masofa va hududlarda himoya qilishdir. Sanitariya himoya 
mintaqasini tashkil qilish – bu maxsus ajratilgan hududda qattiq tartib o’rnatish, ayniqsa ochiq 
suv havzalari va er osti suvlarni ifloslanishdan muhofaza qilish uchun mo’ljallangan rejimidir. 
Bunday mintaqani tashkil qilish vodaprovad bosh inshoatlarini ham o’z ichiga olib, suv 
manbalarini fovqulodda yoki atayin zararlantiruvchi holatlar oldini olish imkonini beradi.
Sanitariya himoya mintaqalarini suv manbalari va vodaprovad inshoatlari uchun 
uyushtirilganda 3 ta mintaqa ko’zda tutiladi. 1- mintaqa juda qattiq tartibli mintaqa bo’lib, unda 
suv olish joyi, vodaprovad bosh inshoatlari turli ifloslanishlardan himoya qilinadi. Bu mintaqa 
hududi yuza suv havzalarini, suv olish inshoatlarini, daryo yoki kanallarni va ularga tutashgan 
maydonlarni o’z ichiga oladi. Daryo yoki kanallarning suv olish qirg’og’ida vodoprovodning 
bosh inshootlari joylashtiriladi.
Пинборд
(инглизчадан: 
pin-
маҳкамлаш, 
board 
– ёзув тахтаси) мунозара усуллари 
ёки ўқув суҳбатини амалий усул билан мослаштиришдан иборат. 


101 
Suv havzasidagi suvning oqar va oqmasligiga qarab 1-mintaqaga suv satxining ma’lum 
qimsi ham kiritiladi. Oqadigan suv havzalari uchun suv sathi chegarasi suv oqimiga qarshi 200 
mitrdan kam bo’lmasligi kerak, suv oqimi tomon esa bu chegara 100 mitrga mo’ljallanadi, 
suvning bir qirg’og’idan ikkinchi qirg’ogigacha suv satxi 100 mitrli masofagacha olinadi. Daryo 
yoki kanalning kengligi 100 mitrdan kam bo’lsa, suvning butun satxi himoya mintaqasiga 
kiritiladi.
Er ostidan olinadigan suv manbalari uchun eng kichik suv maydonini himoya qilish 
mintaqasi depressiv chuqurlik maydoni hisobiga olinadi. Chunki sho’r depressiv chuqurlik 
atrofida er osti suvlarining ifloslanish xavfi tug’iladi. Bosimsiz er osti suvlari ximoya mintaqasi 
maydonining radiusi 50 m, bosimli er osti suvlari uchun -30 m bo’ladi. 1- mintaqa hududlariga 
qo’yidagi talablari qo’yiladi: 
1). 1- mintaqaga qarashli maydonlar atroflama devorlar bilan berkitilishi kerak. 
2). Uning xududi ichki ishlar vazirligi hodimlari tomonidan ko’riqlanishi, unga beruxsat, 
maxsus hujjatsiz hechkim qo’yilmasligi kerak. 
3). Mintaqa xududiga vodoprovad inshootlari uchun kerak bo’lmagan qo’rilishlarni olib 
borish man etiladi.
4). Axlotxonalar qo’rilishi ko’zda tutilsa, ular temir-betondan er osti suvlarini 
ifloslantirmaydigan qilib quriladi.
5). Muhofazalnagan maydonni toza tutish, obodanlashtirish yo’llariga asfalt yotqizish, 
chiqindilarni o’z vaqtida olib chiqib ketish va boshqa tadbirlar o’tqazish ko’zda tutiladi. 
6). 1-mintaqaning suvlarida baliq tutish, unga tutash maydonlarda mol boqish, einlarni 
zaharli himikatlar bilan ishlash man etiladi.
2-va3- mintaqalar cheklash va kuzatish maydonlarini, er osti suv manbalarini hamda 
ochiq suv havzalari uchun aloxida hududlarni o’z ichiga oladi. Bu mintaqalarni vazifasi suv olish 
joyigacha suv havzalari mikrobli ifloslanishining oldini olish va suv sifatini davlat standarti 
darajasida saqlashdir. 27-61-84 raqamli Davlat standarti – “Markazlashgan xo’jalik ichimlik suv 
bilan ta’minlash qoidasi” suv havzalarini cheklash va kuzatish mintaqalarining chegaralarini 
aniqlashdagi asosiy prinsiplari suvga tushgan mikroblarning daryo yoki kanal suvida nobud 
bo’lishidir. Bu ko’rsatkich katta ahamiyat kasb etib, qo’yidagi formula bilan ifodalanadi: 
N
1
=No·10K

N
1
- ifloslangan suvdagi bakteriyalar konsentrasiyasi. 
No- ma’lum vaqt o’tgandan keyin qolgan bakteriyalar konsentrasiyasi.
K

– bokteriyaning o’sish tezligi konstantasi. 
Bunday suv vodoprovod inshootlarida ishlanib o’tgach, 28-74-82 raqamli Davlad 
standarti - “Ichimlik suv” talabiga javob berishi kerak.
Oqmaydigan suv havzalari uchun sanitariya himoya 2- mintaqasi suv olish joyidan suv 
stahi bo’ylab 3-5 km masofani o’z ichiga oladi. Bunda joyning gidrologik holatlari hisobga 
olinadi.
2- mintaqaning yon bag’ri sarhadlari qirg’oq bo’ylab tekislikda 500 dan 1000 metrgacha tog’li 
joy bo’lsa birinchi ko’tarilgan tepalikgacha o’z ichiga oladi. 3- mintaqa yon bag’ri chegaralari 
suv chegarasidan 3-5 km maydonni tashkil qiladi.
Axolini markazlashgan vodoprovod suvi bilan ta’minlash uchun ko’pincha ochiq suv 
havzalaridan foydalaniladi. Vodoprovod inshootlari daryolar, ko’llar, suv omborlari, kanallar 
suvidan foydalanish maqsadalrida, suv manbalari qirg’oqlarida yoki ma’lum masaofa qoldirilib, 
aholi turar joylariga yaqinroq qilib quriladi. Vodoprovod inshootlari ikki qismdan iborat bo’ladi.
1) Bosh inshoot – suv olish joyi, tozalash inshootlari va nasos stansiyalari. 
2) Suv taqsimlayligan, aholiga etkazadigan vodoprovod quvurlari, ya’ni vodoprovod 
tarmoqlari, rezervuarlar, suv olish kalonkalari va tarmoqdagi boshqa uskunalar.
Har qanday holatda ham suv olinadigan joy qo’yidagi talablarga javob berishi kerak: 
1) Sanitariyaviy nuqtai nazardan ifloslanish xavfini yo’qligi. 
2) Har qanday holatda vodoprovod tarmoqlariga suvning etarli miqdorda kelib turishi. 
3) Suv olish inshootlari va suv olish joyi himoyalangan bo’lmog’i. 


102 
4) Ochiq suv havzalaridan tanlangan suv olish joyi aholi turar joyidan, oqova suvlar 
tushadigan xududdan yuqoriroqda bo’lishi. 
5) Vodoprovod inshooti qurilayotganda shahar yoki shaharchalarning faqat hozirgi 
chegarasi nazarda tutilmasdan balki Bosh loyihadagi chegara nazarda tutilmog’i. 
Suv olish joyi daryo qirg’og’i yuvilib ketmaydigan, chuqurligi 2,5 m dan kam bo’lmagan 
joydan tanlanishi kerak. Shunday chuqurlik bo’lganda quvir orqali loyqa va qumlar so’rilmaydi.
Suv manbalaridan suv olish yoki qabul qilish inshootlari qo’yidagi turlarga bo’linadi: 
1) Qirg’oqli. 2) O’zi oqadigan o’zanli yoki quvurlar yordamida so’riladigan.
3) Buxta, ya’ni kavishli suv oqimini sekinlashtradigan.
Xullas, suv qabul qilish inshootlarining vazifasi suv oqimi kichik suv rezervuari tashkil 
qilish, suvni nasoslar orqali quvirlar bilan tozalash inshootlariga chiqarib berishdir. Havuzlarda 
suv oz bo’lsada tinadi, suv qabul qilish inshootlari yaxshi jihozlangan bo’lsa, suvning tozalanish 
o’sha joydan boshlanadi.

Download 4,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish