Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik

library.ziyonet.uz/ 
kelganingdan soʻng ham turli-turli ne’matlar bilan tarbiya qildim. Xoʻsh, nega endi 
niyatingni buzib, mendan boshqani doʻst tutding?» 
Kommunistik jamiyat umrini yashab boʻlgach, nazarimizda nopoklik barham topganday 
boʻldi. Ammo bu masalada xulosa chiqarishga shoshilmang, azizlar. Jamiyat yoʻq 
boʻlgani bilan uning rahnamosi-shayton tirik. Shaytonga sajda qiluvchilar esa kam emas 
hali. Yaqinda xalqaro Nobelʼ mukofoti bilan taqdirlangan moskvalik Ginzburg degan 
fizik olim televidenie orqali gapirib: «Xudo yoʻq, qiyomat, farishtalar, u dunyo degan 
tushunchalar quruq safsata», deb ochiq aytdi. Bu shunchaki bir odamning fikri emas, 
uning atrofida necha yuzlab yoki minglab yoki undanda koʻp maslakdoshlar borligini 
unutmaslik kerak. Agar u yolgʻiz boʻlganida bu qadar shakkoklikka jur'at qilolmagan 
boʻlar edi. Biz ayni oʻrinda xudojoʻylik yoki shakkoklik xususida bahs yuritmoqchi 
emasmiz. Maqsadimiz axloq asoslariga nazar tashlash ekan, savol bermoqchimiz: 
«Xudoga ishonmaydigan odam boshqalarga yaxshilikni ravo koʻrishi mumkinmi? Uni 
axloq bobida komil inson deya olamizmi?» Deylik, oʻsha «olim» (aslida uni «olim» 
deyishga til bormaydi, qoʻshtirnoq orasiga olganimiz boisini anglarsiz) mukofotini olish 
uchun Norvegiyaga boradigan paytda onasi (xotini yoki farzandi) oʻlim toʻshagida 
yotibdi. Xoʻsh, u safardan voz kechadimi? Onasining yonida oʻtirib rozi-rizolik 
tilaydimi? Bizningcha, bunday qilmaydi. Xudoni tanimagan onani taniydimi, ayting-chi? 
Bu ham oʻtmish jamiyat tarbiyasining mevasi. Shukrlarkim, keyingi oʻn-oʻn besh yil 
orasida koʻplar bu botqoqdan qutula olishdi. Biroq... shayton yana qancha odamlar 
koʻziga bu sassiq botqoqni zilol suvli koʻl suratida koʻrsatyapti ekan? 
Donolar aytmishlarkim, Odam bolasi kichik gunohga qasd aylasa, shayton der: «Buni 
qilgil, bunda koʻp ziyon yoʻqdir.» Odam bolasi shayton soʻziga kirib kichik gunohni 
qilgach, soʻng kattarogʻiga oʻtadi. Bora-bora ish kufrlik bilan tugaydi. Shundan soʻng bu 
kishi Allohning dargohidan yiroq boʻlib qoladi. Yuqorida bayon qilganimiz donolar 
fikrini isbot etmaydimi? Atrofimizga qaraylik-chi, Allohdan yiroqlashayotganlarni 
koʻrmayapmizmikin? Koʻrsak, qanday chora-tadbir qilyapmiz? 
Yoshing yetgan sari fe’ling saning yosh, 
Koʻzing yoshi qani, e magʻzi yoʻq bosh? 
Hazrati Soʻfiy Ollohyor baytlarida bu ma’no bor: «Yoshing ulgʻaygan sari hanuz 
yoshligingdagi narsalarni tilarsan. Qartayganingni bilmay hanuz havoiy nafs ketidan 
quvarsan. Ey bema’ni bosh, yigʻlash payting kelgan boʻlsa-da, qani, koʻzlaringda yosh 
yoʻq-ku?» 
Bunday hollarda koʻzda yosh yoʻqligi ham bir fojiadir. Bu oʻrinda shoir Allohdan qoʻrqib 
yigʻlashni nazarda tutyapti-ki, bunda hikmat koʻpdir. Allohning Rasuli (s.a.v.) 
buyuradilarkim: 
«Kimki Allohdan qoʻrqib yigʻlasa, koʻkrakdan chiqqan sut qaytib koʻkrakka 
kirmagunicha, u ham jahannamga kirmaydi» - ya’nikim, koʻkrakdan chiqqan sut 
koʻkrakka qaytib kirmaganidek, taqvodorlar ham jahannamga kirmaydilar, deyilmoqchi. 
«Raqoiq ul-axbor» («Nozik xabarlar») degan kitobda shunday bir xabar bayoni bor: 
«Qiyomat kuni bir kishini olib kelishadi. Savoblari bilan gunohlari qiyoslanib, gunohlari 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish