Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik

library.ziyonet.uz/ 
boʻlish vaqti kelmadimi?! Yana ular uchun ilgari kitob ato etilgan, soʻng 
paygʻambarlaridan keyingi muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar (ya’ni 
yahudiy va nasroniylar) kabi boʻlib qolmaslik vaqti kelmadimi? Ulardan koʻplari 
fosiqdirlar (ya’ni itoatsizdirlar)», - mazmunidagi oyatni oʻqiyotgan onlarida u kishi kirib 
keldi. Oyatni oʻqiganlaridan soʻng chiroyli suhbat qildilar, shunday suhbatki, butun 
jamoatni yigʻlatdilar. Shu orada yoshgina bir yigit oʻrnidan turdi va Hasan Basriyga 
xitoban shunday dedi: 
-Ey moʻ'minlarning eng goʻzal axloqlisi! Alloh menday fisq-fujur sohibi - gunohkorning 
tavbasini ham qabul qiladimi? 
-Ha, azamatim, agar boshqa bunday qilmaslik sharti bilan yomon fe’l-atvorlaringni tark 
etsang va Allohdan afv tilasang, seni ham kechiradi. 
Yigit bu soʻzlarni eshitganda rangi oʻchib, bir «oh» tortdi-yu, hushidan ketdi. Oʻziga 
kelganda Hasan Basriy unga yaqinlashdilar-da, bu baytni oʻqidilar: Ey Allohga qarshi 
yigit, osiy sangʻi, Gunohkorning jazosi ne, bilasanmi? Osiylarning joyi - saqar. Yonar 
oʻzi, Shiddatli oʻt ichra pishar goʻzal yuzi. Mayli, oʻtda yonar desang - Haqni unut... Yo 
oʻzingni gunohlardan uzoqda tut... 
Bu baytni eshitib, Utbatulgʻulom ham bir «oh» koʻtarib, hushidan ketdi. Hushiga 
kelganida Hasan Basriyga yuzlanib: 
-Ey, ustod,-dedi.-Marhamati keng boʻlgan Alloh menday gunohkorning tavbasini ham 
qabul qiladimi?-deb soʻradi. 
-Oʻz-oʻziga jafo qila olgan bandaning tavbasini karamli Allohdan boshqa kim ham qabul 
eta olardi?- deb javob berdilar Hasan Basriy. 
Shundan keyin Utbatulgʻulom boshini koʻtarib, Allohga uch xil duo oʻqib, yolbordi: 
-Allohim, tavbamni qabul qil, gunohlarimni afv et, menga tushunishni va oʻrganishni 
hamda oʻrganganlarimni muhofaza eta olish qobiliyatini berki, oʻzlashtirganlarimni va 
uning ilmiy asoslarini aqlimda tutay. 
-Allohim, menga shunday bir goʻzal ovoz berki, mening Qur'on oʻqishimni eshitgan har 
kimsaning - qalbi qaygʻuga choʻmgan boʻlsa ham - qalbida mehr ortsin! 
-Allohim, menga halol rizq nasib et va oʻzim kutmagan joydan rizqlantir... 
Allohga dildan qilingan bu duolarning natijasi oʻlaroq yigitning tushunish qobiliyati va 
zakosi ortdi, oʻrgangan ilmiy asoslarini hech unutmaydigan boʻldi. Uning Qur'on 
oʻqishini eshitgan har kishi tavba qilar, yomon fe’llaridan voz kechar edi. Har kuni uyiga 
bir kosa shoʻrva bilan ikki lochira kelardi. Bular qaerdan va kim tomonidan yuborilganini 
hech kimsa bilmas edi. Bu hol to uning oʻlimiga qadar davom etdi... 
Ha, yolgʻiz Alloh uchun yomon fe’llaridan voz kechib, ilohiy axloq asoslariga rioya 
qilganlarning hayoti shundaydir. Alloh, yomon fe’llarni tark etib, yaxshi fe’l-atvor bilan 
naqshlangan va goʻzal amallar ado etganlarning mukofotlarini albatta beradi. 
Biz guvoh boʻlganimiz ulfatchilikdagi adashganlarga bunday mukofot nasib etmadi, 
afsus... Bilishimizcha, ular arazlab keyingi yigʻinga kelmabdilar. Ular debdilarki: 
«Bizning ichishimiz bilan ularning nima ishlari bor, ichib olib ularni urmasak, 
soʻkmasak...» Dillari bu qadar qotib ketgan ekan, fosiqlik libosiga bu qadar chirmashib 
oʻranib olgan ekanlar... Alloh insof bersin ularga. 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish