Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
4
library.ziyonet.uz/
va chayonlardir. Agar libosimiz etagiga bir chayon yopishib, chaqay deb turganda bizga
birov bundan xabar bersa, albatta unga minnatdor soʻzlarimizni aytamiz, sevinamiz va
chayonni chertib tashlab, oʻldirishga chogʻlanamiz. Holbuki, bu chayonning zarari
badangadir, beradigan azobi esa bir kun, yarim kun davom etadi. Yomon axloqning qalb
sofligiga beradigan zarari esa qoʻrqinchliroqdir, oʻlimdan keyin esa abadiyan va yo
minglarcha yil davom etadigan qoʻrqqulikdir.
Shuni bilamizmi? Bilsak, nechun birov bizga qusur va ayblarimizni aytsa, bundan
sevinmaymiz, bu qusur va ayblarni yoʻqotish bilan mashgʻul boʻlmaymiz. Aksincha, biz
ham u kimsaga nasihat qilishga kirishamiz va shunday deymiz:
-Oʻzing ham shunday-shunday qilasan. Oʻzingning ham shunday qusurlaring bor!
Uning nasihatini shu tariqa qabul etamiz va teskarisini qilib, orada dushmanchilik
tugʻilishiga sababchi boʻlamiz. Bu hol - gunohlar koʻpligi sabab boʻlgan qalb
qashshoqligidandir. Bularning asli esa iymonning zaifligidandir...»
Mazkur satrlarni oʻqib «Toʻgʻri gaplar...» degandirsiz? Ha, barakalla! Lekin nima uchun
qoʻshtirnoq orasida bayon qildik, shunga ahamiyat berdingizmi? Gap shundaki, bu aqlli
gaplarni biz toʻqimadik, balki Abu Homid Gʻazzoliyning kitoblaridan koʻchirdik.
Qarang, bundan salkam ming yil muqaddam aytilgan fikrlar bugungi kunga mos kelib
tursa? Bu nima, asrlar davomida insonlar yaxshilik sari siljimadilarmi? Iymon zaifligi to
hanuz saqlanib qolyaptimi? Yoʻq, bunday xulosaga bormaslik kerak. Badbinlikka
berilmoq ham oʻrinsizdir. Har zamonaning oʻziga xos fazilatlari va oʻziga xos qusurlari
mavjud. Bu foniy dunyo - imtihon dunyosi ekan, har bir avlod bu imtihondan oʻziga xos
tarzda oʻtadi. Har bir avlodning afzalliklari va gunohlari ham boʻladi. Shayton
alayhila’na to qiyomatga qadar odamzotga dushmanlik qilar ekan, to qiyomatga qadar
unga qarshi jihod - ruhiy jihod davom etajakdir. Agar bir birodarimizni bezori
urayotganini koʻrsak, unga yordam berishga shoshilamiz. Ammo ne uchun shayton
vasvasasiga tushib qolgan qarindoshimizni, qoʻshnimizni yoki doʻstimizni qutqarishga
shoshilmaymiz? Yaqinda bir ulfatdagi namozxonlar shayton yoʻrigʻidagi birodarlarini
insofga chaqirganlariga guvoh boʻlib edim. Bolalikdan birga ulgʻaygan doʻstlarning
koʻplari iymon yoʻlida, ayrimlari hanuz shayton yoʻlidan qaytmagan ekanlar. Iymonlilari
bu doʻstlariga nasihat qilishib: «yoshlaring oltmishga boryapti, shuncha yillarni
aroqxoʻrlik bilan oʻtkazganlaring yetar endi. Alloh huzurida gunohkor ekanliklaring bir
masala, yana bir masala - farzandu nabiralaring senlar tufayli isnodga qolyaptilar.
«Aroqxoʻrning farzandi» degan malomat toshini koʻtarib yurishga orlanyaptilar», -
desalar, u adashganlar: «Bizdan orlansalaring biz ulfatdan chiqdik!» -deb oʻrinlaridan
turib ketishdi. Oʻzlaricha goʻyo mardlik qilishdi. Holbuki, bu mardlik emas,
nodonlikning navbatdagi koʻrinishi edi. Agar ular desalarki: «Birodarlar, sizlarga rahmat,
bizlarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatdilaring, sizlarning hurmatinglar uchun shu ondan boshlab
aroq ichishni tashladik, shu ondan e’tiboran peshonamiz joynamozga tekkuvsi. Sajdani
zinhor tark etmasmiz...» - mana shuni chin mardlik atasak boʻlardi. Ulfatchilikdagi
noxush holatga guvoh boʻlgach, ustozlar bayonidagi bir ibratli voqea xayolimizga keldi:
Rivoyat qilishlaricha, Utbatulgʻulom ismli bir kishi fisqu fujur ahlidan edi.
Buzgʻunchilikda va sharobxoʻrlikda unga yetadigani yoʻq edi. Ana shu fasodchi va
mayxoʻr odam bir kuni Hasan Basriy hazratlarining davrasiga kirib qolibdi. Hasan Basriy
izdihom ahliga Hadid surasini oʻqib, tafsir qilib berayotgan edilar. «Iymon keltirgan
zotlar uchun dillari Allohning zikriga va nozil boʻlgan haqqa (ya’ni Qur'onga) moyil
Do'stlaringiz bilan baham: |