Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik

library.ziyonet.uz/ 
ammo oʻz koʻzidagi yongʻoqday dogʻni koʻrmaydi. Kimki oʻz nafsining ayblarini 
koʻrmoqchi boʻlsa, toʻgʻri, basiyratli kishi bilan doʻst tutinmogʻi lozim. Toki, bu doʻst 
uning ahvolini, harakat va atvorlarini koʻz ostida tutsin. Zohiriy yoki botiniy xunuk bir 
fe’lini koʻrsa unga tanbeh bersin.» 
Ulugʻ allomaning fikrlariga qoʻshimcha qilib deyishimiz mumkinki, «basiyratli doʻst» 
atamasini kitoblarga nisbatan ham qoʻllasak boʻladi. Bu oʻrinda kitoblarning eng ulugʻi, 
Allohning biz - bandalariga bergan ulugʻ ne’mati - Qur'oni Karimni, hadisi qudsiyni va 
Rasulullohning (s.a.v.) sahih hadislari jamlangan kitobni hamda bularga asoslanib 
yozilgan donolarning bitiklarini nazarda tutyapmiz. Bularni hamisha oʻqib yuruvchi, 
tushunib, toʻgʻri anglovchi va oʻqiganlariga amal qilgʻuvchi kishi hech qachon 
adashmaydi. 
Qadim-qadimdan komillik martabasiga yetganlar shunday yoʻlni tutganlar, ya’ni: Qur'on 
va hadislarga amal qilganlar va iymonli doʻstlarining nasihatiga quloq solganlar. Hazrati 
Umar, Alloh undan rozi boʻlsin, «Menga ayblarimni koʻrsatuvchi kimsaga Alloh xayr 
bersin!» deb duo qilar ekanlar. U muhtaram zot koʻpincha Solmon Forsiyga, Alloh undan 
rozi boʻlsin, murojaat qilar ekanlar. Bir kuni «Mening ayb va qusurlarimni ayting», 
deganlarida Solmon Forsiy avval u hazratdan uzr soʻrab keyin: «Eshitishimcha, 
dasturxonga ikki xil ziravor qoʻydirarmishsiz. Biri kunduzi, ikkinchisi kechasi kiyadigan 
maxsus ikki shimingiz bor emish?» - debdilar. Hazrat Umar bu dashnomni eshitib: 
«Bulardan boshqa yana aybim bormi?» - deb soʻrabdilar. Solmon Forsiy «Yoʻq», - deb 
javob qilganlarida u sharafli zot: «Shu ikkisi ham menga yetarli», - degan ekanlar. 
Hazrati Umar Huzayfadan, Alloh undan rozi boʻlsin, ham oʻz qusur va ayblarini soʻrab 
turar ekanlar. Hatto bir kuni u kishidan: «Sen munofiqlar masalasida Alloh Rasulining 
sirdoshi eding. Menda munofiqlik alomatlaridan biron belgi koʻrasanmi?» - deb soʻragan 
ekanlar. Hazrati Umar oʻz qadr-qimmatlarining yuksakligiga va martabalarining 
balandligiga qaramay, oʻz nafslarini hamisha shunday shubha ostida tutar ekanlar. 
Gʻazzoliy hazratlari ta’kid etmishlarkim: «Odam qanchalik aqlli va daraja jihatidan 
qancha yuksak boʻlsa, kibr va havo jihatidan shu daraja kichik boʻladi. Nafsini eng katta 
shubha ostida tutadigan inson ham shudir». 
«Lekin, ochigʻini aytganda, bunday xislatlarning bahosi oshib ketdi. Juda oz kishilar 
bunday fe’l-atvorlarga egadirlar. Doʻstu ulfat, oshna-ogʻaynilar orasida bir-biriga 
laganbardorlik qilmaydiganlar, birining ayb va qusurlarini naridan beri yoymaydiganlar, 
hasad qilmaydiganlar juda ozayib ketdi. Doʻst-ulfat, oshna-ogʻaynilar ichida, hech shak-
shubhasiz, hasadgoʻylar, gʻarazgoʻylik bilan ish yuritib, ayb va qusur boʻlmagan bir 
harakatingni ayb va qusur deb gap tarqatuvchilar yohud tabiiy laganbardorligi tufayli 
qusur va ayblaringni yuzingga aytmaydiganlar bor. Mana shunday sabablarga koʻra 
Dovud Toiy insonlardan ajrashib ketgan edi. Oʻzidan: «Nega insonlar bilan osh-qatiq 
boʻlmaysan?» deb soʻralganida shunday javob bergandi: 
-Menga ayb va qusurlarimni aytmaydigan insonlar bilan yaqin yurib nima qilaman? 
Dindor kishilar uchun eng sevimli narsa - boshqalarning tanbehi bilan oʻz qusur va 
ayblaridan voqif boʻlmoqdir. 
Mana, buyuklarimizning holi!.. Afsuski, bizning zamonamizda ish tersiga qarab ketdi. 
Ahvol shu darajaga yetdiki, endi bizlarga nasihat qiladigan, ayb va qusurlarimizni 
aytadigan kishilarni eng yomon insonlar oʻrnida koʻradigan boʻlib qoldik. Bu - 
iymonimiz zaiflashganining alomatidir. Chunki yomon fe’l-atvorlar - chaqongʻich ilonlar 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish