Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz
Reja:
1. Giyohvandlikka sabab boʻluvchi omillar
2. Giyohvandlikning oqibatlari
3. Biz giyohvandlikka qarshimiz
Giyohvandlik asr vabosi. Davlat nega u narsaga qarshi har yili budjetdan milliardlab mablagʻ ajratadi? ,Har qanday muammoni hal qilgandan koʻra uni oldini olgan afzalʼʼ,- deyishadi dono xalqimiz. Buni amalga oshirish uchun avvalo uni sababini aniqlash lozim. Bunday sabablar esa toʻqlikka shoʻxlik va deyarli hammamizga tanish boʻlgan bekorchilikdir. Giyohvandlikni hech qachon oʻzimizga butunlay notanish boʻlgan odam oʻrgatmaydi. Uni har doim oʻzimiz tanigan odam oʻrgatadi. Avval shunchaki qiziqtirib turib ular uchun ,,yengilʼʼ hisoblangan psixatrop dori vositasini taklif etadilar. Bazilar oladilar, ammo bazilar olmasa uni kamsitish orqali yani inson psixologiyasiga tasir etish orqali oʻzlarining maxsulotini ,,oʻtkazadilarʼʼ. Toʻgʻri, birinchi marta istemol qilsa odam koʻp narsani sezmasligi mumkin. Biroq tez orada organizm uni talab qila boshlaydi. Aynan shu damda inson oʻzida iroda topa olsa, biroz qiynalsa ham uni isteʼmol qilmasa giyohvandlik tasiriga tushmasligi mumkin. Afsuski hammada ham bunday iroda mavjud emas. Koʻpchilik shu holatda oʻz nafsining payiga tushadilar. Va yana qayta oʻsha ,,doriʼʼni qabul qiladi. Shunday qilib odam giyohvandlik domiga tortiladi.
Humori tutayotgan odam nima qiladi? Albatta giyohvand moddani izlashga tushadi. Shunda avval giyohvand moddani isteʼmol qilishga oʻrgatgan odamidan topishi aniq. Lekin uni hech kim tekinga berib qoʻymaydi. Uni olish uchun pul toʻlash lozim. Dastlab hamma pul topa oladi. Ammo vaqt oʻtgan sari moddaning dozasi orta boradi. Avval oddiy psixatrop dori vositalarini istemol qilsa keyinchalik qonunda taqiqlangan boshqa vositalar: qoradori, nasha-Kannabis va shu kabilarni istemol qilishga oʻtiladi. Va shunisi ham aniqki bu narsalarning narxi ham orta boradi. Shu holatda kimdir boshqalardan qarz olar, yana kimdir narsalarini sotishi mumkin, boshqalar esa yanada qingʻirroq yoʻlga qadam bosadilar, oʻgʻirlik qiladi. Mana shular giyohvandlikning oqibatlaridir. Qoʻlidan hech narsa kelmaydiganlar esa majburiy ravishda sotuvchiga qaram boʻladi. Aytgan ishini bajarishga majbur boʻladi. Giyohvand modda tasirida jinoyat sodir etish- qonunda jazoni ogʻirlashtiruvchi holat hisoblanadi.
Giyohvanflik bizga nima bera oladi? Deyarli hech narsa! Foydasi yoʻq zarari katta boʻlgan illatdir. Davlatimiz bu illatga qarshi kurash uchun har yili budjetdan milliardlab mablagʻ ajratadi. Tez tez bu holatlarga qarshi reydlar uyushtiriladi. Kun-u tun sidqidildan hizmat qiluvchi chegarachilarimiz tufayli taqiqlangan moddalarni mamlakatimizga kirib kelishiga toʻsqinlik qilinmoqda. Bu illat zarari haqida ommaviy axborot vositalarida deyarli har kuni maʼlumotlar berib borilmoqda. Bularning barchasidan biz yosh avlod kerakli hulosa chiqarishimiz lozim. Axir biz millatning ertasi-kelajagimiz. Oʻz taqdirimizga oʻzimiz javobgarmiz. Mamlakatimiz tomonidan yaratilgan shuncha imkoniyat boʻla turib bu illat tasiriga tushish bu hiyonatdir. Biz yoshlar yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda oʻzimizga, yurtimizga foyda keltiruvchi mashgʻulotlar bilan band boʻlishimiz lozim. Zero har qqnday illatning ,,otasiʼʼ bu bekorchilikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |