Vazelin moyi yoki suyuq parafin
(Oleum Vaselinum). Neftni qayta ishlanganda kerosin
haydab olingandan so’ng qoladigan fraksiya. Bu moysimon, rangsiz suyuqlik bo’lib, hidsiz va
surtmasiz, suvda erimaydi. Efir, xloroform, o’simlik moylari bilan har qanday nisbatlarda
aralashadi. Surtma tayyorlashda erimaydigan dori moddalarini suspendirlashda ishlatiladi.
Sun’iy vazelin
(Vaselini artificiale) — qattiq va suyuq parafin, serezin yoki
smolasizlantirilgan ozokerit va petrolatumdan tayyorlanadigan murakkab kotishma. Oddiy
kotishma esa 1 qism parafin va 4 qism vazelin moyidan iborat. Bu kotishma saqlanganda tez
buziladi. Serezin yoki petrolatum saqlagan qotishmalar chidamli bo’ladi.
Naftalan nefti
(Naphtha Naphthalani). Naftalan Ozarbayjonda kazib olinadi. Avvallari
naftalanda neft bilan tuldirilgan chuqurlarda bemorlar davolanganlar. Xozir alohida neftli
vannaga ega bo’lgan sanatoriya bor. Naftalan nefti quyuq sharbatga uxshash o’ziga xos hidli,
zangori fluoressensiyaga ega bo’lgan kora rangli suyuqlik. Suv bilan aralashmaydi. Spirtda kam
eriydi. Moy, yog’ va glitserin bilan har qanday nisbatda aralashadi. Naftalan nefti
dezinfeksiyalovchi va og’riq qoldiruvchi ta’sirga ega. I va II darajali kuyishni davolashda foyda
qiladi. Surtma asosi bo’lishi uchun unga parafin yoki vazelin qo’shilishi kerak.
Silikonli asoslar
Silikonli yoki poliorganosiloksanli birikmalar-yuqori molekulali kremniy saqlovchi
organiq birikmalardir. Ular shunday molekulalar zanjirini hosil qilib, o’zgaruvchi tarmoklardan
tashqil topib, kremniy va kislorod atomlaridan tashqil topadiki, bo’larda kremniyning bush
valentlari metil, etil, fenil radikallari bilan urin almashadi. Silikonli polimerlar chiziqsimon yoki
tursimon tuzilishga ega bo’lishi mumkin. Silikonli polimerlar rangsiz, yog’simon suyuqliklar
bo’lib, xalk xujaligining turli tarmoqlarida keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Farmatsiya uchun
ushbu xom ashyoning fiziologik bezararligi, kimyoviy jixatdan indifferentligi, gidrofobligi,
qovushqoqligining haroratga bog’liq emasligi muxim ahamiyatga ega.
Silikonli surtmalar teriga surtilganda kitiklovchi, para-allergik xossalarga ega emas. Ular
xuddi yog’lar kabi kishi terisi orqali issiqlik va gaz almashuvini bir oz sekinlashtiradi. Bu
xususiyatlari bilan vazelinli va uglevodorodli asoslardan farq qiladi. Silikonli suyuqliklarni kuz
uchun ishlatiladigan surtmalarga qo’shish mumkin emas, chunki ular kuzga kitiklovchi ta’sir
ko’rsatadi. Sanab o’tilgan silikonli suyuqliklardan polidietilsiloksanlar dorivor moddalarga
nojuya ta’sir ko’rsatmaydi. Kondensatsiya darajasi «5»ga teng bo’lgan polimer — «Esilon-4»,
15 ga teng bo’lgan polimer esa qisqacha «Esilon-5» deb ataladi. «Esilon-5» va «Esilon-4»
surtma asoslari tarkibiga kiradi. Ular vazelin moyi va o’simlik moylari bilan aralashadi, vazelin,
parafin, serezin, xayvon va o’simlik yog’lari bilan esa kotishma hosil qiladi. Ammo, balik moyi,
olein kislotasi, skipidar va metilsalitsilat bilan aralashishi uchun bu moddalar kerakli miqdorda
olinishi kerak. Mentol, kamfora, fenol, fenilsalitsilat, koramoy kabi moddalar polidietilsilakson
suyuqliklarida eriydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |