Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/215
Sana07.04.2022
Hajmi3,81 Mb.
#533686
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   215
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya

Atsetillangan
lanolin
. Lanolin sirka angidridi bilan tozalash yo’li bilan olinadi. 
Birinchidan, 5% gacha miqdorda qo’shilganda turg’un surtma dori asosini hosil qiladi, surtma 
dorilar hosil kilish konsistensiyasini (uz holatini) past haroratlarda saqlab tura oladi. 
Polioksietillangan lanolin
. Bu birikma oksietilen lanolinning efir guruhiga birikishi yo’li 
bilan hosil bo’ladi.Suvda eriydigan lanolin ikki markada olinadi: «Vodlan-45», rN 8 va «Vodlan-
60», rN 7,1. Polioksietillangan lanolin suyultirilgan etil spirtida ham eriydi. Agar 3% miqdorda 
qo’shilsa, yumshoq surtma dori (krem) asosi hosil bo’ladi. 
Polimerlangan glitserin hosilalaridan olingan emulgatorlar 
Bu guruhga T-2 va T-1 qattiq emulgatorlar yordamida olingan surtma dori asoslari kiradi, 
bu asoslar margarin ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ulardan birinchisi diglitserinning stearin 
kislotasi bilan hosil qilgan tulikmas mono-va diefirlari aralashmasidir. T-2 esa shu aralashmani 
triglitserin distearatlari bilan hosil qilgan aralashmasidir. 1956 yilda E.N.Kutumova T-2 
emulgatori asosida surtma dori asoslaridan birini yaratdi, tarkibi: 6 qism vazelin bilan 1 qism 
emulgatorning 3 qism emulsiya suvi aralashmasidan tashqil topgan bo’lib, ko’rinishi ok 
yumshoq surtma dori holidagi massa. 
Span emulgatorlari 
Bu sorbitanning yuqori yog’ kislotalari bilan bergan tulikmas efiridir. Sorbitan sorbitol olti 
atomli spirtidan hosil bo’ladi. Bu birikma xalkalanganda xuddi tetragidropiron va tetragidrofuran 
birikmalari singari tuzilishga ega bo’ladi. Sorbitan furan tuzilishida degidratlanganda bitsiklik 
angidrid holiga utadi va bu birikma sorbit deb ataladi, buni ham yog’ kislotalari bilan 
eterifikatsiyalash mumkin. Sorbitan bilan qanday kislota birikishiga qarab har xil spanlar hosil 
bo’ladi, bu spanlar asosdagi kislotasiga qarab har xil xususiyatli bo’ladi va shunga qarab 
nomlanishda nomerlari bilan farqlanadi. Span-20, Span-40, Span-60 va x.k.Spanlar lipofil 
birikmalardir. CHunki ular moylarda, spirt, atseton va xloroformda yaxshi eriydi. Suv-yog 
tipidagi emulsiya hosil qiladi. Ionlashmaydigan harakterdagi dorivor preparatlardan surtma dori 
tayyorlashda keng ishlatiladi. 
Emulgator-pentol. Turt atomli pentaeritrit spirt va olein kislotasining 19% mono-, 55% di- 
va tetraefirlaridan tuzilgan. Bu birikma Rossiya ilmiy tekshirish instito’tida sun’iy va tabiiy 
holatlarda olingan. bo’larni V.M.Gretskiy urganib farmatsiya amaliyotida ishlatishga tatbik etdi. 
Vazelin 5% pentol bilan turg’un yuqori dispers emulsion sistema hosil qiladi, bu 50-60 % suv 
bilan suv-yog tipidagi emulsion sistema , yuqori aktivlikka ega bo’lib, salbiy xossalari yuk. Bu 
asos saqlashga ancha turg’un, sovuq va qizdirganda ham o’z xususiyatini o’zgartirmasdan saqlab 
qoladi. 
Yog’-shakar emulgatori. yog’-shakar emulgatori saxarozaning yuqori yog’ kislotalari bilan 
hosil qilgan murakkab efiridir. Saxaroza va yog’ kislotalari (stearin, palmitin, laurin) bu 
emulgatorni olishda xom ashyo hisoblanadi, yoki bo’lar urniga o’simlik yog’lari va kokos, 
palmitat kislotalari aralashmalari ishlatilishi mumkin. Saxaroza molekulasida 8 OH guruhi bor 
bo’lib, ularni eterifikatsiya yo’li bilan har xil sirt aktivlik xususiyatini namoyon qiluvchi ko’plab 


birikmalarni sintez kilish mumkin. o’zining xususiyatiyatiga ko’ra sirt aktiv moddalardir va 
emulgator sifatida qo’llash mumkin. Palmitin va stearin kislotalarining diefirlari (2%) miqdorda 
vazelin moyi (47%) bilan suv (45%), metilsellyuloza (1%) va serezin (5%) ular bilan 
aralashtirilganda suv-yog tipidagi turg’un konsistensiyali emulsiya hosil bo’ladi. Metilsellyuloza 
va serezin bu erda ivituvchi vazifasini utaydi. Bu asos va dorivor moddalarning rezorbsiyasi 
(salitsil kislotasi, sulfatsil-natriy) vazelinga karaganda yaxshi natija beradi. Bu emulgator toza 
holda, rangsiz kristallik modda bo’lib, hidsiz va ta’msiz. 100 
0
S haroratgacha chidamli 120 
0

dan boshlab eriy boshlaydi. Organizmda yog’ kislotalariga, glyukozaga va fruktozaga 
parchalanadi. Terida allergik holatlarni chakirmaydi, rN ko’rsatkichni normal saqlab turadi, suv 
balansini ham normada ushlab turadi. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish