Ogriksizlantirish. Maxalliy infiltratsion anesteziya.
Operatsiya texnikasi. Qorinning urta chizigi buylab kindikdan pastda 1 sm
masofada skalpel bilan teri kundalangiga kesiladi. Ipak ip ( №8 ) bilan kesuvchi
ignada teri jaroxatniig yukorigi kirgogi tiqilib va qorinning oldingi devorini
qonussimon shaklda kutarib turib, bu ipdan tutkich sifatida foydalaniladi. Teri va
teri osti kletchatkasidagi jaroxat orkali aponevrozga troakar olib kelinadi va
aylanma xarakatlar bilan u yukori va birmuncha chaprok yunalishda, «tushib
ketgandek» sezgi paydo bo’lguniga kadar qorin bushligiga kiritiladi. Agar stilet
chikarib olingandan keyin troakar nayi buylab qorin bushligidan qon, ekssudat yoki
ut bilan buyalgan suyuklik okib chika boshlasa, qorin bushligi organlari
jaroxatlanganiga shubxa kolmaydi. Agar nayda suyuklik bo’lmasa, nay orkali qorin
bushligiga diametri 3-4 mm keladigan 10-12 ta teshigi bo’lgan xlorvinilli kateter
kiriiladi. Kateter ungga va yukori tomon (jigarga), chapga va yukoriga (talokka),
mutlako chapga (chap yonbosh kanaliga), pastga va ungga (kurichak va ung
yonbosh kanaliga) yuboriladi. Kateterii teshikli zonaga kirita turib, u orkali xar gal
qorin bushligiga shprits bilan 20-40 ml novokain yoki natriy xloridning izotonik
eritmasi yuboriladi, sungra shu shpritsning uzi bilan eritma kayta surib (aspiratsiya
qilib) olinadi.
LAPOROSKOPIYA Utgan asrning 60 yillarining urtalarida shoshilinch jarroxlikka laporoskopiya
usuli kirib keldi. Bu usul nafakat qorinning yopik jaroxatlarida, balki «utkir qorin»
ning anik bo’lmagan kurinishlarida va teshib utuvchi jaroxatlar a’zolar
jaroxatlarining joylashuvi va xarakterini aniklash uchun qilinadi.
Laparaskopni kiritishdan oldin pnevmoperitoneum operatsiyasi utkaziladi.
Odatda, kindikdan 2-3 sm pastrokda, qorinning ok chizigi buylab, Versii ignasi
yordamida punksiya qilinadi. Kamrok xolatlarda ung yonbosh chov soxasida Mak
Burney nuktasi orkali ba’zan chov soxasida puksiya qilinadi. Igna qorin bushligiga
tushganda shpritsning ichidagi novokain engil tarzda, porshenni bosmasa xam qorin
bushligiga tusha boshlaydi. Gaz kiritilgandan sung esa laporaskop kiritiladi.
Laporaskopiya kismi uchun troakarning kiritilishiga joy klinik kurinishga karab va
laporaskop kiritilganda kulaylik tugdirishga xarakat qilgan xolda tanlab olinadi.
Laparoskopni kiritish uchun kulay joylar kuyidagilardir:
1. Olim nuktasi-urta chizik buyicha kindikdan bir kundalang barmok pastda.
2. Kalkaning ung va chap yukori nuktalari-pararektal chizik buyicha
xanjarsimon usik va kindik satxidan utkazilgan masofaning urtasi.
3. Kalkaning pastki nuktalari ung tomonda - L.medioclavicularis yunalishi
buyicha kindik va simfizning yukori kirgogi satxlarining orasidagi masofaning
urtasi; chap tomonda – xuddi shu satxda paramedial chizik buylab.
Etarli shart-sharoit bo’lsa laporaskopiya video - endoxirurgik apparaturani
kullash bilan birga olib boriladi.
SHuning natijasida qorinning yopik a’zolarning lat eyishida ichki a’zolarning
jaroxatidan qon ketsa shoshilinch operatsiya qilish kerak bo’ladi. Qorinni teshib
utuvchi jaroxatlarida xam shoshilinch operatsiya qilish lozimdir.