QORIN BO‘SHLIG‘IDAGI A’ZOLARDA QILINADIGAN
OPERATSIYALARNING XUSUSIYATLARI.
Oshqozon-ichak traktida qilinadigan ko’pgina operatsiyalar 3
momentdan
iborat: Qorin bo’shligidagi a’zolarning ko’pchiligining ichi kavak bo’lganligi uchun
xam bu asosiy e’tiborni shu a’zolardagi operatsiyalarga qaratamiz.
1.
Ichi kavak a’zoni kesishga tayyorgarlik ko’rish.
2.
Ichi kavak a’zoni ochish.
3.
Ichak choklarini qo’yish.
I.Operativ muolaja qilinadigan a’zo qorin bo’shligidan chiqarilib, qorin
oldingi yon devoridagi katta salfetkalar ustiga chiqariladi. Ko’pincha
kesishdan
oldin a’zo skeletizatsiya (ya’ni boylamlardan ozod) qilinadi. Masalan: oshqozon
boylamlari uning rezeksiyasi vaqtida qon - tomirlari ikki ligatura orasiga olib,
boglanib, o’rtasidan kesiladi.
Oshqozon - ichak trakti ichida patogen mikroflora bo’lganligi uchun, bu
a’zolarning ichini ochganda qorin bushligi va
kavatlarni shu massa bilan
ifloslanmaslikni oldini olish kerak. Buning uchun operatsiya qilinayotgan a’zo
atrofdagi tukimalardan kalin va katta salfetkalar bilan izolyasiya qilinadi, ichakning
massasi kesishdan avval barmoklar bilan ichki tomonga sikib chikariladi. Ichak ichi
ligatura, yumshok ichak jomlari bilan berkitiladi. Operatsiyaning shu "iflos" etapi
utgandan sung kulkoplar, asboblar va izolyasiya
qiluvchi doka materiallarni
almashtirish lozim. Ichak jomlarini faqatgina ichak juda to’lib ketgandagina
ishlatiladi. CHunki ular maxalliy qon aylanishini buzadi (masalan, ichak
utkazuvchanligi buzilganda ichak jomini kullash mumkin). P. Ichi kavak a’zoni
kesish skalpel, piska (lezvie), kaychi, elektr pichok va
lazer nurlari orkali olib
borilishi mumkin. Lekin oshkozon-ichak trakti devorini elektr pichok va lazer nuri
bilan kesish iatijasida uning devorlari koagulyasiya bo’ladi va devorning bitib
ketishi 1,5 oydan 3
oygacha chuziladi, bu xolda koagulyasiya bo’lgan kavat
yiringlab tushib ketgan takdirdagina ichak devori bitishi mumkin. Buni Moskvadagi
Xalklar dustligi Universitetining meditsina fakulteti OXTA kafedrasining xodimlari
(CHibis va boshkalar, 1990) tajribada yaqqol ko’rsatib berdilar.
SHuning uchun
kesishda oshqozon - ichak devori kavatlarini koagulyasiya qilib jaroxatlamaydigan
asboblar (piska, skalpel) kullanishi maksadga muvofikdir.
SH. Ichak kavak a’zoni tikish-bu ichak choklari kuyilishi bilan amalga
oshiriladi. Bu choklar xar-xil a’zolar (qizilungach, oshkozon, ut pufagi va x.k.) da
kullanishiga karamay, umuman ichak choklari deb ataladi. Bunday deyilishi uchun 2
ta shart kerak:
1. Tiqilayotgan a’zoning ichi kovak bo’lishi kerak.
2. Uning tashki xolati seroz parda bilan koplangan bo’lishi kerak.
Ichak choklarining soni juda ko’p. Masalan: Tere va Boduinning (1842 yil)
ichak choklariga boglangan monografiyasida ichak choklarining
uslublarini sanab
chikishning uzi 400 varakni egallaydi. Lekin bo’larning xammasi xam ichak
choklariga kuyilgan talablarga javob bermaydi.