102
V bob. Oila va salomatlik
1. O‘ylab ko‘ring, nimalarni har gal yangisini xarid qilishga hojat yo‘q?
2. Daxldorlik va tejamkorlik o‘rtasida bog‘liqlik bormi? Bu fazilatlarni vatan-
parvarlikka qanday aloqasi bor?
3. Zokirjon tanaffus bo‘lishi bilan maktab sumkasini
ochdi-da, ichidan jo‘m-
rakni tuzatish uchun zarur bo‘lgan texnik asboblarni oldi. Sinfdoshlaridan
kimdir «Iya, santexnik ham o‘zimizdan ekan-da» degan gapiga ham par-
vo qilmadi. Sinfdagi ayrim bolalar unga ergashishdi.
Hamma oshxonaga
tushdi. Maktab oshxonasida qo‘l yuvish uchun mo‘ljallangan, buragichi
buzilganligi uchun tinmay sovuq suv tomchilab turgan jo‘mrakni tuzatish-
ga kirishdi. Suv to‘xtadi. Shunda kimdir «Shunga shunchami,
tomchilab
oqayotgan edi-ku, hech qayerga toshmayotgan bo‘lsa...» dedi. Bu vaziyat-
ni kuzatib turgan ustozi bolalarga quyidagi savollarni berdi: Siz nima deb
o‘ylaysiz, Zokirjonning bu ishi ....
Nuqtalar o‘rniga quyidagi so‘zlardan mosini qo‘ysangiz, bolalarning javo-
bini bilib olasiz:
vatanparvarlik, tejamkorlik, daxldorlik.
3-ijodiy faoliyat
Darsdan ijobiy saboq chiqarib
1. Tabiiy resurslarni tejash va isrofgarchilikning oldini olish uchun «Men
nima qila olaman?», «Biz nima qila olamiz?» mavzusida uchta katta guruh-
ga bo‘linib loyiha tuzing. Bu loyihani hayotga tatbiq etishni ta’lim muassa-
sasidan boshlang. Oilangiz a’zolari bilan nima ishlar qila olasiz?
2. Siz o‘ylab ko‘rganmisiz, bir kun uyingizga oqova suv kelmasa,
yoki uch
kun elektr energiyasi bo‘lmasa, qanday ahvolga tu-
shasiz? Fikringizni asoslang!
3. «Tejamkorlikka yo‘l qo‘ymagan
odam kam-
izohlaysiz?
4. «Har narsaning o‘lchovi bor, shuning qatori-
da...» Yana nimalarning o‘lchovi va uvoli bor.
Do‘stlaringiz bilan shu haqda suhbatlashing.
103
Tarbiya 8-sinf
Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini
aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi,
bugungi tinch va
osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini
yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash
– odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik,
omonlik kerak, deb
yashaydigan bag‘rikeng va oliyjanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Shavkat MIRZIYOYEV
1. Siz xotirlash deganda kimlarni xotirlash kerak deb o‘ylaysiz? Fikringizni
asoslab bering.
2. «O‘tganlarni xotirlash – yuksak insoniy fazilat» degan fikrni izohlashga
harakat qilib ko‘ring.
3. Xotirlash qachon muqaddas burchga aylanadi?
4. Milliy qadriyatlarimizda «O‘tganlarni yaxshilik bilan eslang» deyiladi.
Kimlar yaxshi xotira bilan eslanadi?
Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir.
Insoniyat
Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, ayovsiz jang-u jadalda qahramonlarcha
halok bo‘lganlar xotirasini aslo unutmaydi. 9-may – «Xotira va qadrlash
kuni» mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘. O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini,
jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: