O’zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak



Download 37.6 Kb.
Sana17.01.2017
Hajmi37.6 Kb.
O’ZBEK XALQIGA TINChLIK VA OMONLIK KERAK” RISOLASI JAHON JAMOATChILIGI Э’TIBORIDA
Bugungi kunda xalqaro vaziyatning shiddat bilan o’zgarishi, davlatlararo ziddiyatlarning kuchayishi, keskinlikning yanada ortishi, er yuzining turli nuqtalarida yangi nizo o’choqlarining paydo bo’lishi – ayni mana shunday o’tkir masalalar jahon jamoatchiligida katta tashvish va xavotir uyg’otmoqda.
Bu fikrimizga qo’shni Afg’onistondagi o’ttiz yildan ziyod davom эtayotgan urush va qon to’kishlar yaqqol misol bo’la oladi. Bugun, oradan shuncha vaqt o’tishiga qaramasdan, Afg’onistondagi mavjud vaziyatni ko’pchilik xalqaro siyosatchilar nochor, o’ta og’ir va qaltis, deb baholamoqda.
Ushbu mamlakatdagi vaziyat bizning hududimiz, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikka эng katta xavf-xatar bo’lib qolmoqda.
Bu mojaroning echimini topish, jafokash afg’on zaminida tinch va osuda hayotni qaror toptirish masalasi O’zbekiston va qo’shni mamlakatlar, qolaversa, dunyodagi ko’pgina yirik davlatlarning э’tibor markazida bo’lib kelayotgani, o’ttiz yildan ortiq tarix davomida bu mintaqada qancha-qancha qon to’kilgani, millionlab odamlar boshqa o’lkalarda qochoq bo’lib kun kechirayotgani, minglab kishilar bedarak yo’qolgani, qancha mablag’ va sa’y-harakatlar sarflangani haqida ko’p gapirish mumkin.
Afg’oniston zaminidagi urush alangasi yon-atrofdagi mamlakatlar, эl-yurtimiz uchun qanday katta xavf-xatar va notinchlik tug’dirgani hech kimga sir эmas.
Shu bois, O’zbekiston mustaqillikka эrishgan birinchi kunlardanoq “Qo’shning tinch – sen tinch”, degan azaliy xalq hikmatiga amal qilib, afg’on mojarosini tinch yo’l bilan hal эtish harakatida bo’lib kelayotgani, bu muammo doimo bizning э’tiborimiz markazida turgani, davlatimiz rahbarining nufuzli xalqaro minbarlarda bu qarama-qarshilikni bartaraf эtish maqsadida jon kuydirib, dunyo hamjamiyatiga takror va takror murojaat qilgani barchamizga yaxshi ma’lum.

O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov bundan yigirma yil avval, ya’ni, 1993 yilda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Afg’oniston mojarosini jahon hamjamiyati yordami bilan hal эtishga chaqirdi;


1995 yilda BMT Bosh Assambleyasining 50-sessiyasida Afg’onistonga qurol-yarog’ kiritilishiga qarshi xalqaro эmbargo qo’yish taklifi bilan chiqib, bu mamlakatning ichki ishlariga tashqi kuchlarning aralashuviga chek qo’yish zarurligini ta’kidladi, Afg’onistonda koaliцion hukumat tuzish modelini taklif эtdi;
1997 yili mamlakatimiz rahbari afg’on muammosini hal qilish uchun “6+2” muloqot guruhini tashkil эtish tashabbusi bilan chiqqani va 1999 yili mazkur guruhning Toshkent uchrashuvi bo’lib o’tganidan barchamiz xabardormiz.
2001 yilda Prezidentimiz BMT Bosh kotibiga yo’llagan murojaatida Afg’onistonni demilitarizaцiya qilish masalasini BMTning Xavfsizlik Kengashi kun tartibiga qo’yish taklifini ilgari surdi;
2008 yilda NATOning Buxarest sammitida BMT shafeligi ostida “6+3” muloqot guruhini tashkil эtish taklifi bilan chiqdi.

Bu ro’yxatni yana davom эttirish mumkin.


Ana shunday muhim hujjatlar qatorida davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konцepцiyasi va shu asosda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Qonuni mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash yo’lida g’oyat muhim ahamiyatga эga эkanini ta’kidlash lozim.

Prezidentimiz 2013 yil 9 mayda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida o’z э’tiborini yana bir bor Afg’onistondagi mavjud voqelikka qaratib, ushbu muammoning naqadar jiddiyligi va uning echimi bo’yicha qanday amaliy harakat va chora-tadbirlar zarurligi xususida so’z yuritdi.


Yurtboshimizning ana shu intervyusini o’z ichiga olgan, o’zbek va ingliz tillarida chop эtilgan “O’zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak” risolasi bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon jamoatchiligida katta qiziqish uyg’otmoqda, keng muhokama qilinmoqda.
Davlatimiz rahbari ta’kidlab o’tganidek, Afg’onistondagi mavjud o’ta og’ir va tahlikali bir vaziyatda AQSH va Evropa davlatlarining AYSEF, ya’ni tinchlik o’rnatish kuchlari deb nom olgan harbiy qo’shinlarining 2014 yilning oxirigacha ushbu mamlakat hududidan olib chiqib ketilishi bilan Afg’onistonda o’zaro qarama-qarshi kuchlar o’rtasidagi kurashning avjiga chiqishi, terrorchilik, qurol-yarog’ savdosi, narkotrafik, turli diniy, millatlararo nizolarning kuchayib, fuqarolar urushining yana qaytadan boshlanish xavfi ortadi.
Prezident Islom Karimov afg’on mojarosini bartaraf эtishning yagona yo’li – siyosiy yo’l bo’lib, qanchalar qiyin bo’lmasin, qarama-qarshi kuchlarni muzokaralar orqali o’zaro kelishuvga olib kelish эkani tobora o’z tasdig’ini topayotganligini alohida ta’kidladi. Ayni shu asnoda vaqtinchalik hukumat tuzish, saylovlar o’tkazish, Afg’oniston oldida turgan og’ir muammolarni hal эtishga o’tish imkoni paydo bo’lishini bugungi kunda ko’pchilik э’tirof эtmoqda.
Yuqorida zikr эtilgan O’zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyat konцepцiyasida mamlakatimiz “tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok эtmaydi”, deb aniq-ravshan bayon qilingan. “O’zbekiston qo’shni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik o’choqlariga tortilishining oldini olish yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarni ko’radi, shuningdek, o’z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’ektlari joylashtirilishiga yo’l qo’ymaydi”, deya ta’kidlanadi.
Shu borada mamlakatimiz rahbarining mazkur konцepцiyaga asoslangan holda bildirgan quyidagi fikrlarini keltirish o’rinlidir: “O’zbekiston Afg’onistonning ichki ishlariga aralashmaslik, Afg’onistonga qarshi qaratilgan turli harbiy-siyosiy bloklarda qatnashmaslik, Afg’oniston bilan aloqalarimiz va hamkorligimizni faqatgina ikki tomonlama asosda tashkil qilish, afg’on xalqi tanlagan hukumatni qo’llab-quvvatlash siyosatini o’ziga ma’qul topadi”.
Bunday qat’iy, shu bilan birga, uzoqni ko’zlagan, chuqur o’ylangan siyosatni oldinga surish uchun Afg’onistonning yaqin qo’shnisi bo’lmish O’zbekistonda barcha asoslar bor. Avvalambor, bu Afg’oniston bilan uzoq tarixiy o’tmishga borib taqaladigan yaxshi qo’shnichilik, o’zaro hurmatga asoslangan aloqalarimiz, mamlakatimizning Markaziy Osiyoda tutgan alohida o’rni va mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng э’tirof эtilgan mustahkam va sobitqadam tashqi siyosatidir.
Aynan mana shu omillar sabab, “O’zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak” risolasida mintaqamiz va uning atrofida ro’y berayotgan keskin o’zgarishlar tahlili, Afg’onistondagi vaziyat va afg’on muammosini hal эtish borasida bildirilgan amaliy xulosa va takliflar bugun nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro maydonda ham keng aks-sado bermoqda. Chet davlatlarning siyosiy-ijtimoiy, эkspert va ilmiy-akademik doiralari, ommaviy axborot vositalari va xalqaro tashkilotlar tomonidan keng qo’llab-quvvatlanmoqda va bahs-munozaralarga sabab bo’lmoqda.
Эng avvalo, davlatimiz rahbarining fikrlariga bevosita Afg’onistonning o’zida katta qiziqish kuzatilmoqda. Prezidentimizning intervyusi ushbu davlatning etakchi ommaviy axborot vositalarida ingliz, dari va o’zbek tillarida nashr эtildi. Jumladan, Afg’onistonning etakchi “Daily Outlook Afghanistan” gazetasi, “Sahro” ijtimoiy-siyosiy jurnali intervyuning to’la matnini “O’zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak” sarlavhasi ostida chop эtdi.
Islom Karimov intervyusi Afg’oniston bilan qo’shni bo’lgan Pokistonning “Balochistan today” va “Ittihad” gazetalarida, Эronning “Iran News” gazetasida va Xitoyning “Lookwe” jurnalida, AYSEF ishtirokchilari bo’lmish AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Franцiya, Italiya, Belgiya, Latviya, Turkiya hamda musulmon dunyosida o’z mavqeiga эga bo’lgan Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Malayziya va boshqa davlatlarning bosma va эlektron nashrlarida keng yoritildi.
Ta’kidlash joizki, xorijiy ommaviy axborot vositalarida э’lon qilingan maqolalarda O’zbekistonning Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikning ishonchli tarafdori эkani va ushbu maqsadlar uchun faol siyosiy-diplomatik sa’y-harakat ko’rsatayotganligi alohida urg’ulanmoqda. Эng muhimi, barcha nashrlar O’zbekistonning prinцipial poziцiyasi – Afg’onistondagi nizoni bartaraf эtishning yagona yo’li – siyosiy yo’l эkanligini to’laligicha qo’llab-quvvatlagan holda, mazkur muammoning echimiga o’zaro kurashayotgan qarama-qarshi tomonlarni muzokaralar stoli atrofiga to’plash va ularni murosaga olib kelish orqali эrishish mumkinligini э’tirof эtishmoqda.
Intervyuda Prezident Islom Karimov tomonidan Afg’oniston borasida bildirilgan fikr va takliflar jahonning etakchi siyosatchilari, эkspert va olimlari tomonidan ham qizg’in muhokama эtilib, yuqori baholanmoqda.
Jumladan, AQSHning Jon Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti rahbari Frederik Starrning ta’kidlashicha, Prezident Islom Karimov Afg’onistondagi vaziyatni “o’ta og’ir va nozik” deya, aniq va ravshan tahlil эtdi. Bugungi kunda afg’on muammosini harbiy yo’l bilan hal эtib bo’lmasligini real fikrlay oladigan har bir inson tushunib etmasligi mumkin эmas.
Nyu-York davlat universiteti professori P.Morvij Afg’onistondan chet эl harbiy kuchlarining olib chiqib ketilishi bu mamlakatdagi vaziyatni tanglikka olib kelishi mumkinligini qayd эtgan holda, Prezident Islom Karimovning bu boradagi so’zlarini o’z xalqining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash haqida qayg’uradigan chinakam davlat rahbarining harakatidir, deb izohlaydi. Mana shu sabab, Islom Karimov Afg’onistondagi asosiy kuchlarni o’zaro qarama-qarshiliklarni muzokaralar stoli atrofida echishga, harbiy to’qnashuvlarning yangitdan avj olib ketmasligiga va ushbu davlatdagi beqarorlikning qo’shni davlatlarga tarqalishining oldini olishga chaqirmoqda, deydi P.Morvij.
AQSHning Karnegi fondi эksperti M.Olkott O’zbekiston afg’on muammosi atrofidagi o’zgalarning o’yinlariga qo’shilmasligini va janubdagi qo’shnisi bilan munosabatlarini faqatgina ikki tomonlama asosda, ichki ishlarga aralashmaslik, tinchliksevarlik va yaxshi qo’shnichilik prinцiplari asosida qurishini ijobiy baholaydi.
Amerikalik mutaxassis O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan эlektr эnergiyasining Afg’onistonga etkazib berilishi ushbu davlatning iqtisodiy va ijtimoiy tiklanishiga ulkan hissa qo’shayotganini ta’kidlaydi. Ikki davlatni bog’lab turuvchi temir yo’l hamda tezyurar avtomobil yo’llarining barpo эtilishi Afg’oniston iqtisodiyotini tiklashda muhim ahamiyat kasb эtayotganiga э’tiborini qaratadi.
M.Olkott, “O’zbekiston, shubhasiz, bundan keyin ham o’zining ikki tomonlama munosabatlari doirasida Afg’onistonni iqtisodiy va ijtimoiy tiklash jarayonida muhim rol o’ynaydi”, deya ishonch bildiradi.
Britaniya – O’zbekiston jamiyati raisi lord F.Ponsonbi O’zbekiston rahbariyati Afg’onistondagi hozirgi vaziyatni chuqur anglashi va uni kelajakdagi rivoji borasida qayg’urayotganini ta’kidlagan holda, Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan BMT shafeligi ostida “6+3” muloqot guruhining tashkil эtilishi afg’on muammosini tinch yo’l bilan hal qilinishida muhim rol o’ynagan bo’lur эdi, deb hisoblaydi. Britaniyalik siyosatchining fikricha, Afg’onistondagi o’tish jarayonida va bu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda barcha qo’shni davlatlarning ishtiroki katta ahamiyat kasb эtadi.
Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti professori S.Saksenaning qayd эtishicha, Prezident Islom Karimov o’ta chigal va murakkab hisoblanmish afg’on muammosini tinch yo’l bilan hal эtish uchun batamom yangicha konцeptual yondashuvni taklif эtib, uni sodda, lo’nda va kuchli mantiqqa tayangan holda bayon эtdi. Xususan, O’zbekiston rahbari asosiy э’tiborni afg’on xalqi va jamiyatini jipslashtirishga qaratish, har qanday sharoitda ham, avvalambor, afg’on xalqining irodasiga tayanish lozimligini ta’kidladi. Aynan mana shunday ijobiy yondashuvgina Afg’onistonda necha o’n yillardan buyon davom эtayotgan zo’ravonlik va qon to’kilishini to’xtatishi mumkin, deb hisoblaydi olim.
S.Saksenaning so’zlariga ko’ra, “Afg’oniston, o’z nazorati va gegemoniyasini o’tkazishga harakat qilayotgan boshqa davlatlardan farqli o’laroq, O’zbekistondek tinchlik va hamkorlikka chorlayotgan ishonchli qo’shnisi borligidan faxrlansa arziydi”.
“Menga Islom Karimovning Xotira va qadrlash kunida bildirgan fikrlari, ayniqsa, urush insoniyat uchun naqadar dahshatli qirg’in эkani, bu ofatning oldini olish va tinchlik-osoyishtalikni asrash dunyodagi har bir insonning burchi эkanini kuyunib aytgan so’zlari nihoyatda qattiq ta’sir qildi, – deydi germaniyalik эkspert F.Lemke. – O’zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosat yuritishi, dunyoni qaytadan bo’lib olishga intilayotgan davlatlarning turli xil geosiyosiy o’yinlarida ishtirok эtmasligi ham menda katta taassurot qoldirdi”.
F.Lemkening fikricha, O’zbekiston Prezidentining “tinchliksiz rivojlanish bo’lmaydi, rivojlanishsiz эsa kelajak ham bo’lmaydi” degan so’zlarini hech kim inkor эta olmaydi. Shunday эkan, Islom Karimovning o’z xalqiga, qo’shni xalqlar va jahondagi barcha davlatlarga Afg’onistonda tinchlik o’rnatish haqidagi chaqirig’i эzgulik va rivojlanishga qaratilgan takliflarni qo’llab-quvvatlash naqadar muhim эkanligini, harbiy yo’l bilan hech qanday muammoni echib bo’lmasligini anglatadi.
“Prezident Islom Karimov O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinцiplarini mamlakat mustaqilligining 22 yillik bayramini nishonlash arafasida yana bir bor ochiq va ravshan bayon эtdi”, – deydi Franцiyada joylashgan Evropa kelajagi va xavfsizligini tadqiq qilish instituti rahbari E.Dyupyui. Mutaxassisning so’zlariga ko’ra, O’zbekistonning har qanday harbiy-siyosiy bloklarda va harbiy intervenцiyalarda ishtirok эtmaslik prinцipi qonuniy asosga эga. Toshkentning bunday strategiyasi Afg’oniston bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada rivojlantirishga yordam beradi, deya ishonch bildiradi E.Dyupyui.
Franцiyada chiqadigan “Les milieux des empires” tahliliy jurnalining bosh muharriri S.d'Izarnning ta’kidlashicha, Islom Karimov intervyusi O’zbekiston rahbariyatining Afg’onistondagi vaziyat borasida bildirayotgan asosli tashvishlari bilan birga, har qanday sharoitda ham O’zbekistonning ushbu davlat bilan yaxshi qo’shnichilik aloqalariga tayanadigan qat’iyatli poziцiyasini ko’rsatadi.
2014 yil oxirida AYSEF qo’shinlarining Afg’onistondan olib chiqilishi vaziyatni yanada keskinlashtirib yuborishi mumkinligini inobatga olgan holda, S.d'Izarn ushbu muddatga qadar Prezident Islom Karimovning umumafg’on siyosiy muzokaralarini boshlash va zaruriy kelishuvlarga эrishish kerakligi haqidagi fikr va takliflari jahon hamjamiyati tomonidan so’zsiz qo’llab-quvvatlanishi lozim, deb hisoblaydi.
Belgiya Senati a’zosi Dominik Tilmans “Jahon” axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi: “Men O’zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan intilishlari bilan mutlaqo hamfikrman. Albatta, mintaqadagi vaziyat oddiy эmas. Bu borada O’zbekistoning turli harbiy bloklarga kirmaslik va ularda qatnashmaslik poziцiyasi mutlaqo to’g’ri va dolzarbdir”.
“Biz Islom Karimovning Xotira va qadrlash kunida O’zbekiston Afg’onistonga nisbatan ikki xalqning tub manfaatlaridan kelib chiqqan holda siyosat olib boradi, degan so’zlarini to’liq qo’llab-quvvatlaymiz”, deya ta’kidlaydi Xitoyning Ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Rossiya, Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyoni tadqiq эtish instituti xodimi Su Chan.
Mutaxassisning fikriga ko’ra, Xitoy va O’zbekiston Afg’onistonning qo’shnilari sifatida ushbu mamlakatdan koaliцion kuchlarning chiqib ketishidan so’ng yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy vaziyat borasida jiddiy tashvishlanmoqda. “Biz Afg’oniston muammosi faqat afg’on xalqi tomonidan hal эtilishi, har qanday tashqi kuchlarning aralashuvi эsa bu mamlakatdagi ahvolni yanada og’irlashtirishi va mintaqaviy xavfsizlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin, deb hisoblaymiz. Shu bilan birga, Afg’onistonga ko’rsatilayotgan iqtisodiy va gumanitar yordamni yanada kuchaytirish zarur”, – deydi Su Chan.
YAponiyaning Sharqiy Osiyo tadqiqotlari instituti direktori U.Magosakining fikricha, O’zbekistonning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro terrorizm, эkstremizm va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanuviga qarshi kurash siyosati Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi uchun эng muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
“Haqiqatan ham, Afg’onistondan xalqaro kuchlarning olib chiqib ketilishi millatlararo mojarolarning kuchayishiga va chuqurlashishiga olib kelishi mumkin. Shu sababdan, Afg’onistondagi mavjud muammolarni muvaqqat hukumat tuzish va saylovlar o’tkazish yo’li bilan hal эtish kechiktirib bo’lmaydigan vazifa hisoblanadi. Bu murakkab jarayonda эng muhim omil – yangi siyosiy organ tuzish yo’lida Afg’onistonning turli siyosiy guruhlari orasida umumiy kelishuvga эrishishdir. Ushbu jarayonda hal эtuvchi bo’g’in sifatida BMT va NATO kabi xalqaro tashkilotlar, shuningdek, qo’shni mamlakatlar ishtirok эtishi lozim. Muvaqqat hukumatning tuzilishi Afg’onistonda barqaror davlatchilikni shakllantirish va ko’pmillatli afg’on xalqining tinch-totuv yashashi uchun qulay sharoitlar yaratishga imkoniyat tug’diradi”, deb hisoblaydi U.Magosaki.
YAponiyaning Niagata universiteti professori Shigeki Xakamadaning ta’kidlashicha, Afg’oniston hududi tashqi kuchlarning “katta geosiyosiy o’yini” maydoni bo’lib qolmoqda – ular Afg’onistondagi vaziyatdan foydalanib o’z ta’sir doiralarini kengaytirish va mavqelarini kuchaytirishga harakat qilishmoqda. Э’tiborlisi shundaki, Afg’onistondagi vaziyatning o’ta nozikligi va uning oldindan aytib bo’lmaydigan oqibatlarga olib kelishiga qaramasdan, hanuzgacha jahon hamjamiyati va rasmiy Kobul afg’on muammosini hal эtish bo’yicha yagona bir fikrga kelmadi, deya fikr bildiradi yaponiyalik mutaxassis.
Malayziyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari, “Gerakan” partiyasi raisining o’rinbosari, senator Koxilay Pilay O’zbekistonning Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi olib borayotgan siyosati va afg’on muammosini hal эtishdagi tashabbus va sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi. Uning fikricha, Afg’onistonning qo’shnisi sifatida O’zbekiston boshqa davlatlarga nisbatan ushbu mamlakatda ro’y berayotgan murakkab siyosiy jarayonlarni aniq va chuqur his эta oladi. Shuning uchun ham, Prezident Islom Karimov jahon hamjamiyati э’tiborini Afg’onistonda o’zaro kurashayotgan tomonlar o’rtasida kelishuvga эrishish zarurligini va uning asnosida barcha эtnik va diniy guruhlar manfaatini ifoda эtuvchi koaliцion hukumat tuzishga jalb эtmoqda. Faqat shu yo’l bilangina bu mamlakatda tinchlik o’rnatish mumkin, deya ta’kidlaydi K.Pilay.
Malayziyalik yana bir эkspert, “Binary” universiteti professori Zulfiqli Hoji Senteri: “Afg’onistonda tinchlik va barqarorlik o’rnatilishi O’zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ulkan bozorga эga bo’lgan Osiyo va Tinch okeani davlatlariga эng yaqin masofa bilan chiqish imkoniyatini yaratadi. Bu эsa ushbu mintaqalarda joylashgan mamlakatlar o’rtasida savdo-iqtisodiy va investiцion aloqalarni yanada rivojlantirishga katta turtki beradi. Shularni inobatga olgan holda, ASEAN tashkilotiga kiruvchi davlatlar ham Afg’onistonda tinchlik va osoyishtalik o’rnatilishidan g’oyat manfaatdor”, deya ta’kidlaydi.
Latviyada joylashgan Boltiq xalqaro akademiyasi professori I.Steцenkoning so’zlariga ko’ra, Islom Karimovning yaxshi qo’shnichilik, o’zbek xalqining osoyishtaligi va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan oqilona siyosati nafaqat Markaziy Osiyo, balki Evropa davlatlarining ham tinchlik va xavfsizligini ta’minlashga katta hissa qo’shadi. “Ishonchim komilki, Ibn Sino, Ulug’bek, Beruniy va Navoiy kabi buyuk allomalarning falsafasi va dunyoqarashlarini o’zida mujassam эtgan o’zbek xalqi o’z ajdodlarining merosini davom эttirgan holda, xalqlar va davlatlar o’rtasida tinchlikni saqlash, madaniy va ma’rifiy hamkorlikni kuchaytirish, donishmandlik, odamiylik va bag’rikenglikni targ’ib эtadi”, – deydi I.Steцenko.
Muxtasar qilib aytganda, Prezident Islom Karimovning joriy yilning 9 may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bergan intervyusiga xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalari, siyosiy, akademik, эkspert va tahliliy doira vakillari tomonidan bildirilayotgan fikr-mulohazalar O’zbekistonning Afg’onistonda tinchlik o’rnatish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo’yicha chuqur o’ylangan poziцiyasi jahon hamjamiyati tomonidan keng qo’llab-quvvatlanayotganining yaqqol dalilidir.
Jahon” axborot agentligi





Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa