AQSHning Karnegi fondi эksperti M.Olkott O’zbekiston afg’on muammosi atrofidagi o’zgalarning o’yinlariga qo’shilmasligini va janubdagi qo’shnisi bilan munosabatlarini faqatgina ikki tomonlama asosda, ichki ishlarga aralashmaslik, tinchliksevarlik va yaxshi qo’shnichilik prinцiplari asosida qurishini ijobiy baholaydi.
Amerikalik mutaxassis O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan эlektr эnergiyasining Afg’onistonga etkazib berilishi ushbu davlatning iqtisodiy va ijtimoiy tiklanishiga ulkan hissa qo’shayotganini ta’kidlaydi. Ikki davlatni bog’lab turuvchi temir yo’l hamda tezyurar avtomobil yo’llarining barpo эtilishi Afg’oniston iqtisodiyotini tiklashda muhim ahamiyat kasb эtayotganiga э’tiborini qaratadi.
M.Olkott, “O’zbekiston, shubhasiz, bundan keyin ham o’zining ikki tomonlama munosabatlari doirasida Afg’onistonni iqtisodiy va ijtimoiy tiklash jarayonida muhim rol o’ynaydi”, deya ishonch bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |