Britaniya – O’zbekiston jamiyati raisi lord F.Ponsonbi O’zbekiston rahbariyati Afg’onistondagi hozirgi vaziyatni chuqur anglashi va uni kelajakdagi rivoji borasida qayg’urayotganini ta’kidlagan holda, Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan BMT shafeligi ostida “6+3” muloqot guruhining tashkil эtilishi afg’on muammosini tinch yo’l bilan hal qilinishida muhim rol o’ynagan bo’lur эdi, deb hisoblaydi. Britaniyalik siyosatchining fikricha, Afg’onistondagi o’tish jarayonida va bu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda barcha qo’shni davlatlarning ishtiroki katta ahamiyat kasb эtadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |