Hozirda tabiiy jarayonlar murakkab kechayotgani
uchun u jamiyat
yetuklikni talab qiladi.
Tabiatni asrash tuyg‘usiga ega bo‘lish, o‘simliklar hamda hayvonlarga
nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga, tabiat zaxiralaridan oqilona foydalanish,
ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urishga qaratilgan amaliy faoliyatni o‘zida
mujassam etadi.
10 ta eng muhim qoida
Insonning atrof-muhitga va tabiatga bo‘lgan munosabati qanday bo‘lishi
kerak?
– 10 ta qoidani yozing.
– O‘z partadoshingiz bilan muhokama qiling. Eng zarur degan 10 ta so‘zni
belgilab oling.
– 1-2; 3-4 partadagi o‘quvchilar o‘zaro muhokama qilishadi. Ular ham eng
zarur bo‘lgan 10 ta so‘zni belgilab olishadi.
– O‘quvchilar
uch katta guruhga birlashib, eng zarur degan 10 ta fikrni
qoldirishadi.
Har bir guruh o‘z
taqdimotini amalga oshiradi, tahlillar asosida 10 ta
qoidani ajratib oladi.
Har bir qoidaga o‘zingiz qanday amal qilasiz? Buni aniqlab olish uchun «Men
va tabiat», «Tabiatga mening munosabatim» mavzusida daftaringizga kichik
hikoya yozing. Bunda, albatta, sinf tomonidan qabul qilingan 10 ta qoidani asos
qilib oling.
Tabiatga
bir saxovat qilinsa, yuz saxovat
bo‘lib qaytadi.
Mulohaza uchun
Ma’naviyat xazinasidan
96
97
Tarbiya 8-sinf
1. Nimani qanday tejash kerak?
2.
Ehtiyojlarimiz cheksiz, imkoniyatimiz cheklangan deganda nimani
tushunasiz?
3. Vaqtni, tabiiy resurslarni, salomatlikni qanday tejash mumkin? Nimalarni
tejab ishlatishni taklif qilasiz?
4. Nimani tejamaslik lozim? Masalan, vaqtni nimadan tejamas-
lik kerak? Salomatlikni qanday asrasa bo‘ladi? So‘zni tejash
shartmi? O‘ylab ko‘ring va o‘z munosabatingizni bildiring.
5. Quyidagi matnlarni o‘qing. Undagi ma’lumotlarni
tejamkorlik bilan qanday aloqasi bor?
Taniqli adib Mark Tven bo‘sh vaqtida
biror nima
ixtiro qilishga qiziqqan. U 1872-yildan boshlab 57
turdagi albom va bloknotlarni patentlab, 50 000 AQSH
dollari foyda ko‘rgan.
Tadbirkor Jon Shnatter pitsa ishqibozi edi. Bo‘sh
vaqtlarida turli pitsalar tayyorlagan. 1987-yildan u o‘zini
batamom shu qiziqishiga bag‘ishlaydi va shu tariqa «Papa
Johns» tamaddixonasi paydo bo‘ldi. Ayni kunda dunyoning 37
mamlakatida 4700 dan ziyod «Papa Johns» shoxobchalari bor.
Mark Tven va Jon Shnatterlar nimani tejashgan?
Ular nimalarni imkoniyat boricha ishlatishgan va
oqibati qanday natija bergan?
Hobbi yoki shaxsiy
qiziqish inson hayotiga qanday ta’sir qiladi?
Nega qiziqishlarini biznesga aylantirgan-
larning ko‘pchiligi muvaffaqiyatli?
Shaxsiy qiziqishingizni amalga oshirish uchun
vaqtingizni nimadan
tejashingiz va nima uchun
sarf qilishingizni hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bu
ishingiz sizning hayotingizda qanday o‘zgarish
yasashi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: