220
X BOB. SUG‘URTA BIZNESINI SOLIQQA TORTISH TURLARI VA
UNING TARTIBI
10.1 S
ug‘urta biznesini tartibga solishda soliqlarning zarurligi va
ahamiyati
Sug‘urta tashkilotlari yuridik shaxs sifatida soliq qonunchiligida soliq
to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. Shu boisdan, sug‘urta tashkilotlari soliq to‘lovchi
sifatida ularning huquq va majburiyatlari Soliq kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan.
Sug‘urta tashkilotlari soliqlarni qonunchilikda belgilangan
tartibda maxalliy va
davlat byudjetiga to‘lab boradilar.
Sug‘urta faoliyati ham tijorat faoliyatining shakllaridan biri
hisoblanadi.
Demak, sug‘urta faoliyatining maqsadlaridan biri ham foyda olishga qaratilgandir.
Soliq kodeksiga muvofiq yuridik shaxs sifatida daromad (foyda) solig‘i va boshqa
soliq turlarini maxalliy va davlat byudjetiga to‘lashlari ta’kidlab o‘tilgan.
Umuman olganda sug‘urta faoliyatini butunligicha qamragan holda soliqlar
orqali tartibga solib bo‘lmaydi. Chunki faqatgina davlat oldidagi soliqlarni to‘lash
bilan bog‘liq munosabatlarni nazorat qilish bilan cheklanishi mumkin. Soliqlar
sug‘urta faoliyatiga faqatgina qonunlarda nazarda tutilgan
soliq huquqbuzarligi
ro‘y berganda ushbu huquqbuzarlikni bartaraf etish uchun, qolaversa shu sababli
soliq to‘lashdan qochish holatlari, daromadni yashirish holatlari ro‘y berganda yoki
davlat oldida soliqlar bo‘yicha qarzdorlik haddan tashqari oshib ketganligi
aniqlansa, kerak bo‘lsa ushbu sug‘urta tashkiloti o‘z
mol-mulki doirasida
javobgarlikka tortish masalasi bo‘yicha uning faoliyatiga aralashishi mumkin.
SHuning uchun biz mazkur bobda, sug‘urta faoliyatini soliqlar orqali tartibga
solish mumkin bo‘lgan tomonlarini fikrimizni davom ettiramiz. Soliq kodeksining
1-moddasi
51
da Kodeks soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq to‘lovchilarning
huquqlari hamda
majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini yuritish tartibotini va
soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni tartibga solib
turishligi haqida bayon etilagan.
51
ЎзР. Солиқ кодекси 1-моддаси.
221
Sug‘urta tashkilotlari ham yuridik shaxs hisoblanib,
ularning yuridik
javobgarligi mavjud. CHunki soliq huquqbuzarligi uchun javobgarlik mavjud
bo‘lib uning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
faqat aybdor, jamiyatga qarshi huquqqa zid qilmishlar uchun javobgarlik;
qonuniylik;
adolatlilik;
jazo muqarrar va tezkorligi.
Dastlabki ikki tamoyil qonun chiqaruvchi organga taalluqli bo‘lib, davlat
tomonidan yuridik javobgarlik asoslari belgilanishida inobatga olinadi.
Mamlakatimiz soliq tizimida soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq huquqbuzarligi
degan tushuncha mavjuddir. Bu tushunchaning kelib
chiqishini qarab chiqadigan
bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasining soliq haqidagi qonun hujjatlarida soliq
huquqbuzarligi haqida ta’rif berilmagan
52
. Unda faqat “soliq haqidagi qonun
hujjatlarining buzilishi “ haqida gapirilgan va ayrim unsurlar sanab o‘tilgan,
masalan, “daromad (foyda)ni yashirish...”, “hisobga qo‘yishdan bosh tortish…”,
“hisobvaraq-fakturalarni belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirish...”,
“buxgalterlik hisobining mavjud emasligi…”. Soliq huquqbuzarligi
unsurlarining
ko‘pchilik ifodalari aniq va tushunarli yuridik mazmunga ega bo‘lmagan ta’riflarni
o‘zida mujassamlantirgan. Afsuski, aksariyat hollarda huquqbuzarlik nimadan
iborat , qaysi amalda sodir etilgan qilmishlar soliq sohasidagi huquqbuzarlik
sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Soliq huquqbuzarligi tushunchasiga ta’rif
beramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: