218
asosiy qismi tijorat banklarining aksiyalari hamda davlat ulushi mavjud bo‘lgan
aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlari hisoblanadi. 2017 yilda sug‘urta
tashkilotlari tomonidan investitsiya ob’ektlariga joylashtirilgan mablag‘larning eng
kichik qismi boshqa sohalarga (0,1 foiz) hamda qarz berish (0,7 foiz), tashkilotlar
ustav fondidagi ishtiroki (4,1 foiz) va ko‘chmas mulkka yo‘naltirilgan mablalar
(6,6 foiz) tashkil etmoqda.
Umuman olganda, sug‘urta tashkilotlari investitsiya faoliyati o‘sish
darajasi
yuqori va likvidlilik darajasi hamda moliyaviy risk darajasining nisbatan pastligi
bilan xarakterlanadi. Bunday xususiyatlar bozor mexanizmlari hisobiga emas,
davlatning mazkur sohani tartibga solish borasidagi harakatlari hisobiga hosil
bo‘lgan. SHuning uchun sug‘urta tashkilotlarining daromadini oshirishga bo‘lgan
e’tiborni kuchsiz ekanligidan dalolat beradi. SHu bois, ushbu holatni O‘zbekiston
sug‘urta bozorining rivojlangan mamlakatlar sug‘urta
bozorlaridan farq qiluvchi
jihatlaridan biri sifatida qarash mumkin.
Ma’lumki, o’tgan davr mobaynida respublika bank tizimida bosqichma-
bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida banklar faoliyatini tartibga
soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarda jiddiy o’zgarishlar ro’y berdi. Jumladan,
“Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida”,
“Bank siri to’g’risida”, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida” , “Elektron to’lovlar
to’g’risida”, “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida” va “Elektron
raqamli imzo
to’g’risida”gi qonunlari qabul qilinib, hayotga joriy etildi. Natijada, bank
operatsiyalarini amalga oshirish va hisobotlar tuzish borasida tub texnologik va
huquqiy o’zgarishlar ro’y berdi.
Tabiiyki, mazkur o’zgarishlar depozit
operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog’liq masalalariga ham o’z ta’sirini
o’tkazmay qolmadi.
Bundan tashqari, o’tgan davr mobaynida respublika bank tizimiga zamonaviy
yangi texnologiyalar joriy etila boshlandi. Xususan, tijorat banklari tarkibiy
tuzilishida katta o’zgarishlar ro’y berdi. Jumladan, ko’pgina
yirik tijorat
banklarining filiallari tashqarisida tashkil etilayotgan shoxobchalar, masalan
219
minibanklar hamda omonatlar operatsiyalarini bajaruvchi turg’un va sayyor
operatsion kassalar faoliyat yurita boshlashdi. Shu yilning boshiga kelib, jismoniy
shaxslarning omonatlarini qabul qilish bilan shug’ullanadigan omonat kassalarning
soni 5 mingga yaqinlashgani fikrimizning yaqqol dalilidir.
Yuqoridagi omillar, banklar tomonidan yuridik
va jismoniy shaxslarning
omonat (depozit)lari bo’yicha amalga oshiriladigan operatsiyalarining asosiy
tamoyillari hamda unda qo’llaniladigan hujjatlar va ularni rasmiylashtirish tartibi,
omonat operatsiyalarini shaxsiy hisobvaraq varaqchalarida aks ettirish, omonat
kassalarda
ish kunini yakunlash, kunlik hisobotlar tuzish va ularni so’nggi
nazoratdan o’tkazish kabi masalalarni to’liq yoritish, bundan tashqari bank
tizimida omonat operatsiyalari bo’yicha maxsus bo’linma tashkil qilish bo’yicha
qoidalar o’rnatish hamda depozit operatsiyalari bilan bog’liq boshqa barcha
masalalarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjat yaratish vazifasini vujudga keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: