"Kommunikativ ataka"
bosqichida sinfning tezda ishga jalb qiladigan texnika kerak,
samoprezantitsiya va dinamik ta’sir priyomlarini egallash lozim.
Muloqotni boshqarish bosqichida ŏquvchilar tashabbusini quvvatlash, dialog muloqot
tashkil etish, ŏz fikrlarini real haroitga moslay olish kŏnikmalari zarur bŏladi.
Tahlil qilishda maqsad, vosita va natijalar majmuasini tahlil etadi. Ŏquv tarbiya jarayonida
ŏqituvchi muloqotni tashkil etish va boshqarishda rahbar, tashabbuskor bŏladi.
Insonning ahloqiy tarbiyalanganligi uning atrofidagi narsalarga bŏlgan turli-tuman
munosabatlarda namoyon bŏladi. U insonning hislarida kechinmalarida ifodalanadi hamda xulh
atvorida hatti xarkatida bŏladi.
Bolalarga yaxshilik qilish va mehribonlik ichki kechinmamiz bilan holatdagina emas, balki
pedagogik faoliyatimizdagi bola bilan yoki sinf bilan munosabatdagi asosiy motiv asosiy rag’bat
bŏlishi kerak.
Muomala rollar orqali shaxs faoliyati uchun muayyan maydon yaratib, unda u yoki bu
sotsial xulq atvorni programmalashtirish ŏqituvchi ŏquv tarbiya jarayoniga shaxsiy roli shaklini
kiritadi. Dars jarayonida ŏquvchilarni ŏqituvchi tashkilotchi va ijrochi rollarida bŏlishga imkon
beradi. Muomala shaxsga ŏzini tanishga ŏrgatadi. ŏqituvchi darsni rejalashtirar ekan faqat
axborotni egallash haqida ŏylamasligi, balki avvalo ŏqituvchining yordamiga muxtoj bŏlgan
ŏquvchilarning ŏzi ifodalay olishi uchun haroit yartish haqida ŏylash, har bir ŏquvchining
qiziqishini ta’minlovchi haroitlarni kŏra olishi va hamkorlikni ta’minlanishi lozim.
Muomala jarayoni ikki tipda bŏlishi mumkin: Dialog va monolog. Monolog muomalada
hamkorlik bir tomonning ijrochiligi asosida qo`riladi. Pedagogik faoliyat pedagogning bolalar
bilan yaxshi munosabati jarayonida, ishni demokratik tashkil etish va birgalikdagi ijodiy faoliyat
jarayonida bŏlishi mumkin. Diologik muomilada esa hamkorlik ikki tomonning ijrochiligi
asosida qo`riladi, ya’ni savol – javob tariqasida.
Pedagogik muloqot bu ŏqituvchi professional aktivligining bir kŏrinishi bŏlib, bunda
ta’lim va tarbiya vazifalari ŏqituvchi hamda ŏquv tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari
ŏrtasidagi ŏzaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi.
Bu vaziyatda ŏqituvchi baho beruvchi rolida chiqadi, ikkinchi uning ŏzi baho oluvchi
hisoblanadi. Ravshanki bunday hollarda pedagogik ta’sir kŏrsatish vazifalari va vositalari ham
ŏqituvchining pedagogik muloqoti har xil bŏladi. Biz quyida ŏqituvchining ŏquvchilar bilan
muloqotini qarab chiqamiz.
Pedagogik muloqotning tarkibiy qismlari uning vazifalari ŏqtuvchining ŏquvchilar va
kasbdoshlari bilan ŏzviy aloqalari vositalar hamda usullari muloqot xarakteriga baho berishdan
iborat bŏladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |