www.ziyouz.com
кутубхонаси
102
Nihoyat, belgilangan joy va muddatda muzokaralar boshlandi. Muzokaralarda sho‘ro tomonidan
Zinovev (sulh hay’ati raisi), Abdulla Rahimboev, Nazir To‘raqulov, A.A.Ioffe, Berezin, Abram
Slutskiy hamda 21 nafar harbiy mutaxassisdan iborat maslahatchilar hay’ati; ozodlik kuchlari
tomonidan esa Shermuhammadbek (rais), Aliyor Qo‘rboshi, Nurmuhammadbek, Yusuf Polvon,
Bozorboybek, Mulla Po‘latbek va Asqar Qo‘rboshilar (har ikki tomonning qo‘riqchilari va
vositachilarini istifoda etganda) ishtirok etadilar.
Muzokaraning asl deklaratsiyasini, juda ko‘p arxivlardan surishtirib, qidirib, topishga muvofiq
bo‘lolmadik. Boshqa manba va adabiyotlarda esa tafovutga, xilma-xillikka duch keldik. Doktor
Boymirza Hayitning yozishicha, Shermuhammadbek sho‘ro sulh hay’ati oldiga quyidagi shartlarni
qo‘ygan:
“Orol dengizi va Orenburg orasidagi temir yo‘l bekatlarini qo‘riqlovchi qo‘shindan tashqari barcha
sovet-rus qo‘shinlarini Turkistondan olib chiqib ketish; Turkiston uchun to‘liq o‘z-o‘zini boshqarish
huquqi, shariat qonunlarini saqlab qolish huquqini berish; xalqqa ulardan tortib olingan mol-mulkni
to‘liq qaytarish. Agarda rus hukumati ushbu talabni qabul qilsa, qurol-yarog‘larning ellik foizini saqlab
qolish sharti bilan ozodlik kurashi qo‘shinlari tinchlik o‘rnatishga rozi.”
“Zinovev delegatsiyasi, — deya yakunlaydi Boymirza Hayit bu mavzudagi so‘zini, — bu talablarni
qabul qiladigan holatda emas edi. U Turkiston fronti qo‘mondoni va RKP MK ning Turkiston
byurosiga muvaffaqiyatsiz yakunlangan sulh muzokaralar haqida xabar berdi”.
Sho‘rolar tomonidan qo‘yilgan shart esa qisqagina edi:
1. Bosmachilar otryadlari, qo‘rboshilar va ularning oz miqdordagi qo‘riqchilarini istisno qilganda,
to‘liq qurolsizlantiriladi.
2. Qurolini topshirganlarga afvi umumiy e’lon qilinadi.
Shuningdek, Zinovev sulh muzokaralari boshlanishi munosabati bilan sho‘rolar tomonidan 1
sentyabrgacha urush harakatlari to‘xtatilganligini, qo‘rboshilar ham bunga amal qilib, urush
harakatlarini to‘xtatib turishlari lozimligini eslatib o‘tdi.
Sakkiz soat davom etgan muzokaralar keskin ruhda o‘tdi. Har ikki tomondan qo‘yilgan shartlarni
har bir bobi, har bir jumlasi qattiq tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Keling, bu tortishuvlarni sovet matbuoti
qay tarzda yoritganini ko‘rib chiqaylik “Krasnaya Fergana” gazetasining mazkur muzokarada ishtirok
etgan xodimi “Vorin”, “Mira i xleba (k likvidatsii basmachestva)”— “Sulh va non (bosmachilikning
tugatilishiga oid)” sarlavhali maqolasida mavzuni shunday yoritadi:
“... Albatta, oqlar, ya’ni bosmachilar nomidan ularning mafkurachisi – burjua so‘zga chiqib, bizdan
madaniy-milliy muxtoriyat, din, shariat, urf-odatlar, an’analar daxlsizligini, joriy turmush tarzini
o‘zgartirmaslikni talab qildi.
Xo‘sh, nima gap o‘zi? Biz rozimiz uning ustiga, bu talablarni asta-sekin hayotga tatbiq etib
bormoqdamiz, siz, janob bosmachilar, bunga xalaqit bermoqdasiz! Ma’lum bo‘lishicha, madaniy-
milliy muxtoriyat deganda (ular keyin bizga tushuntirib berishlariga ko‘ra): xususiy mulkchilikning tan
olish, uni qaytarish va daxlsizligini ta’minlash; eski sudlarni qayta tiklash va umumiy majburiy
ta’limni bekor qilish hamda fuqarolik maktablarini deyarli bekor qilishni tushunish kerak emish.
O’rtoq To‘raqulov Qur’ondan har bir kishiga alohida e’tiqod erkinligi mavjudligi haqida parchalar
o‘qib berdi va “biz dehqonlar, kosiblar, mayda va o‘rta darajalilarga” deb to‘g‘ri javob berdi.
Aksincha, biz ularning manfaati sari bormoqdamiz. Axir biz yirik, kapitalistik mulk—banklar,
zavodlar va hokazolarni musodara qildik-ku. Ularni – o‘zlarining sobiq xo‘jayinlarini himoya qilish
mahalliy aholi vakili uchun yarashmagan ish. Aftidan, yuqoridagi boy nafaqat o‘zini, balki chet el,
mustamlakachi kapitalni himoya qilib chiqdi. Biz uchun shunisi aniqki, aholi (mehnatkashlar) o‘zining
asrlar mobaynida shakllanib kelgan urf-odatlaridan darhol voz kecha olmaydi va bizning ko‘pgina
sohada yon berishimizga to‘g‘ri keladi. Bir marta qalam yuritish bilan eski sudlarni, agar aholi uning
qarib-qaqshab qolganligini hamon tushunib yetmagan bo‘lsa, yo‘qotib bo‘lmaydi. Tushunib yetsa, uni
o‘zi yo‘q qiladi.” Shuningdek aynan shu yo‘l bilan cherkovlarni (masjidlarni demoqchi) vaqf mulki
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |