Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
www.ziyouz.com
кутубхонаси
109
Sizning amringiz ostiga ko‘pchilik bo‘lib borishni xohlar edik. Ammo ruslarning hujumlari juda
kuchayib ketdi. Shu sababli o‘zim Sizni ziyorat qilgani borolmadim. O’rnimga kenja ukam
Ro‘zimuhammadbek qo‘rboshini yuboryapman. U bizning salomlarimizni Sizga yetkazib, yoningizda
qolib, Siz xohlagan paytgacha xizmatingizda bo‘ladi.
Farg‘ona umumiy lashkari Islom raisi Jahongir Shermuhammadbek.”
Ro‘zimuhammadbek Anvar Posho tomonidan katta hurmat va ehtirom bilan kutib olindi.
Ro‘zimuhammadbekning besh yillik harbiy tajribasi borligini dovyurakligi,
salohiyatini eshitib bilgan
Anvar Posho uni oldingi safda jang qiladigan fidoyilar bo‘ltagiga qo‘mondon etib tayinladi.
Ro‘zimuhammadbek o‘z vazifasini a’lo darajada bajarib, vatan ozodligi, dini islom yo‘lida qanday
jang qilish kerakligini amalda ko‘rsatdi. Uning mahorati, qahramonligi Sharqiy Buxoroning ba’zi
qo‘rboshilarida hasad hissini ham uyg‘otdi. U Anvar Posho bayrog‘i ostida besh oy jang qilib, nomi
tillarda doston bo‘ldi.
Anvar
Poshoning kelishi, milliy-ozodlik harakati boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi bu harakatning
butun O’rta Osiyo bo‘ylab avj olishiga turtki bo‘ldi. Kichik bir Farg‘onani eplolmay turgan Sho‘ro
qo‘mondonligi endi butun Turkiston o‘lkasi bo‘ylab janglar olib borishga majbur bo‘ldi.
Birgina Farg‘ona emas, balki butun O’rta Osiyodan mahrum bo‘lib qolish xavfiga duchor bo‘lgan
qo‘mondonlik shoshilinch choralar ko‘rishga majbur bo‘ldi: Maxsus Turkiston armiyasi tashkil etildi,
unga qo‘shimcha ravishda Rossiyadan yana uchta armiya, ko‘ngillilar armiyasi, tatar polklari va
brigadalari olib kelindi. 1922 yil boshiga kelib Turkistondagi qizil askarlar adadi 200
ming kishiga
yetkazildi. Ammo, qizillar Farg‘ona vodiysidan birorta rota ham olmadilar, aksincha, bu yerdagi
qo‘shin miqdorini yana oshirdilar. Bu paytda Rahmonqulibek va Omon Polvon 8000 yigit bilan
Sirdaryo sohilida, Islom Polvon 4000 yigiti bilan Qo‘qon
atroflarida, Nurmuhammadbek 6000 yigiti
bilan G’orbuvo va Yakkatutda, Isroilbek 4000 dan oshiq yigiti bilan Andijon atrofida, Muhiddinbek
10000 yigiti bilan O’sh atrofi va Oloyda qattiq janglar olib borardilar.
Sharqiy Buxoroda, Zarafshon vohasida va Xorazmda janglar yaqinda –
Buxoro amirligi va Xiva
xonligi bolsheviklar tomonidan bosib olingandan so‘nggina boshlangan. Farg‘onada esa, 1916 yil
qo‘zg‘olonlari ham e’tiborga olinsa, jangu jadal olti yildan beri davom etar edi. Ana shunday ko‘p
yillik tajribaga ega bo‘lgan Farg‘ona kurashchilari qizillarning Sharqiy Buxoro, Xorazm, Zarafshon
vohalarida keng front bo‘ylab jang qilishga imkon bermay turdilar.
1922 yilning qish-bahor oylarida jang ozodlik janglarining ustunligi bilan o‘tdi. 15 aprel kuni
Farg‘ona ozodlik jangchilarining navbatdagi qurultoyi ish boshladi. Qurultoy, an’anaga ko‘ra,
shahidlar ruhiga Mavludi sharif o‘qish bilan ochildi.
Qo‘rib chiqilgan asosiy masalalardan biri Sho‘ro qo‘mondonligi tomonidan ketma-ket berib turilgan
ultimatumlarga
rad javobi berish, kurashni davom ettirish haqida qaror qabul qilish bo‘ldi. Shuningdek,
tashkiliy masalalar ham ko‘rilib, milliy-ozodlik harakati boshqaruvi tizimi mukammallashtirildi,
mulkiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi hay’at, istiqlol mahkamasi (harbiy tribunal) ta’sis etildi.
Eng asosiy masalalardan yana biri Turkiston Vaqtli Hukumatining asosiy qonuni (Konstitutsiyasi)ni
ko‘rib chiqish va qabul qilishdan iborat edi. Mazkur asosiy qonunda Turkiston milliy-ozodlik
harakatining bir butun ekanligi, sho‘rolar Turkistonni tashlab chiqqunga qadar, ya’ni,
Turkiston
istiqloli tan olinadigan paytgacha kurashning davom ettirilishi, qizillarga yon berilmasligi qat’iy bayon
etilgan. Shuningdek, milliy-ozodlik harakati boshqaruvi tizimi Turkiston istiqlol olib, davlat boshqaruv
tizimi tuzilguncha bosh idora bo‘lib turishi ta’kidlangan.
Qurultoy 20 aprelgacha o‘z ishini davom ettirdi. Bolsheviklar G’orbuvo mudofaasi
juda yaxshi
tashkil etilganligi tufayli qurultoy ishiga to‘sqinlik qila olmadilar. Ularning bir necha bor hujumlari
behuda ketdi.
“Bosmachilik”ni tugatish masalasi Sho‘ro va partiya boshqaruvining barcha bosqichdagi organlari
yig‘ilishlari kun tartibidan tushmay qoldi. Qaerda va qaysi mahkamada bo‘lmasin, birinchi masala
“bosmachilik”, so‘ngra boshqa masalalar ko‘rilar edi. Sho‘ro hukumati va partiyaning eng ko‘zga