www.ziyouz.com
кутубхонаси
103
bilan ta’minlab kelishday ustuvor bo‘lib qolgan odatni bekor qilish mumkin emas, illo, vaqflarning
bekor qilinishini aholi hozirgacha ma’qullamay turibdi. Bu yo‘nalishlarda ham biz yon berishimiz
kerak.
Kim qozixonada sudlashishni xohlasa, mayli, u yerda sudlashaversin.
Kim ishtonsiz holda yurishni istasa, mayli, ishtonsiz yuraversin (O’r. To‘raqulov aynan shunday
gapirdi).
Bunday bachkana, betamiz masalalar, gaplar, tabiatan jangari bo‘lgan Ko‘rshermatga yoqmay qoldi.
Chet kishilarning, bu o‘rinda u ruhoniylarni nazarda tutdi, chiqib turishlarini so‘rab, u masalani harbiy
izga soldi.
Turkiston uni bosib olmoqchi bo‘lgan dushmanlar bilan o‘rab olinganligini ta’kidlab, bosmachilar
o‘zlariga qurol-yarog‘ kerak degan xulosaga keldilar va bizni xalqqa qurol bermayotganligimizda,
xalqdan qurolni ayayotganimizda aybladilar. Biz qurolni emas, xalqni ayaymiz deb tushuntirdi
o‘r.To‘raqulov. Aholi urushni xohlamaydi, qurollanishni istamaydi. U sog‘-salomat, kuchli bo‘lish va
zarur paytda har qanday qurol bilan qurollanib, hujum qilayotgan dushmanga tashkiliy sur’atda zarba
berish uchun sulh (tinchlik) va non xohlaydi. “Xohlagan dehqonimizdan, xohlagan yigitingizdan so‘rab
ko‘ring, ular buni tasdiqlaydilar” deb ta’kidladi o‘r.To‘raqulov.
Bizga, qo‘rboshining ma’lum qilishicha, 7 sentyabrda bo‘lib o‘tadigan qo‘rboshilar s’ezdidan so‘ng
beriladigan uzil-kesil javob muhim emas, balki, bo‘lib o‘tgan muzokaralar muhimroqdir...”
Muzokaralar oxirini Ali Bodomchi Shermuhammadbek xotiralari asosida quyidagicha bayon etadi:
— Sizga shakarni falon puldan sotamiz, siz esa paxtani o‘shancha pulga berasiz.
— Bozorda emasmiz, jiddiy gaplashaylik. Biz istiqlol talab qilyapmiz, — dedi Shermuhammadbek.
— Siz dehqonchilik bilan shug‘ullaning, siyosat sizning qo‘lingizdan kelmaydi, — dedi Zinovev.
— Shuni bilib qo‘yingki, janob Zinovev, sizga o‘xshagan kaltabinlar bilan Vatan taqdirini hal qilish
uchun qimmatli vaqtimni sarflab yuribman-a. Sadqai vaqt ketsin. Shu aytgan gaplaringiz uchun
boshingizni sapchaday uzib tashlardim-u, muzokaralarda o‘tiribmanda...
Shermuhammadbekning vujudi g‘azabdan qaltirab, qilichini qinidan sug‘urishiga sal qoldi.
Rangi bo‘zarib ketgan Zinovev;
— Men kechirim so‘rayman, men aybdorman. Uzr, uzr Shermuhammadbek, — deya o‘rnidan
turishga harakat qildi-yu gandiraklab ketdi. Yonida hozir turgan ordinares (xos qo‘riqchi) grafindan
suv quyib, yonidan dori chiqarib, boshlig‘iga ichirdi va hay’at a’zolariga murojat qilib, qo‘mondonni
bir oz holi qo‘yishni iltimos qildi.
Bir oz fursat o‘tgach, muzokaralar davom ettirildi. Shermuhammadbek yana qizishib ketdi:
— Siyosat bizning ota kasbimiz. Biz vatanni ximoya qilyapmiz. Biz Sohibqiron Amir Temur,
Navoiy avlodlarimiz. Ular faqat dehqonchilik bilan shug‘ullanmaganlar. Bizning bobokalonlarimiz
umrboqiy koshonalar yaratganda, masjid-u madrasalar, rabotu karvonsaroylar bunyod etganda,
saxtiyon charmdan poyabzal kiygan, osmondagi yulduzlar hisobini olgan paytlarda sizning
ajdodlaringiz chiptada kavush kiyib yurganlari esingizdan chiqdimi? Amur Temur mo‘g‘ullar
zulmidan senlarni ozod etganini unutdingmi? Temur lashkari Moskovdan o‘tib ketayotganida
knyazlaringiz ayol kiyimida boshlariga ro‘mol o‘rab berkinib yotganini bilmas ekansanda. Endi bizga
aql o‘rgatadigan bo‘lib qoldingizmi?
— Kechirim so‘radimku, bek, adashibman, — deya qaltiroq ovoz bilan uning so‘zini bo‘ldi
Zinovev. Va davom etdi “ — Temurni gapirmang, u bosqinchiku”. Rus qo‘mondoni bo‘la turib bilmas
ekansan. Oltin O’rdani tiz cho‘ktirib, o‘nglanmaydigan holatda tor-mor qilib, knyazlaringizni ozod
etib, Urusiya mamlakati poydevorini qo‘yishga sababchi Amir Temur ekanligini bilmagan janob bilan
muzokara o‘tkazib yuribman-a, afsus.
Shermuhammadbek sheriklariga ketish ishorasini qilib, shavkatli odimlari bilan chiqib ketishdi.
Rangi hamon bo‘zday oqargan Zinovev tashqariga otilib chiqib, o‘zbekchalab:
— Bek, yakka o‘zingiz bilan gaplashish mumkinmi? Bir daqiqaga, — deya iltimos qildi.
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |