www.ziyouz.com
кутубхонаси
105
qilindi. Vodiyga yana qo‘shimcha kuch tashlandi. 14 sentyabr kuni Qizil armiyaning vodiydagi nufuzi
90 ming kishidan oshib ketgan edi. Qizil armiya qismlariga janglar oldidan berilgan buyruq qisqa va
keskin edi: dushman taslim bo‘lmas ekan, yo‘q qilinishi kerak!
Shunday qilib, 1921 yil 13 sentyabrdan e’tiboran Qizil armiya keng frontda, ya’ni, vodiy bo‘ylab
shiddatli hujumga o‘tdi. Milliy-ozodlik kurashining g‘oyaviy rahbarlari taslim bo‘lgan qo‘rboshilar
bilan uchrashib, ularni haq yo‘lga qaytishga da’vat etdilar. Qizillar qo‘lida jang olib borayotgan deyarli
barcha qo‘rboshilar otlarining boshini orqaga burib, ozodlik jangchilari safidan joy oldilar. Faqat
Jonibek Qozigina sulhni buzmadi.
Farg‘ona frontining sobiq qo‘mondoni Safonov ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga uchragani tufayli
vazifasidan chetlashtirilib, Toshkentga, shtab ishiga chaqirib olingan edi. Qo‘mondonlik keyinchalik
unga o‘zini oqlash uchun imkoniyat berib, kattagina harbiy qo‘shilmaga qo‘mondonlikka tayinlab,
Shermuhammadbekka qarshi tashladi. Unga Shermuhammadbekni asir olish, buning imkoni bo‘lmasa,
jisman yo‘q qilish, G’orbuvoni egallab, yakson etish vazifasi ham yuklatildi. Safonov o‘z
qo‘shilmasini Andijonda shakllantirib, Shermuhammadbekning Oloyga chekinishiga yo‘l qo‘ymaslik
uchun G’orbuvoga Mingtepa va Chimyon orqali janubiy yo‘nalish bo‘ylab yo‘l oldi.
Shermuhammadbek o‘z kuchlarini qayta shakllantirib, Safonovning yo‘lini Mingtepada qisib chiqdi.
Oy oxirida Shermuhammadbek tartibli ravishda Chimyon tomon chekindi. Juda katta qurol-yarog‘
zaxirasiga ega bo‘lgan Safonov barcha qurollarni, xususan, dala to‘plari, minomyotlar va avtomat
pulemyotlarni ishga soldi. Shermuhammadbek yigitlari talafot ko‘rsada, sabot bilan jangni davom
etdirdilar. Bu jang haqida Zaki Validiy “Bugungi Turkiston” asarida shunday yozadi: “... Partizan
janglarida esa bitta mujohidga qarshi 50 ta miltiqdan o‘q uzilar edi. 23 sentyabrga kelib, janglar
natijalari qo‘rboshilar ahvolining juda yomonligini ko‘rsatar edi. Buning ustiga, shu yil boshidan beri
davom etayotgan ochlik yigitlarni holdan toydirdi. Baxtga qarshi ochlik bolsheviklarga qo‘l keldi,
chunki och qolgan odam borki, qizillarga askar bo‘lib yozilar, qorinni to‘ydirish uchun jabhada o‘z
birodarlariga qarshi urushardi.”
Shermuhammadbek vaziyatni bir oz bo‘lsada o‘zgartirish maqsadida yangi-yangi taktik choralar
ko‘rardi. Lashkarlarini kichik qismlarga bo‘lib, partizanlik jangiga o‘tadi. Yigirma kun davom etgan
Do'stlaringiz bilan baham: |